Quyidagi savollarga javob bering:
1. Plazmoliz hodisasi qanday hodisa?
Javob:Plazmoliz deb o‘simlik hujayrasidan suvning chiqib ketishi natijasida protoplazmaning hujayra po‘stidan ajralishiga aytiladi.
2. Qachon plazmoliz hodisasi kuzatiladi?
Javob:Agar piyoz epidermasini olib, biror gipertonik eritmaga tushirsak, protoplazma qavati, xujayradan ajraladi, ya’ni hujayra tarkibidagi suvning tashqi eritmaga chiqib ketishi natijasida hujayra suvsizlanadi. Bu holat plazmoliz deb ataladi
3. Plazmolizning qanday formalarini bilasiz va ular bir-biridan qanday farqlanadi?
Javob: Plazmoliz ko‘rinishi jihatidan botiq va qavariq, formalarda bo‘ladi.Hujayraning suvsizlanashi natijasida po‘stdan ajralayotgan protoplazma, ichki qismga botib-botib kiradi. Shuning uchun ham, bu ko‘rinishli plazmolizni, botiq plazmoliz deb ataladi. Oradan ozgina vaqt o‘tishi bilan protoplazma hujayra po‘stidan butunlay ajraladi va u, oval shakldagi ko‘rinishga o‘tadi, bu holatni qavariq plazmoliz deb ataladi
4. Deplazmoliz hodisasi qanday hodisa?
Javob: Agar plazmolizga uchragan hujayrani, gipotonik eritmaga tushirsak aksincha, tashqi eritmadan suvning hujayra ichiga kirishi kuzatiladi. Buning natijasida hujayra yana o‘zining ilgarigi holatiga qaytib keladi, bu holatni deplazmoliz deb ataladi.
5. Hujayrada deplazmoliz sodir bo’lmasligi mumkinmi, qachon?
Javob: Bo'lishi mumkin sababi plazmolizga uchragan hujayra konsentratsiyasi yuqori(gipertonik) bo'lgan eritmaga tushurilsa deplazmoliz sodir bo'lmasligi mumkin.
Xalilov Aziz.
Do'stlaringiz bilan baham: |