Reja: Kuchaytirgichlarning asosiy texnik xarakteristika va parametrlari
Download 423.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
2- Maruza. Kuchaytirgichlarning klassifikatsiyasi Reja: 1. Kuchaytirgichlarning asosiy texnik xarakteristika va parametrlari 2. Kuchaytirgichlarda teskari bog„lanish Tayanch iboralar: tok, kuchlanish, quvvat, o‘zgarmas tok kuchaytirgichlari, past chastotali kuchaytirgichlar, yuqori chastotali kuchaytirgichlar, keng polosali kuchaytirgichlar, tor polosali kuchaytirgichlar, amplituda. Elektronikada, juda ko„p hollarda jarayonlarni avtomatlashtirish hamda ularning asosiy parametrlarni nazorat qilishda, noelektrik qiymatlarni elektrik usullar bilan o„lchashga va kuchsiz elektrik signallarni kuchaytirishga to„g„ri keladi. Bunday Hollarda elektron kuchaytirgichlar ishlatiladi. Demak, elektron kuchaytirgichning vazifasi juda kichik elektr signallari tok, kuchlanish, quvvat kabi parametrlarini tashqi tok manbai yordamida kuchaytirib berishdan iborat. Bunda, kuchaytirilayotgan elektr signallarining spektri o„zgarmaydi. Kuchaytirgich vazifasini bajaruvchi aktiv va passiv elementlardan tashkil topgan sxema kuchaytirish kaskadi deb yuritiladi. Kuchaytirgichlar kuchaytirish xususiyatlariga ko„ra bir kaskadli va ko„p kaskadli bo„ladi. (2.1) - rasmda kuchaytirgich kaskadining tuzilish sxemasi ko„rsatilgan. (2.1) - rasm Kuchaytirish kaskadining tuzilish sxemasi. Umuman olganda, (2.1) -rasmdan ko„rinib turibdiki, kuchaytirgichlar, asosan, uch qismdan: boshqaruvchi (kuchaytiruvchi) inersion bo„lmagan element; o„zgarmas tok manbai; nagruzka - istemolchidan iborat. Qolgan barcha qismlar yordamchi bo„lib, kuchaytirgichning u yoki bu ish rejimini xosil qiladi. Kuchaytirgichlar, asosan, vazifasiga, ishlatilayotgan elementlarining turiga va ularning ish rejimiga, kuchaytirilayotgan signallarning formasi va chastotasi diapazoniga qarab klassifikatsiya qilinadi. Deyarli Hamma kuchaytirgichlar berilayotgan signalning quvvatini oshirish uchun xizmat qiladi, lekin ba‟zi Hollarda kuchaytirgichni ishini uning chiqishidagi tok yoki kuchlanishning qiymati bilan baHolanadi. SHu sababli, ular vazifasiga qarab shartli ravishda tok, kuchlanish va quvvat kuchaytirgichlariga bo„linadi. Kuchaytirgichda ishlatiladigan elementlariga qarab lampali, tranzistorli, parametrik, magnitli, kvant va boshqa kuchaytirgilarga bo„linadi. Zamonaviy kuchaytirgichlarda, asosan, tranzistorlar va integral sxemalar qo„llaniladi. Kuchaytirgich elementlarining kuchaytirgichlardagi ish rejimiga qarab chiziqli va chiziqli bo„lmagan ish rejimli kuchaytirgichlarga bo„linadi. Agar signal quvvatini ortishida uning shakli (formasi) saqlansa, kuchaytirish chiziqli deb, aks holda esa, chiziqli bo„lmagan kuchaytirish deyiladi. CHiziqli ish rejimli kuchaytirgichlarning asosiy ko„rsatgichi amplituda chastotaviy xarakteristikasi (ACHX) bo„lib u sinusoidal kirish signali uchun aniqlangan kuchaytirish koeffitsienti modulining chastotaga bog„liqligini aks ettiradi. Umuman, kuchaytirgichlar chastotasining diapazoniga qarab quyidagi tiplarga bo„linadi. O‘zgarmas tok kuchaytirgichlari (O‘TK), aniqrog„i sust o„zgaruvchi tok yoki kuchlanish kuchaytirgichlari o„ta past chastotalarda ishlatiladigan va signal chastotasining pastki quyi chegarasi nolga yaqin АК 0 bo„lgan, yuqoriga chegarasi ishlatilishiga qarab 10 3 10 8 Gs bo„lishi mumkin bo„lgan kuchaytirgichlardir. Zamonaviy O„TKlari o„zgaruvchan signallarni Ham kuchaytirish imkoniyatiga ega bo„lib, chastota spektrining yuqori chegarasi 100 MGsga etishi mumkin. O„TKlar avtomatika qurilmalarida va Hisoblash texnikasida keng qo„llanilmoqda. Past chastotali kuchaytirgichlar (PCHK) tovush diapazonidagi uzluksiz davriy signallarni past chastotalarda (o„nlab gersdan o„nlab kilogersgacha) bir maXyorda kuchaytirib berish uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy Xislati ю к / chastota nisbatining etarlicha katta bo„lishidir. YUqori chastotali kuchaytirgichlar (YUCHK) yuqori chastotali signallarning yakka yoki chastotalarning kichik oralig„ini kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Ularga rezonans va o„zgarmas soxali kuchaytirgichlar misol bo„la oladi. YUCHKlarning kuchaytirish chastotasi diapazoni yuzlab MGs dan o„nlab GGs gacha. Keng polosali kuchaytirgichlar (KPK) bir necha kilogersdan bir necha o„nlab megogers diapazonda ishlovchi kuchaytirgichlardir, yani ularning ishchi chastotasining pastki chegarasi PCHK diapazonida, yuqorigi chegarasi YUCHK diapazonida bo„ladi. KPKlar impulg„s signallarini kuchaytirishda qo„llaniladi. Tor polosali kuchaytirgichlar (TPK) juda tor chastotalar diapazonida ishlaydi va ular yuqorigi va pastki chastotalar nisbatining kichikligi bilan xarakterlanadi. Kuchaytirgichning asosiy parametrlaridan biri kuchaytirish koeffitsientidir. U kuchaytirgich chiqishida qaysi bir kattalik (tok, kuchlanish yoki quvvat) asosiy bo„lishiga qarab nomlanadi. Kuchaytirish koeffitsienti kuchaytirgichdan chiqayotgan kuchlanish (tok, quvvat) kelayotganidan necha marta ko„pligini ko„rsatadi va mos ravishda K U (K I , K P ) belgilanadi. Masalan, kuchlanish bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti кир чик u U U K , tok bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti кир чик I I I K , (2.1) quvvat bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti кир чик p P P K , (2.2) deb ataladi. Amalda kuchlanish bo„yicha kuchaytirish koeffitsienti ko„proq qo„llaniladi va kuchaytirish koeffitsienti belgisi K U o„rniga K ishlatiladi. Ko„p kaskadli (bosqichli) kuchaytirgichning umumiy kuchaytirish koeffitsienti K=K 1 Download 423.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling