1. Pedagogikaning metodlari quyidagicha: Ta’limni insonparvarlashtirish
Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi
Download 0.5 Mb.
|
ped-psi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Muammoli o’qitish texnologiyasining mazmun-mohiyati
17. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi. Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.B.Bespalьko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov) Pedagogik texnologiya : 18. Ma’rifat va uning mohiyati Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi. Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.[1] Maʼrifat atamasining oʻzi rus tiliga, shuningdek, ingliz (The Enlightenment) va nemis (Zeitalter der Aufklärung) tillariga frantsuz (siècle des lumières) dan kirib kelgan va asosan 18-asr falsafiy yoʻnalishini bildiradi. Shu bilan birga, bu ma'lum bir falsafiy maktabning nomi emas, chunki ma'rifat faylasuflarining qarashlari ko'pincha bir-biridan sezilarli darajada farqlanib, bir-biriga zid bo'lgan. Binobarin, ma’rifat g’oyalar majmuasi emas, balki falsafiy tafakkurning ma’lum bir yo’nalishi sifatida qaraladi. 19. Pedagogik texnologiyaning mohiyati Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo‘llarini doimo izlab kelgan va o‘z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko‘zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo‘ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo‘ldi. Pedagogik tajriba to‘planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o‘sib borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O‘qitishdagi doimiylik, rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o‘z echimini kutar edi. O‘quv maqsadlarning noaniq va mujmal qo‘yilishi, shu bilan bog‘liq o‘qitishdan kutilgan natijaning yo‘qligi, an’anaviy ta’lim maktabining kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta’lim muassasasi, o‘qitishdan kutiladigan natija yo‘qligidek, ortiqcha daxmazaga yo‘l qo‘ya olmaydi. O‘qitish natijasi aniq va erishiladigan bo‘lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj ham noaniq bo‘ladi va ular talab qilib olinmaydi. An’anaviy o‘qitish maktabiga tayangan oliy ta’lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo‘lmaydi. SHuning uchun, o‘quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o‘qitish natijalarini yaxshilashning eng samarali yo‘llarini izlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. O‘qitish sifatini oshirish, ob’ektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o‘qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o‘tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O‘quv jarayonini birinchi marta ushbu tarzda talqinlash YA.A.Komenskiyning pedagogikasida uchratish mumkin. Komenskiy asarlarida, inson tabiati qonuniyatiga uyg‘unlashgan o‘qitish tartibini izlash urinishlari mavjud. O‘qitish texnologiyasining asosiy elementlari - dars tamoyili, sinf tamoyili, o‘qitishning predmetligi, o‘quv materialini bayon etishning umumtartibi – aynan YA.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, bu esa uning pedagogik tizimining individual jamiyatdagi uning ommaviy so‘ngra umumiy ta’limi ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta’minlaydi. 20. Ta’limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi O`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta`lim – o`quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz: 1. Har bir o‘quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish. 2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o‘quvchi o‘zini shaxs deb sezsin, unga bo‘lgan e’tiborni tuysin. 3. Bolaga tazyiq o„tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo„rttirmaslik; bilimlarni o„zlashtirmasligi, o„zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish; 4. Ta‟limda “muvaffaqiyat muhiti”ni tashkil etish, bolaga o„qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o„z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O„quvchiga atrofdagilarning har biri o„zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. O`quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o„ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. 21. Muammoli o’qitish texnologiyasining mazmun-mohiyati Muammoli o’qitish texnologiya-si mohiyatini o’qituvchi tomonidan talim oluvchilarni o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Maqsadi – nafaqat ilmiy bilishning natijalarini sinchliklab tahlil qilish, o’rganishdan iborat bo’lmay, tinglovchining bu natijalarini olish jarayonini o’rganishdan, bilish faoliyatini va uning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat. Муаммоли ўқитиш технологияси босқичлари: -Муаммоли вазият -Ўқув муаммоси -Ўқув муаммосини ечиш учун изланиш - Муаммонинг ечилиши 22. Ma’rifat va madaniyatning uzaro bogliqligi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling