1. Prognozlash usullarining klassifikatsiyasi


Prognozlashda Del’fi usuli


Download 0.57 Mb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1001477
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashning mohiyati

4.Prognozlashda Del’fi usuli.

U AQSh da ХХ asrning 60-yillarida yaratilgan. U sirtdan so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi , anonim, so‘rovlar bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi, teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari xar gal ekspertlar oldingi tudagi natijalar xaqida axborot olishadi.


Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izoxlanadi, savollar ro‘yxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi .
Ekspert javoblarni qo‘l qo‘ymasdan pochta orqali jo‘natiladi. Тashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi,baxo chiqariladi. Mazmun jihatdan o‘rtachalar, farqlar dispersiya xisoblanadi. Bir oy o‘tgandan keyin 2-tur o‘tkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari bayon qilinib savollar beriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollaga javob berishi so‘raladi. Javoblar yana umumlashtirilib zarur bo‘lsa yana qo‘shimcha turlar o‘tkaziladi. Agar 3-turdan so‘ng javoblardagi farqlar katta bo‘lmasa so‘rov o‘tkazish to‘xtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan xisoblanadi.
qisqacha xulosa. Ekspert baxolash metodining asosiy vazifasi miqdoriy xarakteristikaga ega bo‘lmagan jarayonlar, ayrim iqtisodiy jarayonlari rivojlantirishning alternativ imkoniyatlari xaqidagi sifat axborotini olishdan, formal va intuitiv metodlarni to‘g‗rilash va o‘zaro uyg‗unlashtirishdan, iqtisodiy jarayonlar prognoziga ma‘lum darajada normativ omillar kiritishdan iboratdir. Ekspertlar guruhini tuzishda ekspertiza muammosini samarali hal qilish umumiy talab xisoblanadi. Muammoni xal qilish samaradorligi ekspertiza ishonchliligini xarakteristikalari bilan belgilanadi.
Kollektiv ekspertiza o‘tkazishda so‘rovning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi: intervyu, intervyu-anketa, anketalash, aralash anketalash, munozara, kengashish (ong xujumi) metodi. Kollektiv ekspert baxolash natijasi umumlashtiruvchi xujjat ob‘ektni rivojlantirish yo‘llari bayon qilinadi. Ular ichidagi eng oddiy metod komissiya metodidir. Lekin bu metod bir necha nomaqbul xodisalarni bartaraf qila olmaydi. Shuning uchun xiyla aniq ekspertiza metodlariga zarurat tugiladi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling