1. Pedagogik dasturiy vositalar Ta’lim jarayonida amaliy dasturlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.72 Mb.
#1014422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AKT

Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), 
tafakkur 
(tushunchaviy-nazariy, 
kо‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, 
boshqaga kо‘chishi), motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada 


kо‘rgazmalilik, о‘z vaqtida qayta aloqa yordamida о‘quvchilarning yuqori 
darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda ragʻbatlantirish), xotira, tasavvuri, 
yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish (egallagan bilim, 
kо‘nikma va malakalarini hisobga olib, о‘quv fani mazmuni hamda о‘quv 
masalalari murakkablik darajasi о‘quvchilarning yosh imkoniyatlari va individual 
xususiyatlariga mos kelishi, о‘quv materialini о‘zlashtirishda ortiqcha his-
hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga shaxsiy kompyuterlar va ularning tashqi qurilmalari, test 
о‘tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, Internet-navigatorlar, 
tarmoq operasion tizimlari, telekommunikasiya, boshqaruv vositalari (о‘qitish 
jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, 
joylashishi, о‘lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik 
talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yо‘nalganlik, 
mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, kо‘rgazmalilik, kirish nazorati
intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, 
qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: dо‘stonalik, foydalanuvchiga 
moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi 
birinchidan: о‘quvchilarning о‘quv materiallarini о‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va 
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik kо‘rsatkichlari, motivasion barqarorlik 
darajalari bilan belgilanadi.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Amaliy dasturiy ta’minot deb- bir yo‘nalishdagi muammolarni yechishga 
mo‘ljallangan dasturlarga aytiladi.
Amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta’minlaydi. 
Amallarga misol keltirsak, unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta 


ishlash, illyustratsiya, video ma’lumotlarni qayta ishlash, audio ma’lumotlarni 
qayta ishlash, aloqa o‘rnatish, hisob - kitob ishlari kabi amallar misol bo‘la oladi.
Kompyuter tizimi bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish, ko‘nikmalarni hosil qilishda 
ishni odatda amaliy dasturlardan foydalangan holda boshlanadi.
Muammoga yunaltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
• buxgalteriya uchun DT;
• personalni boshqarish DT;
• jarayonlarni boshqarish DT;
• bank axborot tizimlari va boshqalar.
Umumiy maqsadli amaliy dasturiy ta’minot — soha mutaxassisi bo‘lgan 
foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo‘llaganda uning ishiga yordam beruvchi 
ko‘plab dasturlarni o‘z ichiga oladi. Bular:
• kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi 
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
• matnli xujjatlarni avtomatik ravishda loyihalashtiruvchi, ularni tegishli 
holatda tahrirlovchi va chop etuvchi matn muharrirlari;
• grafik muharrirlar;
• hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
• taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda 
namoyish etish, slaydlar, animatsiya, videofilmlar tayyorlashga mo‘ljallangan 
mahsus dasturlar.
Ofis amaliy dasturiy ta’minot idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi 
dasturlarni o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
• rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi
uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini 
olib boruvchi dasturlar;
• tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matn¬ni ko‘rsatilgan tilga 
tarjima qilishga mo‘ljallangan dasturlar;
• skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan 
o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar;


• tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi 
orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot 
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni kiritish, taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga 
ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va 
xokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi 
hisoblanadi. U ma’lumotlarni kayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli 
disklarning 
paydo 
bo‘lishi, 
ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyasining 
rivojlanishi natijasida shakllandi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling