Asbobsozlik materiallari, ularga qo‘yiladigan talablar hamda ularning Ishlatilishi


Metallokeramik qattiq qotishmalar


Download 16.98 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi16.98 Kb.
#1729191
1   2
Bog'liq
Asbobsozlik materiallari

Metallokeramik qattiq qotishmalar bir qator metall karbidlaridan tashkil topgan va uch guruxga bo’linadi; volfram-kobaltli qattiq qotishma (VK), titan-volfram-kobaltli qattiq qotishma (TK), titan-tantal-volfram-koboltli qattiq qotishma (TTK)
Volframli qotishmalarning tarkibi kobalt (So) bilan bog’langan Volfram karbidi donalaridan (WC) tashkil topgan. Ayrim xollarda vanadiy (VC), niobiy (NbC) va tantal (TaC) karbidlari ham qo’shiladi.
Titan-volframli qotishmalarning tarkibi kobolt bilan bog’langan titan karbidlari (TiC) va WC-ning ko’p donalaridan tashkil topgan.
Titan-tantal-volframli qotishmalarning tarkibi kobalt bilan bog’langan TiC-TaC-WC qattiq aralashma donalaridan va WC-ning ko’p donalaridan tashkil topgan.
Qattiq qotishmalar – qattiq va mo’rt karbid donalaridan va kobalt fazalaridan, tashkil topgan bo’ladi.
Qattiq qotishmalar volframning erish haroratidan ancha kichik bo’lgan haroratda (1350 – 14500S) kuydirib pishirish yo’li bilan olinadi. Metall karbidlari kobolt bilan aralashtiriladi va aralashma hosil bo’lguncha maydalaniladi. Xomaki o’lchamlari tayyor buyum o’lchamlaridan katta bo’lishi kerak, chunki kuydirib ichkarisida qattiq qotishmaning kirishuvi hosil bo’ladi (20-30 % gacha uzunlik bo’yicha).
Mayda kesuvchi asboblar (parmalar, frezalar va boshq.) yumshatilgan (plastikliligi orttirilgan) xomakidan tayyorlanadi.
Qoliplangan material 7000S atrofidagi haroratda dastlabki kuydirib pishiriladi, so’ng esa organik yumshatgich (masalan parafin) bilan teshikli massa hosil qilinadi. So’ngra 1400-1500o C haroratda yakuniy kuydirib pishiriladi va kesuvchi asbob charxlanadi.
Volfram guruxidagi qattiq qotishmalar cho’yan, bronza, toblangan po’lat va mo’rt materiallarga ishlov berish uchun qo’llaniladi.
VK qotishmasida kobalt miqdorining oshishi uning qattiqligi va eyilishga bardoshligini pasaytiradi, lekin mustahkamligi ortadi.
VK2 qotishmasi juda yuqori eyilishga chidamlilikka ega va yarim toza, toza va oxirgi ishlov berish uchun qo’llaniladi.
VK3M qotishmasi karbid fazalarning mayda donalariga ega, shuning uchun u juda qattiq.
VK4 va BK6 qotishmalari cho’yan, rangli metallarga va qotishmalarga, titan va uning qotishmalariga, metallmas materiallarga toza, yarim toza va yupqa qatlamda ishlov berish uchun qo’llaniladi.
Mayda donali VK6M qotishmasi austenit sinfidagi zanglamaydigan po’latlarga, issiqbardosh va titanning maxsus markalariga, qattiq bronza shuningdek yupqa qatlamda kam uglerodli va legirlangan po’latlarga ishlov berish uchun tavsiya etiladi.
Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling