1-Plitalarni dinamikasi 2-Plitalarni nazariyasi asoslari


Download 22.33 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi22.33 Kb.
#1373088
Bog'liq
pilitalar


Reja
1-Plitalarni dinamikasi
2-Plitalarni nazariyasi asoslari
3-Plitalarni turlari

Yerning relyefi


Tektonik plitalarning bir-biri bilan harakati va o'zaro ta'siri quruqlik relefi va okean tubini modellashtiradi. And va Appalachi singari buyuk kontinental tog 'tizmalari tektonik plitalarning subduktsiya bilan, Himoloy toglari esa obduktsiya bilan yaqinlashishi mahsulidir.
O'z navbatida, izostatik yoki tortishish muvozanati tufayli bir maydon ko'tarilganda boshqasi depressiya yoki tekislik shaklida hosil bo'ladi. Diastrofik jarayonlar, masalan, yoriqlar, katlama va boshqalar tektonik plitalarning harakatlari natijasida yuzaga keladi.seysmik faollik
Tektonik plitalarning to'qnashuvi va ayniqsa transformatsiya chegaralari seysmik harakatlarni yoki zilzilalarni keltirib chiqaradi. Ulardan ba'zilari katta hajmga ega bo'lib, odamlarga salbiy ta'sir ko'rsatib, infratuzilmani buzadi va odamlarning o'limiga sabab bo'ladi.
Plitalar tektonikasi Sirti qattiq bo‘lgan sayyoralar o‘z tadrijiy rivojlanish yo‘nalishi mobaynida qattiq qizish jarayonini boshdan kechiradi. Gaz-chang buluti nazariyasiga ko‘ra, qattiq sayyoralarning qizish davridagi issiqlik energiyasining asosiy qismi ularning sirtiga turli kosmik jismlarning katta tezlikda kelib urilishi evaziga hosil qilinadi. Bunda sayyora sirtiga kelib uriluvchi kosmik jismlarning qulash tezligi shu darajada katta bo‘ladiki (soniyasiga bir necha kilometr), kelib urilgan obyektning barcha kinetik energiyasi bir zumda issiqlik energiyasiga aylanib ketadi. Chunki bunda, harakat tezligi to‘qnashuv paytida bir lahzaning o‘zida keskin ravishda, nolgacha tushib ketadi. Bunday ulkan miqdordagi issiqlik energiyasi Quyosh tizimining barcha ichki sayyoralari - Merkuriy, Venera, Yer va Mars uchun to‘liq yoki, qisman parchalanib ketishga yetarli bo‘lmagan bo‘lsa-da, biroq, qattiq qizib, nisbatan yumshoq holga kelishi uchun kifoya qilgan. Qattiq qizish jarayonida esa, sayyora tarkibini hosil qilgan moddalarning nisbatan zichligi katta va og‘irroqlari sayyora markaziga cho‘kib borib yadro hosil qilgan bo‘lsa, zichligi kamroq va yengilroq moddalardan iborat jinslar esa, aksincha, yuzaga qalqib chiqib, qobiq qatlam hosil qilgan. Qattiq sayyoralarning barchasi o‘z tarixida ushbu jarayonni boshdan kechirgan bo‘lib, ilm-fanda magma differensiatsiyasi deb nomlanuvchi mazkur jarayon orqali Yer sayyorasining ichki tuzilishi ham tushuntiriladi.
Kosmik jismlarning kelib urilishidan hosil bo‘lgan issiqlik miqdorini kichik sayyoralar o‘zida uzoq tutib tura olmagan. Merkuriy va Marsda, shuningdek Oyda ushbu issiqlik energiyasi vaqt o‘tishi bilan asta-sekinlikda koinotga tarqab ketgan. Keyinchalik ushbu sayyoralar yana qattiq holga kelib, keyingi milliardlab yillar davomida o‘ta past geologik faollikni namoyon qilgan. Yer va Veneraning rivojlanishi esa boshqacharoq kechgan. Ichki sayyoralar ichida eng kattasi Yerdir. Yer, shuningdek Venera ham o‘sha issiqlik energiyasining juda katta zaxirasini o‘zida saqlab qolgan. Sayyora qanchalik katta bo‘lsa, uning sirtining hajmiga bo‘lgan nisbati shunchalik kichik bo‘ladi va natijada, sirtdan tarqalib ketadigan energiya miqdori ham shunga mutanosib kam bo‘ladi. Shunga ko‘ra, Yer boshqa sayyoralarga qaraganda sekinroq sovigan va issiqlik energiyasini kamroq yo‘qotgan.
Bundan tashqari, Yer ichki qatlamlari shakllanish bosqichida unda yig‘ilib qolgan radioaktiv elementlarning parchalanish jarayoni jadal davom etgan. Bu jarayon ham sayyoramizning ichki issiqlik energiyasini yanada ortishiga xizmat qilgan. Shu tarzda, uzoq o‘tmishda Yer sharsimon ulkan pechga aylangan. Hozirda ham ona sayyoramizni shunday tasavvur qilish mumkin. Yer ichkarisida uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo‘lib turadi va u sirtga chiqib, koinotga tarqalib turadi. Yer yadrosi va qobig‘i oralig‘ida mantiya qatlami joylashgan bo‘lib, ushbu qatlam Yer sirtidan ba'zi joylarda 10 km, ba'zi joylarda esa 2900 km pastda joylashadi. Yadrodan ajralib chiqayotgan issiqlik mantiya orqali o‘tib uning harakatlanib turishini ta'minlaydi. Mantiyaning eng chuqur qatlamlaridan, ya'ni, yadroga yaqin joylashgan qismlaridan ulkan haroratli qaynoq modda yuqoriga ko‘tariladi. Ushbu qaynoq modda mantiya sirtiga, Yer qobig‘iga yaqinlashgan sayin sovib, og‘irlashadi va yana asta sekinlik bilan pastga cho‘kib, yana qizigan qaynoq moddalar bilan aralashadi. Shu tarzda, konvektiv yacheyka deb nomlanuvchi jarayon uzluksiz sodir bo‘lib turadi.
Soddaroq tasavvur qilish uchun mantiya jinslari xuddi qaynayotgan choynakda choy varaqlab qaynab turganidek bilqillab qaynab turishini ko‘z oldingizga keltirishingiz mumkin. har ikkala holatda ham, ya'ni, choynakda suv qaynashida ham, mantiyaning qizishida ham issiqlik konveksiya jarayoni orqali tashiladi va uzatiladi. Geologlarning hisob-kitobiga ko‘ra, Yer mantiyasida konvektiv jarayon to‘liq yakun topishi uchun bir necha million yillar kerak bo‘ladi. Ya'ni, million yillar mobaynida mantiya yadro issiqligini yuzaga tashib chiqarib, sirtga va sirt orqali ochiq koinotga taratib tugatadi. Million yil - odam hayotiga nisbatan taqqoslaganda juda katta vaqtdir. Biroq, ayrim moddalarning vaqt o‘tishi bilan deformatsiyalanishini olimlar allaqachon qayd etishgan. Chunonchi, o‘rta asrlarda barpo qilingan ko‘plab qasrlar va qo‘rg‘onlarning shisha oynalarining pastki qismi yuqorisiga nisbatan qalinroq bo‘lib qolgan. Chunki, shisha Yer tortish kuchi ta'sirida juda sekinlik bilan pastga to‘planib, yig‘ilib, qalinlashib borgan. Agar bir necha yuz yillik mobaynida qattiq shisha bilan shunday hol yuz berganini ko‘rsak, demak, millionlab yillar mobaynida mantiya jinslari bilan ham shunga o‘xshash jarayon yuz berishini taxmin qilish mumkin.
Yer mantiyasining konvektiv yacheykalarining sirtida Yer qobig‘ini tashkil qiluvchi sayyoramiz sirtining qattiq qatlami suzib yuradi. Ushbu qatlamlarni ilm-fanda tektonik plitalar deb yuritiladi. Tektonik plitalar asosan bazaltdan iborat bo‘ladi. Tektonik plitalarning qalinligi 10-120 km atrofida bo‘lib, qisman erigan mantiya ustida suzib-harakatlanib turadi. Granit singari nisbatan yengil jinslardan tashkil topgan materiklar tektonik plitalarning eng yuqori yuza qatlamini tashkil qiladi. Aksariyat hollarda, materiklar ostidagi plitalarning qalinligi, okeanlar ostidagi plitalar qalinligidan kattaroq bo‘ladi. Yer ichkarisida muttasil sodir bo‘lib turuvchi murakkab jarayonlar ta'sirida tektonik plitalar o‘z joyidan ko‘chib, siljib, qo‘zg‘alib turadi. Ushbu siljishlar natijasida tektonik plitalardan birining ikkinchisi bilan to‘qnashuvi, yoki, o‘zaro ishqalanishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon tufayli yangi plitalar hosil bo‘lishi va eskizlari yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Tektonik plitalarning ayni shu uzluksiz harakati tufayli, Yer sayyorasi sirti doimiy dinamika namoyon qilib, muttasil o‘zgarishlarga yuz tutib boradi.
Shu o‘rinda, "plita" va "materik" tushunchalari bir narsa emas, balki, mohiyatan boshqa-boshqa tushunchalar ekanini anglab olish lozim. Masalam, Shimoliy Amerika tektonik plitasi Atlantika okeani o‘rtalaridan boshlanib, Shimoliy Amerika qit'asining shimoliy-g‘arbiy qirg‘oqlarida tugaydi. Ushbu plitaning ma'lum qismi Atlantika okeani tubida, ya'ni, suv bilan qoplangan bo‘lsa, qolgan qismini Shimoliy Amerika qit'asidan iborat quruqlik tashkil qiladi. Turkiya va Yaqin Sharq mintaqasi joylashgan Onado‘li (Anatoliya) plitasi to‘liq quruqlik ostida joylashgandir. Tinch okeani plitasi esa, to‘laligicha okean ostida joylashgan. Ya'ni, tektonik plitalarning chegaralari va materiklarning qirg‘oqlari har doim ham mos tushavermaydi. Aytgancha, "Tektonika" so‘zining o‘zi yunon tilidagi "tekton", ya'ni, "quruvchi" ma'nosini anglatadi. Ushbu so‘z qurilish bilan bog‘liq yana bir atama - "arxitektor" so‘zi bilan o‘zakdoshdir. Ya'ni, tektonika, materiklarning hosil bo‘lishi va tartiblanishini, qisqa qilib aytganda, global miqyosda yer sirtining shakllanishini (qurilishini) nazarda tutadi.
Plitalar tektonikasi ikkita plita o‘zaro chegaralanadigan hududlarda yaqqol sezish va o‘rganish mumkin. Plitalar chegarasi esa uch xil bo‘ladi.
Divergent chegaralar.
Atlantika okeani o‘rtasida mantiya ichkarisida shakllangan qaynoq erigan magma yuzga sizib chiqib turadi. U yuzaga chiqib borgan sari, bir-biridan uzilayotgan plitalar orasida hosil bo‘layotgan yoriqni to‘ldirib boradi. Bu joyda okean tubi asta-sekinlik bilan kengayib bormoqda va Yevropa bilan Shimoliy Amerika qit'alari o‘zaro uzoqlashmoqda. Uzoqlashish yoiga bir necha santimetrni tashkil etadi. Uzoqlashish jarayonining tezligini har ikkala qit'alarda joylashgan radioteleskoplar vositasida, olis koinotda joylashgan kvazarlardan kelayotgan signallarning tutish vaqtini taqqoslash asnosida payqab qolishgan.
Agar divergent chegara okean tubida joylashgan bo‘lsa, plitalar bir-biridan uzoqlashish joyida orta-okean tizmasi paydo bo‘ladi. Bu tizmaning asosini yoriqdan yuqoriga ko‘tarilib chiqib to‘plangan magmatik jinslar tashkil qiladi. Yerdagi eng uzun tog‘ tizmasi o‘rta-Atlantika tizmasi bo‘lib, u shimolda Islandiya oroli yaqinidan boshlanib, janubda Folklend orollarigacha cho‘zilgan. Agar divergent chegara materik ostida joylashgan bo‘lsa, u materikni asta-sekinlik bilan yorib chiqib, uni ikki yoki undan ortiq qismlarga bo‘lib yuboradi. Shunday jarayon bizning davrimizda Iordaniyadan boshlab sharqiy Afrika hududigacha cho‘zilgan Buyuk yoriqlar vodiysi hududida davom etmoqda.
Konvergent chegaralar.
Agar divergent chegaralarda yangi qobiq paydo bo‘layotgan bo‘lsa, unda qayerdadir boshqa bir joyda qobiq parchalanib, yo‘qolib borayotgan bo‘ladi. Aks holda Yer o‘lchamlari ortib borgan bo‘lardi. Ikkita tektonik plita o‘zaro to‘qnashganida ulardan biri ikkinchisining tagiga kirib ketadi. Bu jarayon geologiyada subdiksiya deb yuritiladi. Bunda, pastda qolgan plita mantiyaga botib boradi. Subdiksiya hududi ustida nima yuz berishi esa, plitalar chegarasining okean yoki, materik ostida joylashganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar subdiksiya hududi okean ostida bo‘lsa, unda subdiksiya natijasida ulkan va chuqur o‘rta-okean botiqligi yuzaga keladi. Bunday joyga misol tariqasida, Yerdagi eng chuqur joy - Tinch okeanidagi Marianna botig‘ini ko‘rsatish mumkin. Pastda qolgan plitani tashkil qiluvchi moddalar mantiya bo‘ylab ancha chuqur kirib borishi va o‘sha joyda issiqlik ta'sirida erib yana yuqori ko‘tarilishi mumkin. Bunda hollarda plitalar to‘qnashgan joyda vulqonlar tizmalari paydo bo‘ladi. Masalan, Karib havzasi sharqida joylashgan vulqon tizmalari shunday shakllangan.
Agar konvegrent chegaralarning har ikkala tarafi materiklar tagida joylashgan bo‘lsa, ularning to‘qnashishi natijasi tamomila boshqacha bo‘ladi. Materik qobiqlari nisbatan yengil jinslardan tuzilgan bo‘lib, chegaradosh plitalarning har ikkalasi ham subdiksiya hududi ustida qalqib turadi. Bunda plitalardan biri ikkinchisining tagiga kirib borgani sababli, ikkala plita to‘qnashganda ularning chegarasi yo‘q bo‘lib ketadi. Natijada materiklarda ulkan tog‘ tizmalari paydo bo‘ladi. Bundan taxminan 50 million yillar muqaddam Hindiston plitasi Yevroosiyo plitasi bilan to‘qnashishi natijasida Himolay tog‘lari paydo bo‘lgan. Shunga o‘xshash jarayon natijasida, aniqrog‘i, Italiyaning Yevropa bilan birlashishi sodir bo‘lganda, qachonlardir Alp tog‘lari paydo bo‘lgan. Ural tog‘larini esa, Yevropa va Osiyo qit'alarini birlashtirib turuvchi "payvand choki" deb yuritiladi va u Osiyo va Yevropa plitalarining to‘qnashuvidan yuzaga kelgan.
Agar materik faqat bitta tektonik plita ustida joylashgan bo‘lsa, unda subdiksiya hududi ustida burma va yotqiziqlar paydo bo‘ladi. Masalan, Janubiy Amerikaning g‘arbiy sohillarini egallagan And tizmalari shu tarzda yuzaga kelgan. Bu tizmalar Janubiy Amerika plitasi o‘z ostiga kirib ketgan Naska plitasining ustiga minib chiqishidan yuzaga kelgan.
Transformer chegaralar.
Ba'zan shunday bo‘ladiki, ikki qo‘shni plitalar na o‘zaro to‘qnashmaydi va na uzoqlashmaydi. Ular vaqti-vaqti bilan o‘zaro ishqalanib turadi. Bunday chegaralarga eng yorqin misol bu - Kaliforniyadagi San-Andre yoriqligidir. Bu joyda Tinch okeani plitasi va Shimoliy Amerika plitasi bir-biriga ishqalanadi. Transform chegaralashgan plitalar vaqtincha to‘qnashadi (ishqalanadi) va yana o‘z joyiga qaytadi. Bu ishqalanish oqibatida katta miqdorlarda energiya ajralib chiqadi va transform chegaralashgan har ikkala plita yuzasida zilzilalar sodir bo‘ladi.
Maqola so‘ngida shunga urg‘u bermoqchimanki, garchi, plitalar tektonikasi tushunchasi materiklarining harakatlanishi jarayonini ham o‘z ichiga qamrab olsa-da, biroq, bu tushuncha bilan materiklar dreyfi tushunchasini chalkashtirmaslik zarur. Hozirda materiklar dreyfi nazariyasi ko‘plab olimlar tomonidan inkor etilgan bo‘lib, ushbu nazariyada anchagina nazariy va amaliy nuqsonlar mavjud edi. Hozirda tan olingan plitalar tektonikasi nazariyasi o‘z tarkibida o‘sha materiklar dreyfi nazariyasidan ayrim jihatlarni namoyon qilsa-da, hozirgi plitalar tektonikasining nazariyasining o‘zi ham XX-asr boshidagi holatidan tubdan farq qiladi. Eslatib o‘tmoqchimanki, avvaliga materiklar dreyfi nazariyasi, keyin esa plitalar tektonikasi nazariyasi ham bir paytlar inkor etilgan edi. Lekin, hozirda tektonika nazariyasi yana tan olingan. Balki qachonlardir kelib, geofiziklar har ikkala nazariyani, ya'ni, materiklar dreyfi va plitalar tektonikasi nazariyalarini uyg‘un holda umumlashtiruvchi yanada ko‘rkam nazariyani barpo etishar. Axir, ilm-fan hech qachon o‘z joyida q tektonik plitalar yoki litosfera - bu litosfera bo'linadigan bloklar yoki bo'laklar bo'lib, ular er mantiyasi tomonidan sudralib harakatlanadi. Ushbu plitalar so'nggi 3 milliard yildan beri mantiyadan hosil bo'lgan va doimiy jarayonda unga qo'shilgan.
Vegener (kontinental drift) va Gess (okean tubining kengayishi) nazariyalaridan plastinka tektonikasi nazariyasi birlashtirildi. Ushbu nazariya tektonik plitalarning ikkita asosiy turi - okeanik va kontinental mavjudligini postulat qiladi.otib tur
Litosfera turli o'lchamdagi bir necha o'nlab tektonik plitalarga ega va eng kattalari 8 ta: Evroosiyo, Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Nazka, Tinch okeani va Antarktika. Ushbu plitalar mantiya va litosfera dinamikasi tufayli, issiqlik oqimi natijasida hosil bo'lgan konveksiya oqimlari tufayli harakatlanadi.maydi. Unutmang, ilm - taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchdir!
Mantiya oqimining tarangligi qattiq qobiqni sudrab boradi, u yorilib ajralib chiqadi va plitalarni hosil qiladi. Okean plitalari ajralib chiqqanda, magma (eritilgan bazalt) yuzaga chiqib, yangi okean tubi hosil bo'ladi.
Plitalar nazariyasining kelib chiqishi
Nazariya dastlab Alfred Vegenerning 1915 yilda kontinental drift bo'yicha takliflari bilan yuzaga keladi. Wegener barcha qit'alar birlashib, so'ngra bo'linib, ajralib, to'qnashgan deb taxmin qildi.
Vegener o'z xulosalarini materiklarning geologiyasi va konturlarini, shuningdek, hayvonot va o'simlik dunyosi qoldiqlarining tarqalishi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'rganib chiqdi. Masalan, Janubiy Amerikaning sharqiy chekkasini va Afrikaning g'arbiy qirg'og'ini taqqoslaganda, ular jumboqning ikkita bo'lagi singari bir-biriga mos tushganligi qayd etilgan. Keyinchalik, 1960 yilda Garri Xess plastinka tektonikasi mexanizmiga izoh berib, okean tubining kengayishi nazariyasini taklif qildi. Keyinchalik, nazariya Jon Tuzo Uilsonning okean tubini kengaytirish bo'yicha asarlari va Jeyson Morganning 1963 yilda mantiya patlari borligi haqidagi takliflari bilan mustahkamlandi. Er qobig'i va mantiya tarkibi va dinamikasi bo'yicha to'plangan dalillar sifatida plastinka tektonikasi nazariyasi birlashtirildi
Yerning shakllanishi
Yer Quyosh tizimining bir qismi sifatida tortishish kuchi ta'sirida bo'lgan aylanadigan kosmik changning kondensatsiyasi jarayonida paydo bo'lgan. Ushbu chang massasi yuqori haroratga duch kelgan va u soviganida uning zichligi va tortish kuchi oshgan.
Ushbu jarayon unga hozirgi yumaloq shaklini berdi, Ekvatorda bo'rtib chiqdi va qutblarga tekislandi (oblat sferoid).
Qatlamlar
Gravitatsiyaviy tortishish eng zich materiallar markazga, eng kam esa tashqi tomonga to'g'ri kelishini aniqladi. Ushbu geoidning tashqaridan ichkariga sovishi differentsiallangan konsentrik qatlamlarda strukturani aniqladi. 4.4 milliard yil oldin soviganida tashqi qavat qotib, nisbatan ingichka (5-70 km) silikatlardan tashkil topgan po'stlog'ini hosil qildi. Materik qobig'ining zichligi okean qobig'ining zichligidan kam.
Qobiq ostida mantiya deb nomlangan taxminan 2855 km uzunlikdagi yopishqoq qatlam va nihoyat asosan temirdan hosil bo'lgan akkor yadro mavjud. Diametri taxminan 3,481 km bo'lgan bu yadro ikki qatlamga bo'linadi: qattiq temir va nikelning ichki yadrosi va tashqi suyuqlik yaPlitalar tektonikasini harakatga keltiruvchi qatlamlar va kuchlarning mexanik xususiyatlari
Plitalar tektonik mexanikasi nuqtai nazaridan eng muhim qatlamlar - bu yer qobig'i va mantiya.
Qisqichbaqasimon qatlam bo'lsa ham, mantiyaning yuqori qatlami bilan litosferani hosil qiladi. Tektonik plitalar deb ataladigan turli o'lchamdagi bo'laklarga yoki plitalarga bo'linadi.
Astenosfera
Mantiya o'z navbatida yuqori va pastki mantiyadan iborat ikki xil qatlamdan iborat. Yuqori mantiya kamroq yopishqoq, ammo suyuq, pastki (yuqori bosim va harorat ta'sirida) ko'proq yopishqoq.
Mantiyaning yuqori qatlami astenosfera deb ataladi va litosfera bilan bevosita aloqada bo'lib, muhim rol o'ynaydi. Astenosfera tektonik plitalarning harakatini, ya'ni materikning siljishini keltirib chiqaradi va tizmalarda yangi okean tubini hosil qiladi.
Boshqa tomondan, u mantiya tuklari tufayli qobiq ostida issiq joylarni yoki magma to'planish joylarini hosil qiladi. Bu magmanın vertikal kanallari bo'lib, ular astenosferadan er qobig'igacha etib boradi.drosi.
Jarayon omillari va kuchlari
Sayyorani tashkil etuvchi materiallarning zichligi va tortishish kuchi qatlamlardagi joylashishni aniqladi. Yer ichidagi ortib borayotgan bosim va harorat bu qatlamlarning mexanik xususiyatlarini, ya'ni ularning qattiqligi yoki suyuqligini aniqlaydi.
Boshqa tomondan, Yer ichidagi materiallarning harakatlanishiga yordam beradigan kuchlar termal oqim va tortishishdir. Xususan konvektsion issiqlik uzatish plastinka tektonik harakatini tushunishning kalitidir.
Konvektsiya mantiya materiyasining aylanishi bilan namoyon bo'ladi, u erda iliqroq pastki qatlamlar ko'tarilib, tushadigan sovuqroq yuqori qatlamlarni siqib chiqaradi. Ko'tarilgan qatlamlar issiqlikni yo'qotadi, tushganlar esa haroratni oshiradi va shu bilan tsiklni boshqaradi.
Okean tizmalari
Chuqur okeanning ma'lum hududlarida plitalarning yorilishi sodir bo'lgan hududlar bo'lgan vulqon tog 'tizmalari mavjud. Ushbu yoriqlar astenosfera tomonidan itarilgan litosfera harakati natijasida hosil bo'lgan stresslar natijasida hosil bo'ladi.
Yopishqoq mantiyaning oqimi qattiq po'stloqni ta'kidlaydi va tektonik plitalarni ajratib turadi. Okean tizmalari deb ataladigan bu joylarda eritilgan bazalt ichki bosim va yangi okean tubini tashkil etuvchi qobiq orqali chiqib ketish tufayli ko'tariladi.
Tektonik plitalarning turlari
Tektonik plitalar asosan ikki xil, okeanik va kontinental bo'lib, plitalar orasidagi konvergent chegaralarning uchta imkoniyatini yaratadi. Bular kontinental plastinkaning okeanga, okeanikaning boshqa okeanikka va kontinentalning boshqa kontinentalga yaqinlashishi.
Okean plitalari
Ular okean po'stlog'idan hosil bo'lgan (materik qobig'idan zichroq) va temir va magniy silikatlaridan (mafik jinslar) iborat. Ushbu plitalarning qobig'i materik qobig'iga nisbatan kamroq qalinroq (o'rtacha 7 km) va har doim dengiz suvlari bilan qoplanadi.
Kontinental plitalar
Kontinental qobiq natriy, kaliy va alyuminiy silikatlar (felsik jinslar) tomonidan hosil bo'lib, zichligi okean qobig'idan pastroq. Bu tog' tizmalarida qalinligi 70 km ga etadigan qalinroq qobig'i bo'lgan plastinka.
Bu chindan ham aralash plastinka bo'lib, unda kontinental qobiq ustunlik qilsa ham, okean qismlari ham mavjud. Dunyoning tektonik plitalari An'anaga ko'ra Evrosiyo, Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Tinch okeani va Antarktida bo'lgan 7 ta katta tektonik plitalar tan olinadi. Xuddi shunday, Nazka, Filippin, Koko va Karib dengizi va boshqa juda kichik plitalar kabi oraliq plitalar mavjud.
Kichik o'lchamlarning bir qismi Anadolu va Egey dengiziga tegishli bo'lib, faqat g'arbiy Tinch okeanida 20 dan ortiq kichik tektonik plitalar joylashgan.
Evroosiyo plitasi
Ushbu tektonik plita Evropani, deyarli butun Osiyoni, Shimoliy Atlantika okeanining bir qismini va Arktikani o'z ichiga oladi. Osiyo Hindustan, Janubi-Sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqiy Sibir, Mo'g'uliston va Xitoyni o'z ichiga olmaydi.
Bu asosan g'arbiy Atlantika tizmasida chegaralari turlicha bo'lgan kontinental tektonik plita. Janubda esa Afrika, Arabiston va Hindiston plitalari, sharqda esa turli xil kichik kontinental plitalar bilan konvergent chegarani taqdim etadi.
Afrika plitasi
U sharqiy Atlantika va deyarli butun Afrika qit'asini qamrab oladi, faqat uning sharqiy tasmasi bundan mustasno, bu Arab va Somali plitalariga to'g'ri keladi. Ushbu plastinkaning chegaralari uning perimetri bo'ylab farq qiladi, faqat uning konvergent bo'lgan Evroosiyo plitasi bilan aloqasi bundan mustasno.
Avstraliya plitasi
Avstraliya tektonik plitasiga Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tinch okeanining janubi-g'arbiy qismlari kiradi. Avstraliya plitasi janubiy va g'arbiy yo'nalishlarda, shimoliy va sharqda uning chegaralari yaqinlashuvchi chegaralarni ko'rsatadi.
Shimoliy Amerika plitasi
U Yukatan yarim oroliga qadar butun Shimoliy Amerika subkontinenti, Grenlandiya, Islandiyaning bir qismi, shimoliy Atlantika va Arktikaning g'arbiy qismlarini o'z ichiga oladi. Ushbu plastinkaning chegaralari Atlantika tizmasidan sharqqa qarab farq qiladi va Tinch okeanida yaqinlashadi.
Ayni paytda, Tinch okeanining qirg'og'ida, u o'zgaruvchan chegaralari bo'lgan ikkita kichik plitalar bilan o'zaro ta'sir qiladi (Koko va Xuan de Fuka).
Janubiy Amerika plitasi
U xuddi shu nomdagi subkontinenni o'z ichiga oladi va Atlantika tizmasidan farq qiluvchi chegaralarga ega. G'arbiy tomonda u Nazka plitasi bilan yaqinlashuvchi chegaralarni, Antarktida bilan janubi-g'arbda va shimolda Karib dengizi bilan o'zaro ta'sir qiladi.
Tinch okeani plitasi
Bu okean plitasi bo'lib, uni Tinch okean tizmasidan ajralib turuvchi chegaralari bilan Nazka plitasidan ajratib turadi. Boshqa tomondan, shimoliy va g'arbiy qismida Shimoliy Amerika, Evroosiyo, Filippin va Avstraliya plitalari bilan yaqinlashuvchi chegaralar mavjud.
Antarktika plitasi
Ushbu tektonik plita butun Antarktika kontinental shelfini va shu nomdagi okeanni o'z ichiga oladi, uning perimetri bo'yicha divergent chegaralar mavjud.
Nazka plitasi
U Janubiy Amerika plitasining g'arbiy qirg'og'iga (konvergentsiya) tushadigan okean plitasidan iborat. U shimolga Koko plitasi bilan, janubga Antarktida bilan ajralib turadi.
Boshqa tomondan, g'arbda u Tinch okean plitasidan tizmasidan ajralib chiqadi va Janubiy Amerika plitasi bilan to'qnashishi natijasida And tog 'tizmasi paydo bo'ldi.
Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling