aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv
jarayonini qisman yoki tо‘liq avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini
oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning о‘qitish
vositasi
sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: о‘quv fani bо‘yicha aniq
didaktik maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar
majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qо‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
-
о‘rgatuvchi dasturlar – о‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni о‘zlashtirishga yо‘naltiradi;
-
test dasturlari – egallangan bilim, malaka va kо‘nikmalarni tekshirish yoki
baholash maqsadlarida qо‘llaniladi;
-
mashq qildirgichlar - avval о‘zlashtirilgan о‘quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
-
о‘qituvchi ishtirokidagi virtual о‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qо‘yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini
amalga oshirish
maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud.
Mazkur omillar didaktik, psixologik,
iqtisodiy, fiziologik
guruhlarga ajratildi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq о‘quv fanining о‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning о‘ziga
xosligini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari о‘zaro bogʻliqliligi, о‘zaro aloqadorliligi,
turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: