1. Portlatish vositalari tasnifi. Portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalarning yaratilishi


Portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalarning yaratilishi


Download 202.66 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi202.66 Kb.
#1328184
1   2   3
Bog'liq
Burg\'ulash portlatish ishlari MI

Portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalarning yaratilishi
  • Portlovchi moddalar zaryadida portlashni qo‘zg‘atuvchi vositalar murakkab izlanishlar natijasida yaratilgan. A. Nobel portlashni qo‘zg‘ovchi portlatuvchi modda sifatida simob qaldirog‘idan foydalanib (1799-yili E.Govard tomonidan ixtiro qilingan), kapsul-detonator (K^)ni mis gilzalar ko‘rinishida ishlab chiqib, uning ichiga simob qaldirog‘ini joylashtirgan. Kapsul-detonator (K^)ni 1867-yilda ishlab chiqarish boshlangan.
  • Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin kapsul-detonatorni 85% simob qaldirog‘i va 15% bertoie tuzi aralashmasidan tayyorlay boshlangan.
  • Taxminan 1900-yillarda L. Veler kapsul-detonatorni 75% simob qaldirog‘ining trotil bilan aralashmasidan, keyinroq esa tetril aralash­masidan tayyorlashni taklif etgan.
  • 1908-yilda ishlab chiqarilgan kapsul-detonatorlarga boshlang‘ich portlashni qo‘zg‘atuvchi sifatida simob qaldirog‘i o‘rniga qo‘rg‘oshin azidi, 1913-yildan boshlab esa qo‘rg‘oshin azidi bilan birga teneres (qo‘rg‘oshin trinitrorezorsinati) qo‘llanila boshlandi.
    • Rus olimi P.I. Shilling 1812-yili birinchi bo‘lib elektr yordamida ko‘mirli alangalatuvchi (zapal)ni yaratdi. B.S. Yakobi esa elektr yor­damida alangalatuvchi zapalni porox bilan zaryadlab, uni amaliyotda qodlashga yo‘l ochdi. Shu olim 1842-yili birinchi bo‘lib elektr port­latish mashinachasini yaratdi.
    • 1831-yili Angliyada Bikford tomonidan alanga o‘tkazuvchi pilikning yaratilishi portlovchi moddalarni o‘t bilan qo‘zg‘atish usuliga asos solinishiga olib keldi.
    • Bikforddan ancha keyin Nobel 1867-yili «zapal Nobelya» nomi bilan o‘zining detonatoriga patent oldi. 1927-yili o‘zagi flegmatizirlangan (sezgirligi kamaytirilgan) qo‘rg‘oshin azidi bilan teneres aralashmasi yoki qo‘rg‘oshin azidining o‘zidan detonatsiyalanuvchi pilik (An) yaratildi. 1931-yili esa o‘zagiga flegmatizirlangan simob qaldirog‘i joylashtirilgan detona­tsiyalanuvchi pilik, qaldirog‘iga tetril aralashmasidan tayyorlangan detonatsiyalanuvchi pilik ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1954-yildan boshlab o‘zagiga flegmatizirlangan T^H joylashtirilgan detonatsiyalanuv­chi pilik ishlab chiqarib amaliyotda keng qodlanila boshlandi.
    • Detonatsiyalanuvchi pilik yordamida portlatish ishlari uchun pirotexnik rele ixtiro etilgan bo‘lib (1958-yili KATTT-58, 1962-yili K3AM-62, 1969-yih K3AM-69), bu rele zaryadlari millisekund oraliqlarda portlatish uchun mo‘ljallangan.
    • Elektr toki bilan portlatish vositasi elektr yordamida o‘t oluvchilar guruhini takomillashtirib, elektrodetonatorlarni OA) bir zumda portlaydigan, sekinlatilgan PA-K3) turlarini ishlab chiqarishga zamin yaratgan.
    • Kapsul-detonator, keyinchalik elektrodetonatorlarni presslangan qog‘oz gilzada, so‘ngra metall (mis, po‘lat, bimetill) gilzalarda ishlab chiqarilgan.
    • 1956-yilga qadar konstantanli qizdiruvchi ko‘prikchaga ega bo‘lgan elektrodetonatorlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 1960-yildan uning qizdiruvchi ko‘prikchasi nixromdan yasalgan QA-8-E, ^A8-^) turlari ishlab chiqarilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling