1. Polimerlar haqida umumiy tushuncha
Download 54.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqPolimerlar va plastmassa buyumlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Polimerlar haqida umumiy tushuncha
Polimerlar va plastmassa buyumlar Reja: 1.Polimerlar haqida umumiy tushuncha 2.Polimerizatsion plastmassalar 3.Polikondensatsion plastmassalar 4.Plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish usullari 5.Plastmassa tovarlarining assortimenti 1.Polimerlar haqida umumiy tushuncha Plastmassa-plastik (yunon kayishkok) va massa (lot.yumaloklangan narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bosim va qizdirish natijasida muayyan sharoitda shaklga aylanib, sovugandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaytolmas edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan plastmasslar ham ixtiro qilindi. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa selloidni 1856 yil ingliz kimyogari Aleksandr Parkez ixtiro qilgan. Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlarga bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan,polietilen,polivenilxlorid, polistirollar) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida shaklini o‘zgartiradi, ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash mumkin. reaktoplastlarning (masalan,aminoplast va ftoroplastlar) molekulalari tursamon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi. Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha boshqa materiallardan qolishmasligi sababli ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarilayotgan materiallarning 20 foizini plastmassa tashkil qiladi. Lekin ular parchalanmasligi tufayli atrof-muhitni ifloslaydi, o‘simliklar tomirlarini oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi uchun organizmga zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan “O‘zitalplast” turli xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi : polimerizatsion xamda polikondensatsion qatronlar va tabiiy polimerlar asosida olinadigan plastmassalar. 2.Polimerizatsion plastmassalar Polimerizatsiya deb, to‘yinmagan past molekulali organik moddalardan to‘yingan yuqori molekulali organik moddalar olish jarayoniga aytiladi. Polimerizatsion plastmasslar tarkibiga qarab olti guruhga bo‘linadi: poliolifenlar, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilad, teflon va SFD plastmassasi. Poliolifenlar, Bu guruhga polietilen, polipropelin va sevilinlar kiradi. Polietilen dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan plastmassalarning 23 foizini tashkil qiladi. Rangi sadafsimon oq, ushlab ko‘rganda oq mumni eslatadi. Yoqqanda tomchilab erib yonadi. Issiqligida ipga o‘xshab cho‘ziladi. Yonayotganda alangasining ostki qismi ko‘k rangda bo‘ladi. Polietilen ikki usulda ishlab chiqariladi: past va yuqori bosimda. Past bosimda (350 KP) polietilen uchun etan alyumin yoki to‘rt xlor titan kabi katolizatorlar ta’sirida olinadi. Bu usulda polietilen birinchi bor 1953 yil nemis olimi Karl Sigler tomnodan tayyorlangan. Bunday katolizatorlar zaharli bo‘lganligi sababli past bosimda ishlab chiqarilgan polietilenlardan faqat oziq-ovqat uchun ishlatilmaydigan idishlar va suv quvurlari tayyorlanadi. Yuqori bosimli (350 MP) polietilen yupqa plyonka shaklida ishlab chiqariladi. Bu usulni birinchi bor 1936 yil olim A.I. Densis ixtiro qilgan. Plyonkalar suv va havo o‘tkazmasligi hamda tiniq bo‘lganligi sababli tovarlarni o‘rash-joylash va issiq xonalarning ustini yopishda ishlatiladi. Polietilenning katta kamchiligi yog‘lik moddalarni elektrostatik kuchlari ta’sirida shimishi va tiniqligi pastligidir. Kelgusida polietilen o‘rnini yog‘ moddalarin kamroq shimadigan polipropelin va etilen bilan venilatsetatni qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olingan yuqori tiniqlikka ega bo‘lgan sevilin egallaydi. Polivinilxlorid. Bu dunyoda ishlab chiqarilayotganplastmassalarning 24 foizini tashkil etadi. Polivinilxlorid yarim tiniq bo‘lib, tutab yonadi. Alangasining pastki qismi yashil rangda. U tovar ishlab chiqarishda olti xil holatda ishlatiladi: 1. Qayishqoq parda. Trinolilfosfad bilan yumshatish orqali olinadi. Elektr simlar izolyatsiyasi uchun, suv shlanga, izolyatsiya lentasi va dala plashlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. 2. Yupqa parda. Kamfara bilan yumshatish natijasida olinadi. Metellarni zanglashdan saqlash maqsadida qoplama shaklida va yuviladigan gul qog‘ozlarning sirtini qoplash uchun ishlatiladi. 3. Yumshatilmagan polivinilxlorid. Eritma pishloqlar upakovkasi, bolalar vannasi, santexnika siyfonlari va attorlik buyumlariishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 4. Saran-vinilxlorid va vinilidenxloridning qo‘shma polimerizatsiya qilish natijasida olinadigan, issiqlikda kirishadigan plastmassa. Plyonka shaklida muzlatilgan parrandalarni qadoqlashda foydalaniladi. 5. Qatlamli plastiklar. Bularga getinaks va pavinol misol bo‘ladi. Getinaks qog‘ozni polivinilxlorid qatroniga shimdirish yo‘li bilan taxta shaklida olinib, oshxona stollari ustini qoplash uchun ishlatiladi. Pavinol deb, ustki qismi polivinilxlorid qatroni bilan qoplangan gazlama asosli sun’iy charmga aytiladi. 6. Xlorin-polivinilxlorid qatronlari asosida olingan tola bo‘lib, harakat davrida manfiy zaryadlangan elektronlar nurlanishi sababli undan radikulet va revmatizmga duchor bo‘lgan kasallarga mo‘ljallangan belbog‘ hamda paypoqlar ishlab chiqariladi. Polistirol. Bu plastmassa stirol va butadiyenning qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan plastmassalar hajmining 13 foizini tashkil qiladi. U tutab yonib, ip bo‘lib cho‘ziladi. Tovar ishlab chiqarishda to‘rt ko‘rinishda ishlatiladi. Mo‘rt polistirol. Boshqa plastmassalardan tiniqligi va chertganda jarangli tovush chiqarishi bilan ajralib turishi sabayuli billursimon ishlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Penopolistirol. Polistirol qatronini ko‘piktirish yo‘li bilan olinib, elektr sovitkichlarni termoizolyatsiyasi uchun va nooziq texnik murakkab tovarlarni joylashda ishlatiladi. ABS plastmassasi. Akrinolitril butadiyen va stirol qatronlaridan qo‘shma polimerizatsiya yo‘li bilan olinib , zarbaga chidamli bo‘lganligi sababli elektr sovitkichlarni ichki kamerasi uchun va to‘rsimon idishlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. 4.MSN plastmassasi. Metilmetakrilat ,stirol va akrilonitril qatronlarini qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinib , tiniq va egiluvchan bo‘lganligi uchun undan turli attorlik buyumlari ishlab chiqariladi. Polimetilmetakrilat. Bu plastmassa tiniqligi, ma’lum darajada qattiqligi, chertganda jarangsiz tovush chiqarishi va tutunsiz chirsillab yonishi bilan boshqalaridan farq qiladi. Yuqori tiniqlikka ega bo‘lganligi sababli xalq orasida organik shisha deb ataladi. Undan billurga o‘xshash qandillar hamda non idishlari, jadvallar va yozuv stoli uchun «oynalar” ishlab chiqariladi. Ammo, qattiqligi yuqori bo‘lmaganligi tufayli, undan tayyorlangan buyumlar sirtida ishlatish davrida mayda chiziqchalar paydo bo‘lib ancha xiralashib qoladi. Teflon. Bu plastmassa yonmasligi, ishqor va kislotalarga bardosh bera olganligi uchun organik platina deb ataladi. Uni tovarlarning ichini qoplashda ishlatiladi. Bunday tovarda masalliqni yog‘siz qovurish mumkin. 3.Polikondensatsion plastmassalar Polikondensatsiya deb, to‘yingan turli uglevodlarni birikishi natijasida yuqori molekulali organik moda va qo‘shimcha moddalar, masalan, suv hosil bo‘lish reaksiyasiga aytiladi. Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo‘linadi: Fenoplastlar. Bular fenol va formaldegidni qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida olinadi. Fenoplastlar yonmaydi, ammo issiqlik ta’sirida zaharli fenol chiqaradi. Halq xo‘jaligida ikki holatda ishlatiladi: 1. Karbolit, Fenoformaldegid qatroniga bo‘r va to‘yilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Bundan akkumlyatorlar idishi ishlab chiqariladi. 2. Getinaks. Qog‘oz varaqlarini fenolformadegid qatroniga shimdirish yo‘li bilan olinadi va texnik murakkab tovarlarning ba’zi qismlari uchun ishlatiladi. Aminoplastlar. Bular melamin va formaldegidni qo‘shma polimerizatsiyasi natijasida hosil qilinadi. Yonmaydigan va bezarar plastmassa bo‘lib, uni ishlab chiqarishni o‘tgan asrning 20-yillarda jahonda birinchi bor avstriyalik kimyogar F.Pollak yo‘lga qo‘ygan. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda qo‘llaniladi. 1. Metalit. Melaminoformadegid qatroniga bo‘r va tuyilgan yog‘och massasi qo‘shib olinadi. Undan umumiyovqatlanish korxonalari uchun idishlar ishlab chiqariladi. 2. Yupqa qatlam. Qog‘ozga melaminoformaldegid yoki mochevinoformaldegid qatroni shimdirib olinadi. Yog‘och-payraha taxtalar (DSP) ustini qoplash uchun ishlatilgani sababli, qog‘oz qatlamli bezash plastikasi nomi bilan yuritiladi. 3. Mipora. Melaminoformadegid yoki mochevino-formaldegid qatronini ko‘pirtirish natijasida olinib, qurilishda issiqlikni saqlaydigan qatlam sifatida ishlatiladi. Poliamidlar. Aminokapron kislotalarini polikondensatsiya qilish yo‘li bilan olinib, boshqa plastmassalardan pishiqligi va chirishga chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa o‘chadi. Issiqligida ip bo‘lib cho‘ziladi. Polimerlar, asosan, «Navoiyazot” birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar ishlab chiqarishda uch xil shaklda ishlatiladi. Kapralon ipi. Kiyim cho‘tkalarining qilini tayyorlash uchun foydalaniladi. Karbamid plyonkasi.Qaynatib pishirilgan qazi va dudlangan pishloqlar upakovkasi uchun ishlatiladi. Kapron tolasi. Xotin-qizlar paypog‘i, avtomashina ponrishkasi va baliq ovlash to‘rlari ishlab chiqrishda qo‘llaniladi. Efiroplastlar. Organik kislotalar va ko‘p atomli spirtlar eterifikatsiyasi natijasida olinib, tovar ishlab chiqarishda to‘rt xil holatda ishlatiladi. 1. Lavsan plyonkasi. Dimetiltereftalat va etilenglikol qatronlarini eterifikatsiyalash yo‘li bilan olinib, pishiq hamda tiniqligi uchun parda shaklida magnitofon lentasi ishlab chiqarishda va go‘shtni o‘rashda foydalaniladi. 2. Lavsan tolasi. Yaxshi dazmollanishi va dazmolni uzoq vaqt saqlash uchun junga qo‘shib gazlama to‘qishda qo‘llaniladi. 3. Shisha shifer. Shisha tolalarini glitserin va malein kislotasini polikondensatsiya qilish natijasida hosil bo‘lgan qatron bilan shimdirib olinadi. U sarg‘ish rangli tiniq shifer bo‘lib, yozgi binolarning tomini yopishda ishlatiladi. 4. Shisha tola anizotrop material plastmassasi. Shisha tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo‘lib, quyma stullar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Poliuretanlar. Geksametilendizotsian va butilenglikol qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi. Yuqori haroratda zaharli sian moddasi chiqishi sababli tovar ishlab chiqarishda faqat ikki shaklda qo‘llaniladi. 4.Plastmassa tovarlarini ishlab chiqarish usullari Plasstmassani ishlab chiqarishni quyidagi usullari bor: ishlov berishda- bosim ostida quyish, ekstruziya, puflab yoki vakuumli shakllantirish, issiq siqish, shtamplash va boshqalar. Bosim ostida quyish - termoplastlarga ishlov berishning nisbatan rivojlangan usuli. Kukun sifatidagi material issiq silindr ichiga solib suyuq holatga keltirib bosim ostida sovuq qolipga qo‘yiladi va sovutilib tayyor mahsulot olinadi. Bosim ostida qo‘yilgan buyumlar o‘zining yaltirashi va qolibning tozaligi bilan ajralib turadi. Shu usulda polistrol, polietilen va boshqalardan buyum yasaladi. Eksruziya - bu bosim ostida kuyishning bir turi. Yopishqoq polimer vint orqali to‘xtovsiz bosim ostida turli yo‘nalishdagi sotlodan chiqariladi. To‘xtovsiz bosim berish natijasida truba, tola, plo‘nka olish mumkin. Kalandrlash plastik, list va plyonka mahsulotlari olishda ishlatiladi. Bunda polimer ketma-ket valik kalendardan o‘tkaziladi. Puflab yoki vakuumli shakllantirish atmosfera yoki havoni yoki biror bir gazni purkab yumshoq termoplastdan shakl hosil qilish. Puflab yasalgan buyumlarda biriktirilgan joylarning belgisi qoladi. Shtamplash- termoplast listlari matritsa ostida puansonga bosib shakllantiradi. Bu usulda attorlik buyumlari yasaladi. Plastmassa buyumlarini bezagida quyidagi usullar qo‘llaniladi: bo‘yash, qisish, shtamplash, metallash va boshqalar . Bo‘yash- buyumni bo‘yoqqa tiqib olish, sepish, cho‘tka bilan bo‘yash orqali amalga oshiriladi. Biroq ko‘p hollarda ishlab chiqarishda rangli polimerlar ishlatiladi. Issiq siqish - bu bo‘yoqli tasvirni jihozning ustki qismiga metalli yoki pigmentlangan folgani bosim ostida issiq shtamlanadi. Issiq siqishda bir rangli yoki ko‘p rangli tekis yoki relyefli rasmlar rolistrol, termo plastlar ustida hosil bo‘ladi. 5..Plastmassa tovarlarining assortimenti Plastmassadan turli xo‘jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi. Xo‘jalik tovarlari ishlatilishi bo‘yicha idishlar (ko‘zalar, non idishi, patnislar, tuzdon, elektrsovitkich idishlari, vannaxona va hojatxona buyumlari, bog‘ va poliz anjomlari hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo‘linadi. Plastmassadan attorlik buyumlari taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va pardoz-andoz buyumlari, turli o‘yinchoqlar, gullar, devonxona hamda fotografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Tovarlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong‘inga xavfsizligiga e’tibor beriladi. Fenorplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid insonning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Aminoplastlardan faqat sovuq holatda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. Poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqadigan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yo‘liqtiruvchi va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Polistirol ham issiq holatda asab tomirlari va jigarga zarar yetkazadigan stirol chiqaradi. Oziq-ovqat buyumlari uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo‘lishi kerak. Download 54.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling