1. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi
Download 53.82 Kb.
|
Pedagogik adabiyotlar,lug’at ma’lumotlarni o’qib o’rganish orqali “metodika” “ fan metodika” “o’qitish metodikasi” tushunchasi
Pedagogik adabiyotlar,lug’at ma’lumotlarni o’qib o’rganish orqali “metodika” “ fan metodika” “o’qitish metodikasi” tushunchasi Reja: 1.Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi 2. Pedagogik mahorat 3. O‘qitish metodikasi mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalar Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv fani sifatida Har bir fan kishilik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy, madaniy- ma’rifiy taraqqiyotiga u yoki bu yo‘nalishda hissa qo‘shar ekan o‘z sohasi bo‘yisha o‘zining mavzusi (predmeti), maqsadi vazifalariga ega bo‘ladi. Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasining shakllanish jarayoni va o‘rganish mavzusi pedagogika fanini o‘quv predmeti sifatidagi rivoji bilan bog‘liq. Ma’lumki, pedagogika o‘quv fani sifatida ijtimoiy-siyosiy tajribalarni tizilmalashtirish, umumlashtirish, ularni yosh avlodga yetkazish hamda yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlash sifatida paydo bo‘ldi va rivojlandi. Darhaqiqat, inson tarbiyasining oliy mahsuli, jamiyatda iqtisodiy-madaniy hayotni rivojlantiruvchi kuch timsolida o‘z aql-zakovati, erkin va mustaqil fikr yurituvchi mavjudot hisoblanadi. Shu aql-zakovat, idrok, erkin va mustaqil, fikrni aniq maqsadlarga yo‘naltiruvchi fan sifatida pedagogika fani paydo bo‘ldi va ta’lim-tarbiya o‘quv predmeti sifatidalib nom oldi va jamiyatga xizmat qildi. Darhaqiqat, pedagogikani o‘qitishning dastlabki davrlaridan boshlab yoshlar tarbiyasi, o‘qishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tajribalarni to‘plash, umumlashtirish va muayyan tizimga solish fanning bosh vazifasiga aylandi. Shular orasida alohida pedagogik qoidalar, qonuniyatlar shakllanib, o‘qitish va tarbiyalash masalalari bo‘yicha metodik tavsiyalar, ko‘rsatmalar yaratildi. Binobarin, pedagogikani tarbiya fani deb izohlaydilar. Shu sabab bolani tarbiyalash, zaruriy tajriba va bilimlarni unga singdirish yo‘llarini aniqlash, pedagogika o‘rganadigan hodisalar, mavzular majmuidir. Zero, tarbiya ijtimoiy-iqtisodiy zarur hodisa sifatida jamiyatning yanada takomillashtiruvchi, undagi ishlab chiqarish kuchlarini, mehnat jarayonlarini, qolaversa insonning o‘zini, uning intellektual, ma’naviy, jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi quroldir. Shu nuqtai nazardan qayd etilgan hodisalarni aniq, ijtimoiy maqsadga muvofiq qo‘yuvchi bu pedagogikadir. Shunga binoan bu fanni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish zarur hol hisoblanadi. Zero, pedagogikani o‘qitish metodikasi fani bu nazariya va amalyotning sintezidir. Pedagogika fanini o‘qitish metodikasi o‘quv predmeti uzluksiz ta’lim tizimi oldiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini hal etishga qaratilgan fan sifatida e’tirof etilmog‘i darkor. Shu nuqtai-nazardan bu ikki hujjat “Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi” o‘quv predmetining metodologik asosini tashkil etadi. Chunki, bu hujjatlarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy–ma’rifiy rivojlantirish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va takomillashtirishga xizmat qiluvchi barkamol avlod tarbiyasi va ta’limning yo‘lga qo‘yilishi hamda amalga oshirilishining bosh g‘oyasi o‘z ifodasini topgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” pedagogikaning ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fan sifatida hayot va ijtimoiy - iqtisodiy turmush jarayonining barcha jabhalarini qamrab olishi, barkamol shaxsning shakllanish va rivojlanishini ta’minlash uchun ta’lim-tarbiyaning qonuniyatlari, qoidalari, shakllari, metodlari, usullari, vositalarini yangicha talablar, yangicha talqinlar asosida ishlab chiquvchi fan bo‘lishi kerakliligi takidlanadi. Shu ma’noda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bosh maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat. Bunday yuksak ma’naviy va axloqiy salohiyatga ega bolgan kadr uzluksiz ta’lim tizimida tayyorlanishi va ularni tayyorlashda pedagogika fani o‘qituvchi murabbiylarining asosiy fani o‘qitishning ilmiy metodik asoslarini ishlab chiqish muhim ijtimoiy –pedagogik hodisa hisoblanadi. Shunga binoan, pedagogika fanini o‘qitish metodikasi fani o‘zida ta’lim-tarbiyaning yangi konsepsiyasi va mutaxassislar tayyorlash milliy dasturida belgilangan ta’lim-tarbiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustivor yo‘nalishi qilib belgilab olishi zarur. Pedagogika fanining metodologiyasi, mazmunida, ta’lim nazariyasida, tarbiya nazariyasida, ta’lim-tarbiyaning shakllari, metodlari, vositalarini belgilab va amalga oshirishda yosh yosh avlodni barkamol insonlarni yetishtirishni o‘zining bosh g‘oyasi qilib, ularni o‘rgatishda esapedagogika fanini o‘qitish metodikasi asosiy vazifa qilib olsadagina maqsadga erishiladi. 5110900-pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida ta’lim muassasalari uchun pedagoglar tayyorlanadilar. Ularga umumkasbiy fan sifatida “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Oila pedagogikasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogik texnologiya” kabi pedagogik turkum fanlari o‘qitiladi. Bu fanlarni o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilar o‘quvchini bolalik davridan boshlab shaxs sifatida rivojlanishi, barkamol inson farzandlarini tarkib topish qonuniyatlarini, qoidalarini, shakl, usul va vositalarini bilib oladilar. Shuning uchun pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mutaxasislik asoslarini o‘rgatuvchi ustivor fan sifatida e’tirof etiladi. Tayinki, shaxs o‘zligini anglashga o‘zgacha yondashishi mamlakatimizda faqatgina mustaqillik yillarida ro‘y berdi. Bu nafaqat insonning o‘ziga, jamiyatga, tabiatga bo‘lgan munosabatiga emas, balki uning o‘z faoliyatiga ilmiy-ommaviy nuqtai nazaridan yondashuvdagi islohiy o‘zgarishlar ro‘y berganida namoyon bo‘ldi. Endi bugungi kun pedagoglari yangicha fikrlash, mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirishi va fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlantirishga faol ishtirok etishni namoyon eta boshladilar. Bunda odatda pedagogik bilim va tafakkurning ahamiyati katta bo‘ldi. Shu ma’noda pedagogika ta’lim-tarbiya o‘quv predmeti sifatida bo‘lajak o‘qituvchi-tarbiyachilarga yangicha fikrlash asoslarini puxta o‘zlashtirishlari boy tarixiy-tarbiyaviy merosni, vatanimiz va umumjahon pedagoglarining ilg‘or tajribalari, ta’limotlarini o‘rganib, zamonaviy ma’naviy-insoniy hamda, ijodiy tafakkuriy sifatlarini shakllantirishga intilmoqlari lozim. Bunda pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi yaqindan ko‘maklashishi tabiiydir. Download 53.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling