Iqtisodiyatni innavatsion rivojlanishi va uni raqobat bardoshligini oshirish istiqbollari


Download 271.74 Kb.
bet1/13
Sana18.06.2023
Hajmi271.74 Kb.
#1581719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5199650325237078761




O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI
Malakaviy amaliyot bo’yicha

HISOBOT


Bajaruvchi: 3-2 log 21guruh
yo’nalishi I-kurs talabasi ____________________________________

Tekshiruvchi - Amaliyot rahbari: ______________________



Buxoro -2022
Mavzu: Iqtisodiyatni innavatsion rivojlanishi va uni raqobat bardoshligini oshirish istiqbollari



MUNDARIJA






KIRISH

I BOB

Innovatsiyalarning mohiyati va xususiyatlari.




1.1

Iqtisodiyatni rivojlantirishda innovatsiyalarning roli




1.2

Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish iqtisodiy 
xavfsizlikni ta’minlash omili 




1.3

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik omillari va uni oshirish strategiyasi




II BOB

Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajribalardan foydalanish.




2.1

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni tashkil etiishi






2.2

Faol innovatsion-investitsion siyosat va bu borada xorijiy davlatlar saboqlari




2.3

Fan-innovatsiya-investitsiya-ishlab chiqarish zanjiri va bu jarayonning xorijiy davlatlar tajribasi hamda uning respublikamizda foydalanish mumkin bo‘lgan jihatlari







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi. Xususan, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini yanada rivojlantirish, yangi o‘zak tarmoqlarni barpo etish, tarkibiy o‘zgarishlar, samarali va erkin iqtisodiyotni shakllantirishni talab etadi. Buning uchun iqtisodiyotda innovatsiyalarni joriy etish va innnovatsion faoliyatni har tomonlama rivojlantirish kerak. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kurashida ustun kelish innovatsiya va innovatsion faoliyatga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi” bo‘yicha PF-4947-sonli Farmoni hamda mamlakatimizda 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovastion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi real sektor oldiga innovastion jarayonlarni yanada tezlashtirish zarur ekanligini ko‘rsatmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“ Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qarattilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”1.
Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste’mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi. Innovatsion faoliyat qatoriga quyidagi faoliyat turlarini kiritish taklif etiladi:amaliyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot, texnologik jarayon yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotchilik, tajriba-konstruktorlik yoki texnologik ishlar bajarish;yangi yoki takomilashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon joriy etish uchun ishlab chiqarishni tayyorlash va texnologik qayta jihozlash; yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot chiqarish, yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni sinab ko‘rishni amalga oshirish; xarajatlar o‘zini oqlashiga qadar yangi takomillashtirilgan texnologik jarayon qo‘llash, yangi takomillashtirilgan mahsulot chiqarish; yangi mahsulotni bozor tomon harakatlantirish bo‘yicha faoliyat;innovatsion infratuzilma yaratish va rivojlantirish;innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; sanoat mulki obyektlari yoki maxfiy ilmiy-texnik axborotlarga egalik huquqini boshqalarga berish yoki xarid qilish;yangi takomillashtirilgan mahsulot, yangi takomillashtirilgan texnologik jarayon yaratish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ekspertiza, maslahat, axborot, yuridik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni tashkil etish. O‘zbekistonda sanoat korxonalari rivojlanishining hozirgi bosqichida innovastiyalar qo‘shimcha qiymatning yaratilishi, raqobatning kuchayishi, korxona taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sishining asosiy omiliga aylanmoqda. Korxonalarda innovastion faollikni doimiy rivojlanib borishi tovar sifati va bozordagi mavqeini o‘zgarishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga korxonalarning innovastion faolligining ortishi xo‘jalik yuritish sub’ektlarini modernizastiyalashga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Innovastion faoliyatni rivojlantirish nafaqat ishlab chiqarish sifatiga, balki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini kuchaytirishni ham belgilaydi.Bugungi kunda korxonalar innovatsion faoliyatini boshqarish jarayoni o‘z oldiga ko‘plab vazifalarni olgan. Innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoni turli vaziyatlarga tez moslashuvchan bo‘lib, kompleks xarakter kasb etadi. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funksiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliy hayotga joriy etish, innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta’minlash kabi vazifalar yuklatiladi.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra so‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘z kuchi bilan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqargan korxona va tashkilotlar soni keskin oshib bormoqda. 2010-2016 yillar oralig‘ida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar soni 8 martaga oshdi. 2010-yilda shunday korxonalar soni 289 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yilga kelib 1601 ta, 2016-yilda esa 2374 tani tashkil etdi. Birinchi marta innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalar soni 696 taga ko‘paydi.Respublika bo‘yicha 2016 yilda har bir innovatsion faol tashkilot o‘rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qildi. Jumladan har bir innovatsion faol tashkilotga Andijon, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida o‘rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida o‘rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyalarida o‘rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilingan.2016 yilda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar jami ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, ishlar, xizmatlar hajmining 20,8 foizini (2221,5 mlrd.so‘m) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich eng yuqori bo‘lgan Andijon viloyatida 80 foizni (709 mlrd.so‘m), Buxoro viloyatida 54,5 foizni (42,1 mlrd.so‘m) tashkil qilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatlarida bo‘lsa ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlarning katta qismi (mos ravishda 97 foiz hamda 76,4 foiz) 2014-2015 yillarda o‘zlashtirilgan innovatsiyalar hissasida to‘g‘ri kelgan.



Download 271.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling