1. Piyolaga choy quyildi. Piyola bilan choy o'rtasida issiqlik almashinish qanday usulda kechadi?
Download 60 Kb.
|
7-sinf test
7-sinf test 1. Piyolaga choy quyildi. Piyola bilan choy o'rtasida issiqlik almashinish qanday usulda kechadi? A) konveksiya B) nurlanish C) issiqlik uzatish D) to'g'ri javob yo'q 2. Bir xil massali mis va qo'rg'oshin issiq suv ichidan bir xil vaqtda tashqariga chiqarildi. Ularning qaysi biri tezroq soviydi? A) mis B) qo'rg'oshin C) ikkalasi bir xil soviydi D) sovimaydi 3. Bir xil massali mis, alyuminiy va temir jismlar issiq suv ichidan bir vaqtda tashqariga chiqarildi. Ularning qaysi biridan havodan ko'proq issiqlik chiqadi? A) temir B) mis C) alyuminiy D) hammasi 4. Bir xil balandlikdan bir xil massali alyuminiy, mis va qo'rg'oshin shar tashlab yuborildi. Ularning qaysi biri ko'proq qiziydi? A) temir B) qo'rg'oshin C) mis D) hammasi 5. Massasi va temperaturasi bir xil bòlgan mis va qòrg'oshin sharlar rasmda ko'rsatilgandek muz ustiga qo'yilsa, ularning qaysi biri muzni ko'proq eritadi? A) ikkalasi ham bir xil B) mis C) qo'rg'oshin D) t.j.y 6. Kristal jismlar erish jarayonida temperaturasida ....... A) ortadi B) o'zgarmaydi C) kamayadi D) t.j.y 7. Massasi 3 kg bo'lgan toshko'mir butunlay yonganda ajralgan issiqlik miqdoriga teng issiqlikni olish uchun qancha quruq o'tin yoqish kerak? A) 8,7 kg B) 6,3 kg C) 9 kg D) 8 kg 8. Qaynash jarayonida suyuqlikning temperaturasi ....... A) kamayadi B) ortadi C) o'zgarmaydi D) t.j.y 9. Qanday massali suvga 210 kJ issiqlik miqdori berilganda uning temperaturasi 17°C dan 42°C ga o'zgaradi? A) 1,6 kg B) 2 kg C) 3,2 kg D) t.j.y 10. Massasi 1,2kg bo'lgan cho'yan qozon 10°C dan 160°C ga qiziganda qancha issiqlik miqdori olgan? A) 97,2 kj B) 84,5 kj C) 68,2 kj D) t.j.y 11. Ikkita bir xil stakanning biriga temperaturasi 90°C atrofida bo'lgan qahva, ikkinchisiga temperaturasi 10°C atrofida bo'lgan mineral suv quyildi va temperaturasi 20°C bo'lgan xonada qoldirildi. 10 minutdan so'ng qahva va mineral suvning temperaturasi qanday bo'lishi mumkin? A) 80°C va 25°C B) 70°C va 12°C C) 20°C va 20°C D) t.j.y 12. 12 kg toshko'mir to'liq yonib tamom bo'lguncha qancha issiqlik miqdori (MJ) chiqadi? Toshko'mirning solishtirma yonish issiqligi 29 MJ/kg ga teng A) 348 B) 324 C) 312 D) t.j.y 13. Qancha quruq o'tin to'liq yonganda 80 MJ issiqlik chiqaradi? Quruq o'tinning solishtirma yonish issiqligi 10 MJ/kg ga teng. A) 0,8 kg B) 4 kg C) 8 kg D) 5 kg 14. Alyuminiyning erish temperaturasi 600°C, qaynash temperaturasi esa 2467°C. Alyuminiyning qotish temperaturasi qanday bo'ladi? A) 600 B) 2467 C) 1867 D) t.j.y 15. Massasi 0,5 kg temir jism 10°C dan 310°C gacha qizdirilganda qancha issiqlik miqdorini qabul qiladi? A) 89 kj B) 34 kj C) 70 kj D) 69 kj 16. Temperaturasi 17°C va hajmi 0,5 l bo'lgan suv isitgichdan 126 kj issiqlik miqdori olgan bo'lsa suv qanday temperaturagacha qizigan? A) 77°C B) 29°C C) 88°C D) 54°C 17. Massasi 100g bo'lgam metal jism 20°C dan 130°C gacha isishi uchun 4180 J issiqlik miqdori olgan. Shu matel jismning solishtirma issiqlik sig'imini aniqlang. A) 340 B) 380 C) 320 D) 200 18. Hajmi 20 l bo'lgan idishda 45°C temperaturadagi suv, ikkinchi 30 l hajmli idishda esa 20°C temperaturali suv bor. Har bir idishdagi suvda qanday issiqlik miqdori bor? A) 3,78MJ va 2,52MJ B) bir-biriga teng C) 8,43MJ va 9,23MJ D) t.j.y 19. Hajmi 4 l bo'lgan idishda temperaturasi 100°C bo'lgan qaynoq suv bor. Ma'lum vaqt o'tgach, idishdagi suv atrofga o'zidagi 672 kJ issiqlik miqdorini uzatib sovigan bo'lsa, suvning temperaturasi qanday bo'lib qolgan? A) 90°C B) 50°C C) 40°C D) 60°C 20. Qancha massadagi tabiiy gaz butunlay yonganda 66MJ issiqlik miqdori ajralib chiqadi? A) 2 kg B) 0,5 kg C) 1,5 kg D) 4 kg 21. Massasi 20 kg bo'lgan toshko'mir yonganda beradigan issiqlik miqdprini olish uchun qancha quruq o'tin yoqish kerak bo'ladi? A) 58 kg B) 34 kg C) 76 kg D) 21 kg 22. Temperaturasi 10°C va massasi 2 kg bo'lgan suv to'la bug'ga aylangan. Bu jarayonlarda suv qancha issiqlik miqdori olgan? A) 4,488 MJ B) 5,356Mj C) 5356 MJ D) 53,56 MJ 23. 0°C temperaturadagi 4 kg muzni eritish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo'ladi? A) 132 Mj B) 0,131 J C) 1,32 Mj D) 13,2 MJ 24. Hajmi 1 l bo'lgan plastik idishdagi suv muzlatgichga qo'yilgan. Suv butunlay muzlaguncha o'zidan qancha issiqlik chiqaradi? Suvning dastlabki temperaturasi 10°C bo'lgan. A) 372 J B) 3,72 J C) 380 kJ D) 372 kJ 25. 40°C temperaturadagi 8 kg massali suvga 0°C temperaturali muz solindi. Muz butunlay erib ketishi uchun uning massasi ko'pi bilan qanday bo'lishi kerak? A) 5 kg B ) 4 kg C) 8 kg D) 2 kg 26. Massasi 2 kg, temperaturasi 0°C bo'lgan muz dastlab erishi, so'ng 40°C temperaturagacha isiganda qancha issiqlik miqdori oladi? A) 990 kJ B) 1000 kJ C) 250 kJ D) 996 kJ 27. "Atom" so'zini fanga qaysi olim kiritgan? A) Demokrit B) Aristotel C) Suqrot D) Nyuton 28. Elektrometr qanday asbob? A) Jismlarning elektrlanganligini aniqlaydi. B) Zaryadlarni hosil qiluvchi qurilma. C) Jismlarning elektrlanganlik darajasini ko'rsatadi. D) Barcha javoblar to'g'ri 29. O'tkazgichlar deb nimaga aytiladi? A) O'zidan elektr zaryadini o'tkazmaydigan moddalar B) Dielektriklardan tayyorlangan buyumlar C) t.j.y D) Elektr zaryadini o'tkazuvchi moddalar 30. Quyidagilardan qaysi javobda tabiatdagi elektr hodisalari ko'rsatilgan? A) Yashin B) Momaqaldiroq C) Chaqmoq D) Barchasi 31. "Tok" qanday ma'noni anglatadi? A) oqim B) harakat C) elektr D) zarra 32. O'tkazgichlarda elektr toki vujudga kelishi uchun ................ mavjud bo'lishi kerak. Nuqtalar o'rnini to'ldiring. A) Magnit maydon B) Elektr maydon C) Vakuum D) Maydon 33. Tok manbai qutblaridagi yoki zanjirning biror qismidagi kuchlanish qanday asbobda o'lchanadi? A) Ampermetr B) Barometr C) Voltmetr D) Galvanometr 34. Elektr zanjirdagi lampochkaga parallel ulangan voltmetr 1,5V ni ko'rsatmoqda. Lampochkadan 3,2 C zaryad o'tganda qancha ish bajariladi? A) 3,8 J B) 4,8 J C) 48 J D) 0,48 J 35. Elektr zanjirdagi lampochkaga parallel ulangan voltmetr 3 V ni ko'rsatmoqda. Ma'lum vaqt davomida 36 J ish bajarilishi uchun lampochkadan qancha elektron oqib o'tishi kerak? A) 7,5×10^19 ta B) 75×10^19 ta C) 0,75×10^19 ta D) 7,5×10^18 ta 36. Ipakka ishqalangan shisha tayoqcha o'zidagi 3×10^10 ta elektronni yo'qotsa, u qanday zaryadlanib qoladi? A) 48 nC B) 4,8 pC C) 48 C D) 4,8 nC 37. Elektr kuchlanish formulasini ko'rsating. A) q = N×e B) U = A/q C) A= qU D) q = A/U 38. Qaysi javobda dielektrik ko'rsatilgan? A) Inson tanasi B) Metallar C) distillangan suv D) tuzli suv 39. Elektr tokining mavjudligini qanday aniqlash mumkin? A) issiqlik ta'siriga qarab; B) magnit ta'siriga qarab; C) kimyoviy ta'siriga qarab D) barcha javoblar to'g'ri 40. Izolyator so'zi qanday ma'noni anglatadi? A) yakkalangan B) o'tkazmas C) elektrni payqayman D) t.j.y 41. Jismning ichki energiyasini necha xil usulda o'zgartirish mumkin? A) 3 xil B) 2 xil C) o'zgarmaydi D) 5 xil 42. Issiqlik miqdorining XBS da qabul qilingan birligi? A) joul B) °C C) kg D) J/kg 43. Issiqlik miqdori formulasi to'g'ri berilgan qator. A) E=m×v^2/2 B) E=mgh C) Q=mc(t2-t1) D) A=F×s 44. Qancha massali toshko'mir to'liq yonganda 116 MJ issiqlik miqdori ajraladi? Toshko'mirning solishtirma yonish issiqligi 29 MJ/kg. A) 2 kg B) 4 kg C) 2 g D) 4 g 45. Massasi 150 g suv bug'i suyuqlikka aylanganda qancha issiqlik miqdori ajraladi? Suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,3×10^6 J/kg. A) 350 kJ B) 320 kJ C) 300 kJ D) 345 kJ 46. Erish temperaturasidagi, massasi 2 g bo'lgan qo'rg'oshin bo'lagini eritish uchun qancha issiqlik miqdori kerak? Qo'rg'oshinning solishtirma erish issiqligi 25 kJ/kg. A) 50 J B) 100 J C) 60 J D) 20 J 47. Musbat zaryadlangan jism ... ishora bilan, manfiy zaryadlangan jism ... ishora bilan belgilanadi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring. A) +; + B) +;- C) -;- D) t.j.y 48. O'tkazgichlar elektr tokini qay darajada o'tkazishiga ko'ra necha turga bo'linadi? A) 3 turga B) bo'linmaydi C) 4 turga D) 2 turga 49. O'tkazgich ... zaryad bo'lmaydi. A) sirtida B) tashqarida C) ichida D) t.j.y 50. Turli shakldagi yakka o'tkazgichda zaryad uning sirti bo'ylab qanday taqsimlanadi? A) notekis B) tekis C) teng D) t.j.y Javoblar: 1.C 11.B 21.A 31.A 41.B 2.B 12.A 22.B 32.B 42.A 3.C 13.C 23.C 33.C 43.C 4.A 14.A 24.D 34.B 44.B 5.B 15.D 25.B 35.A 45.D 6.B 16.A 26.D 36.D 46.A 7.A 17.B 27.A 37.B 47.C 8.C 18.A 28.C 38.C 48.D 9.B 19.D 29.D 39.D 49.C 10.A 20.C 30.D 40.A 50.A Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling