Asbobsozlik materiallari, ularga qo‘yiladigan talablar hamda ularning Ishlatilishi


Download 16.98 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1729191
  1   2
Bog'liq
Asbobsozlik materiallari


Asbobsozlik materiallari, ularga qo‘yiladigan talablar hamda ularning Ishlatilishi (2 soat ma’ruza)
Kesuvchi asboblarning ishchi qismini tayyorlash uchun uglerodli, legirlangan va tezkesar asbobsozlik po’latlari, metallokeramik qattiq qotishmalar, mineralokeramik materiallar, olmoslar qo’llaniladi. Asbobsozlik materiallariga qo’yilgan asosiy talablarga ularni qattiqlik, eyilishga chidamlilik issiqbardoshlik, mustahkamlik va qovushqoqlik hamda mexanik ishlov berilish kabi asosiy xossalari yuqori bo’lishi kiradi. Eyilishga chidamlilik va issiqbardoshlik kabi xossalar issiqlik o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan aniqlanadi.
Kesuvchi asboblarning qattiqliligi Rokvell o’lchov asbobida o’lchanadi. Bunda olmos konusni R = 150 kgk ≈ 1500 N ( S shkala) yoki R = 90≈ R = 900 N (A shkala ) kuch bilan bosish kerak.
Issiqliqbardoshlik, material qatiqligini qizishdan so’ng pasayishi bilan bog’liq holda tavsiflanadi.
Eyilishga chidamlilik kesuvchi asbobning maolum mexanik ishlov berish davrida o’z shakli va o’lchamlarini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi.
Mustahkamlik egilishdagi mustahkamlik v chegarasi bilan tavsiflanadi va quyidagi birlikda o’lchanadi. N/m2 (kgk/m2).
Zarbaviy qovushqoqlik maxsus qurilma bo’yicha aniqlanadi va dj/sm2 (kgk/m/sm2) da o’lchanadi.
Sanab o’tilgan sifatlardan tashqari asbobsozlik materiali texnologik bo’lishi kerak, ya’ni mexanik ishlanuvchanligi yaxshi bo’lishi kerak.
Toblanuvchanlik, uglerodsizlanishga moyillik, sovuq va issiq xolatlardagi plastiklik, tig’li va abraziv kesuvchi asboblar bilan ishlov berish imkoniyati va boshqalar texnologik muxim ko’rsatkichlar hisoblanadi 1.
Uglerodli asbobsozlik po’latlari tarkibida 0,6 - 1,4 % uglerod bor. Kesuvchi asbob toblangan (suvda 7600 dan – 8200S gacha) va bo’shatilgan (1600 -1800S ) xolatlarda qo’llaniladi. Toblash va bo’shatishdan so’ng qattiqlik 60 - 63 HRC ga teng bo’ladi.
Uglerodli asbobsozlik po’latlari nisbatan past eyilishga chidamlilikka va issiq-bardoshlikka ega bo’lib, kichik kesish tezliklarida ishlashi mumkin. Bu gurux po’latlar suvda toblanadi, natijada ularda mikroyoriqchalar hosil bo’lishi mumkin.
Legirlangan asbobsozlik po’latlari uglerodli asbobsozlik po’latlardan tarkibida legirlovchi elementlar - xrom, volpfram, vanadiy, marganes, molibden va boshqalar borligi bilan farq qiladi. Volpfram eyilishga chidamlilikni va issiq-bardoshlikni oshiradi. Vanadiy zarrachalarning maydadonaligini taominlaydi. Xrom - qattiqlikni, chuqur toblanishni va eyilishga chidamlilikni taominlaydi. Kremniy toblashga bo’lgan moyillikni oshiradi. Marganes toblashdagi deformatsiyalanishni kamaytiradi.
Xromli po’latlardan (0,4-0,7% Cr) yumshoq materiallarga ishlov berish uchun qo’l metchiklari, zenkerlar tayyorlanadi. SHuningdek yirik egovlar tayorlash tavsiya etiladi.
9XC markali po’lat (0,95 - 1,25% Cr, 1,2 - 1,6% Si) yaxshi toblanadi va yuqori issiq-bardoshlikka ega,(qattiqligi 60HRC dan kam emas, 2500 – 2600C gacha qiziganda o’zining turg’unligini saqlab qoladi).
XVG markali po’lat (0,90 - 1,20% Cr, 1,20 - 1,60% W, 0,80 - 1,10% Mn) eng yuqori toblanuvchanlikka ega, toblanganda ham deformatsiyalanadi va yumshoq materialga ishlov beruvchi yirik va uzun sidirgichlarni tayorlash uchun qo’llaniladi.
XVSG markali po’latda kremniy miqdori bir oz ko’proq bo’ladi (0,65-1,0% C, XBG markali po’latda 0,15 - 0,35% C) chuqur toblanuvchanlikka va issiq-bardoshlikka ega bo’lib ulardan yumaloq plashkalarni, yirik sidigichlarni, razvertkalarni tayyorlash uchun tavsiya etiladi.
Tezkesar po’latlar tarkibida 19% gacha volfram, 4 - 5 % gacha xrom va 2-3% gacha vanadiy bo’ladi. Eng ko’p ishlatiladigan tezkesar po’latlarning, ya’ni R18 va R9 markali po’latlarning kimyoviy tarkibi keltirilgan.
R18 markali po’lat kichik kesish tezligida yuqori va doimiy eyilish chidamliliga ega. Bundan tashqari R18 yaxshi jilvirlanadi, shuning uchun murakkab shakldagi kesuvchi asboblarni (sidirgichlar, tish kesuvchi dolbyaklar va frezalar, shakldor keskichlar va boshqalar) tayyorlash uchun qullanilishi mumkin. R18 va R9 markali po’latlar, qattiqligi 250-260 HRC gacha va chegaraviy mustahkamligi v 850-900 MN/m gacha bo’lgan po’latlarga va cho’yanlarga ishlov berish uchun hamma ko’rinishdagi kesuvchi asboblarni tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Tezkesar po’latning kesuvchi va texnologik xususiyatlarini, kobalt (So), molibden (Mo) bilan qo’shimcha legirlab hamda vanadiy miqdorini orttirish bilan yaxshilash mumkin.
Kobalt bilan legirlangan po’lat (R18F2K5, R9K5, R9K10, R10FK5) yuqori issiqbardoshlikga ega bo’ladi va issiqga chidamli austenit po’latlarga va yuqori mustahkamlikdagi yaxshilangan po’latlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi.
Po’lat tarkibida vanadiyning ortirishi bilan ( R18F2, R14F4, R9F5) yuqori mustahkamlikdagi (v≥950-1000 MN/m2) asbobsozlik po’latlari bilan yaxshilangan po’latlarga toza ishlov berish mumkin.
Molibden bilan legirlangan po’lat (1,0- 1,5% Mo) katta kesish tezligida qiyin ishlov beriladigan qotishmalarni uzlukli ishlov berish jarayonida qo’llash uchun tavsiya etiladi.
Asbobsozlik po’latlarining xususiyatlarini yaxshilash uchun kesuvchi asbobning turg’unligini 1,5 - 2 marta oshirish maqsadida termokimyoviy usul qo’llaniladi.

Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling