2
T/r
Seminar mashg’ulot mavzulari
soat
1
Pedagogikani o’rganish zarurati. Ma’rifiy qadriyatlar
va maqsadlar
2
2
Ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti va ularning tarixiyligi
2
3
Zamonaviy ta’lim-tarbiya va uning mohiyati.
2
4
O’quv-tarbiyaviy vaziyatlarni loyihalashtirish
asoslari.
2
5
O’quv faoliyatni tashkil qilish shakllari. Pedagogik
nazorat va ta’lim sifatini baholash
2
6
Ma’rifiy tizimlarni boshqarish
2
7
Psixologiya fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot
metodlari
2
8
Shaxs va uning faoliyati. Muloqot.
4
9
Shaxsning bilish jarayonlari
2
10 Shaxsning individual xususiyatlari
2
11 Boshqaruv psixologiyasi. Rahbar qobiliyatining
psixologik komponentlari
2
12 Mehnat psixologiyasi
2
Jami:
26
3
1–MAVZU. PEDAGOGIKANI O‘RGANISH ZARURIYATI. MA’RIFIY
QADRIYATLAR VA MAQSADLAR
Asosiy tushunchalar
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh
avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy
istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy
e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy
qismlari hisoblanadi.
Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko «o‘rganuvchi»)
ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va
o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim
jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.