1. Pedagogika" tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? a "bolani etaklayman
Download 60 Kb.
|
2-вариант
II-VARIANT 1. Pedagogika” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? a) “bolani etaklayman; b) “shaxsni tarbiyalayman”; c) “bolani rivojlantiraman”; d) “shaxsni voyaga etkazaman”. 2. “Pedagogika bola tarbiyasining fani demakdir”. Ta’rif kim tomonidan berilgan? a) Abdulla Avloniy; b) H.H.Niyoziy; c) Abduqodir SHakuriy; d) Ishoqxon Ibrat. 3. Muayyan fan konsepsiyasida nimalar aks etadi? a) fan erishgan yutuqlar; b) fanning umumiy mazmuni; c) fanning rivojlanish istiqbollari; d) fanning yangi yo’nalishlari. 4. Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? a) Didaktika (ta’lim nazariyasi), Maktabshunoslik; b) Ta’lim menejmenti, Didaktika (ta’lim nazariyasi); c) Didaktika (ta’lim nazariyasi), Tarbiya nazariyasi; d) Tarbiya nazariyasi, Ta’lim menejmenti. 5. Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsonlar ko’zga tashlanadigan bolalarni o’qitish va tarbiyalash bilan shug’ullanadi? a) Ijtimoiy pedagogika; b) Kasbiy pedagogika,; c) Maxsus pedagogika; d) Qiyosiy pedagogika. 6. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari hisoblanadi? a) tarbiya, ta’lim, ma’lumot, shakllantirish; b) tarbiya, o’qitish, bilim olish (ma’lumot), rivojlanish; c) ta’lim, ma’lumot, shaxs, muloqot; d) ma’lumot, shaxs, ta’lim, rivojlantirish. 7. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? a) ta’lim muassasasining hujjatlarini tahlil qilish, nazariy tahlil, pedagogik kuzatish, anketa, suhbat, intervyu, test, bolalar ijodini oprganish, modellashtirish, pedagogik tajriba, matematik statistika; b) pedagogik kuzatish, anketa, suhbat, intervyu, test, bolalar ijodini o’rganish, pedagogik tajriba; c) pedagogik kuzatish, anketa, suhbat, intervyu, test, bolalar ijodini o’rganish, pedagogik tajriba, modellashtirish; d) to’gri javob yo’q. 8. “Inson kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o’ynaydi” degan fikrni ilk bor ilgari surgan SHarq mutafakkiri kim? a) Abu Rayhon Beruniy; b) Abu Nasr Forobiy; c) Abu Ali ibn Sino; d) YUsuf Xos Hojib. 9. SHaxsning rivojlanishi qanday holatlar bilan belgilanadi? a) shaxsning fiziologik, ruhiy kamolotga erishishida kechadigan miqdor o’zgarish bilan; b) shaxsning fiziologik, ruhiy, intellektual o’sishini ta’minlovchi faoliyat hamda xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan o’zgarishlar bilan; c) shaxsning fiziologik, ruhiy kamol topishida kechadigan sifat o’zgarishlar bilan; d) shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi faoliyat kopnikmalarining miqdor va sifat jihatdan takomillashib borishi bilan. 10. SHaxsga xos individual xususiyatlarni ko’rsating a) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakterini tavsiflovchi barqaror, muhim xususiyatlar; b) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamolotini yorituvchi barqaror, muhim xususiyatlar; c) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti, faoliyatining opziga xosligini belgilovchi barqaror, muhim xususiyatlar; d) shaxsning qiziqishlari, xarakteri, aqliy kamoloti, faoliyatining o’ziga xosligini ifodalovchi barqaror, muhim xususiyatlar. 11. “Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf”. Mazkur fikrning muallifi kim? a) Alisher Navoiy; b) Unsurul Maoliy Kaykovus; c) Ahmad YUgnakiy; d) Saidahmad Siddiqiy. 12. Faoliyat nima? a) ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq, izchil, tizimli, uzluksiz tashkil etilishini ta’minlashga haratilgan xatti-harakatlarning muayyan shakli; b) shaxs tomonidan ijtimoiy hayotning mazmunli kechishini tapminlash yoplida olib borilayotgan xatti-harakatlarning muayyan shakli; c) ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etish yoplida shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik va kasbiy xatti-harakatlarning muayyan shakli; d) shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishi yo’lidagi xatti-harakatlarining muayyan shakli. 13. Ko’nikma nima? a) ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan shakli, faoliyatning tarkibiy qismi; b) shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati; c) faoliyat negizida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar; d) to’gpri javob yopq. 14. Malaka bu: a) ongli xatti-harakat, faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli; b) mehnat qilish jarayonida hosil bo’lgan kopnikmalar natijasi; c) bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi; d) inson tomonidan uzoq yillar davomida o’zlashtirilgan bilimlar majmui. 15. Tarbiya metodlarining quyidagi turlari kim tomonidan ilgari surilgan: 1) tarbiyalanuvchilarning ongi, sezgisi va irodasiga ta’sir koprsatuvchi metodlar; 2) faoliyatni tashkil qiluvchi va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantiruvchi metodlar; 3) xulq-atvor va faoliyatni tartibga soluvchi, rag’batlantiruvchi va tuzatuvchi metodlar? a) K.Z.Zaripov; b) A.Q.Munavvarov; c) G.I.Opukina; d) B.Farberman. 16. Tarbiya metodlari qaysi javob variantida keltirilgan? a) ongni shakllantiruvchi metodlar, og’zaki bayon qilish metodlari, pedagogik rag’batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodlari; b) ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, ko’rsatmali metodlar, amaliy mashg’ulotlar metodlari; c) ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar, faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, pedagogik rag’batlantirish (xulq-atvorni tuzatish) metodlari; d) ongni shakllantiruvchi metodlar, ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi metodlar, og’zaki ta’sir koprsatuvchi metodlar. 17. Quyidagilarning qaysilari jazolash metodlari sanaladi? a) ogohlantirish, uyaltirish, musobaqa; b) tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish; c) tenbeh berish, pedagogik talab, xayfsan berish; d) uyaltirish, o’git, ogohlantirish. 18. Pedagogik talab nima? a) shaxsni to’g’ri shakllanishini taminlovchi pedagogik koprsatmalar, yo’l-yo’riqlar; b) turli xatti-harakatlarni bajarish va faoliyatni tashkil etish jarayonida o’quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari; c) shaxsda xalq-atvor ko’nikmalarini shakllantiruvchi me’yoriy talablar; d) o’quvchi va jamoa birligini qaror toptirishga xizmat qiluvchi qoidalar. 19. pedagogik talab, o’rganish, mashq qilish, tarbiyalovchi vaziyatlar, musobaqa tarbiya metodlarining qaysi guruhini tashkil etadi? a) amaliy metodlar guruhini; b) o’pzaki metodlar guruhini; c) ongni shakllantirish metodlari guruhini; d) faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish metodlari guruhini. 20. O’z-o’zini tarbiyalash nima? a) shaxsning iroda kuchini ishlatish asosida o’zida muayyan fazilatlarni tarkib toptirishga qaratilgan ongli faoliyati jarayoni; b) shaxsning irodaviy sifatlariga tayangan holda oz-o’zini baholash jarayoni; c) shaxs tomonidan o’z xatti-harakatlari, faoliyatini tahlil, nazorat qilish jarayoni; d) shaxsning o’z-o’zini ob’ektiv baholash orqali ma’lum fazilatlarga ega bo’lishga intilishi jarayoni. 21. Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? a) shaxsni go’zallikni sevishga o’rgatish; b) shaxsda tabiiy go’zallikni his qila olish ko’nikmalarini shakllantirish; c) shaxsni san’at asarlarida ilgari surilgan ma’noni anglashga o’rgatish; d) shaxsda estetik tushuncha, estetik idrok, his-tuyg’u, did, madaniyatni shakllantirish. 22. Estetikaning asosiy tushunchalarini aniqlang: 1) estetik his-tuyg’u; 2) estetik tamoyil; 3) estetik did; 4) estetik me’yor; 5) estetik mulohaza; 6) estetik ideal. a) 1, 2, 5, 6; b) 1, 3, 5, 6; c) 1, 2, 3, 4; d) 1, 4, 5, 6. 23. Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlarini ko’rsating: a) go’daklik davri, bolalik davri, maktabgacha ta’lim davri, boshlangpich ta’lim davri, o’smirlik, o’spirinlik; b) go’daklik davri, bolalik davri, maktabgacha ta’lim davri, kichik maktab yoshi davri, o’rta maktab yoshi davri, katta maktab yoshi davri; c) go’daklik davri, maktabgacha ta’lim davri, kichik maktab yoshi davri, o’rta maktab yoshi davri, katta maktab yoshi davri; d) go’daklik davri, maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo’lgan davr, maktabgacha ta’lim davri, boshlang’ich ta’lim davri, o’smirlik, o’spirinlik. 24. Ilk bolalik qaysi yosh davrlarini o’z ichiga oladi? a) 2 yoshdan 3 yoshgacha bolgan davr; b) 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan davr; c) 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan davr; d) 3 yoshdan 4 yoshgacha bo’lgan davr. 25. O’smirlik davri uchun xarakterli bo’lgan xususiyat nimadan iborat? a) jismoniy faollikning ortishi, shaxsi sifatida o’zini namoyish qilishga intilish; b) jinsiy etilish va intensiv (tezkor) rivojlanishning kuzatilishi, mustaqillik hamda o’zini namoyish qilishga intilish; c) ijtimoiy faollik ko’nikmalarining shakllanishi, mustaqillikka intilish; d) o’z xatti-harakatlarini mustaqil ravishda baholay olish layoqatining rivojlanishi va jismoniy faollikning ortishi. 26. SHaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati nima? a) estetik ehtiyoj; b) estetik mulohaza; c) estetik ong; d) estetik did. 27. Didaktika – bu: a) ta’lim nazariyasi; b) rivojlanish nazariyasi; c) tarbiya nazariyasi; d) ta’lim-tarbiya nazariyasi. 28. Didaktika nimani o’rganadi? a) o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalarini; b) shaxsning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini; c) bolaning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatini; d) shaxsga ta’lim hamda tarbiya berishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni. 29. Buyuk chex olimi YA.A.Komenskiy tomonidan “Didaktikaning oltin qoidasi” deb e’tirof etilgan tamoyil qaysi? a) ta’limning tabiat bilan uyg’unligi; b) ta’lim berishda ilmiy atamalardan foydalanish; c) ko’rsatmalilik; d) nazariy bilimlarning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi. 30. “Rahnomai savod” alifbosini va “Tovushli harf” metodini ishlab chiqqan pedagog olim nomini ko’rsating? a) Behbudiy; b) Abdulla Avloniy; c) Abdurauf Fitrat; d) Munavvar Qori. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling