1. Poliz ekinlari kasalliklariga qarshi kurash choralari Poliz ekinlari maysalari chirishini


Download 97.5 Kb.
bet8/18
Sana20.12.2022
Hajmi97.5 Kb.
#1036045
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Poliz ekinlari zararkunandalari

Qo‘zg‘atuvchining belgilari. Perenoplasmopara cubensis. Barglarda mitseliy nok yoki panja shaklli gaustoriyalar hosil qiladi. Zoosporangioforalar barg teshiklaridan bittadan yoki 2-7 tadan dasta shaklida chiqadi, ularning o‘lchami 150-250x7-9 mkm, ostki qismi kengroq (10,8 mkm gacha), ustki qismi noto‘g‘ri dixotomik shoxlangan. Zoosporangiylar ellips yoki tuxum shaklli, ustida g‘uddachasi mavjud, kulrang yoki binafshatusli, ba’zan biroz qo‘ng‘ir, 20-28x16-20 mkm. Oogoniy dumaloq. Oosporalari dumaloq, sarg‘ish, diametri 36-43,2 mkm.
Kurash choralari chidamli navlar yaratish va qo‘llash; urug‘likni ekishdan 2-3 oy oldin 40°S haroratda 8 soat davomida isitish va fungitsid bilan dorilash; o‘sish davrida maxsus fungitsidlardan (1% li Bordo suyuqligi; 0,4% li mis xloroksid; Kvadris 25% sus.k., 0,4-0,6 l/ga; Ridomil MS, 68% s.e.g, 2,5 kg/ga; Strobi 50% s.e.g. yoki 50% sus.k. 0,2-0,3 kg,l/ga va b.) birini qo‘llashdan iborat (Pidoplichko, 1977a; MacNab et al., 1983; Bernhardt et al., 1988; Vayyek i dr., 1989; Lyan, Hoshimxo‘jayeva, 2007).
Poliz ekinlari alternariozini Alternaria cucumerina gifomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Kasallik dunyoning ko‘p mamlakatlarida asosan mushk qovunni (Cucumis melo var. cantalupensis), kamroq hollarda qovunning boshqa turlari, tarvuz, qovoq va bodringni zararlaydi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonda bodring alternarioz bilan ochiq dala va issiqxonalarda zararlanadi. Bargning ustki tomonida kichik, dumaloq, och-jigarrang, o‘rtasi ochroq tusli, biroz botiq, so‘ngra qizg‘ish-qo‘ng‘ir tus va konsentrik shakl oluvchi dog‘lar rivojlanadi. Upar o‘sadi va bargni qoplab oladi, barglar sarg‘ayadi va so‘lib qoladi. Zararlangan bodring (va mushk qovun) mevalarida dumaloq, qo‘ng‘ir, botiq yaralar paydo bo‘ladi. Yuqori namlik sharoitida dog‘ va yaralar ustida zamburug‘ning mitseliy, konidiofora va konidiyalaridan tashkil topgan to‘q-zaytun yoki qoramtir tusli mog‘or rivojlanadi.
Ekin ichida zamburug‘ konidiyalari shamol, yomg‘ir va tuproqqa ishlov berish asbob-uskunalari bilan tarqaladi. Kasallik uchun havo harorati 25-28°S, nisbiy namlik 85-100% bo‘lishi mu’tadil sharoit hisoblanadi. Zamburug‘ poliz ekinlarida, o‘simlik qoldiqlarida va begona o‘tlarda, urug‘ ustida va issiqxonalarda saqlanadi.

Download 97.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling