1. Prokariotlarning sistematikasi Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi
Download 29.22 Kb.
|
mikroorganizmlar-sistematikasi
Mikroorganizmlar sistematikasi Reja: 1.Prokariotlarning sistematikasi 2. Viruslarning shakli, guruhlari va sistematikasi 3. Vinislarning kimyoviy tarkibi 4. Viruslar klassifikatsiyasi Prokariotlarning sistematikasi Mikroorganizmlarni ma'lum bir sistematikaga (tasnifga) so-lishda ulaming quyidagi xususiyatlari e'tiborga olinadi: shakli va o'lehami; harakati (xivchinlarning bor-yo'qligi va joylashishi); kapsulasining bor-yo'qligi; endospora hosil qilishi; gram usulida bo'yalishi; moddalar almashinuvining o'ziga xosligi; energiya olishi; tashqi muhit bilan aloqasi. Molekular biologiyaning yutuqlari evaziga mikroorganizmlar-ning genotip xususiyatlarini o'rganish mumkin bo'ldi. Bunda mikro-organizm nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir-biriga nisbati o'rganiladi va ikki guruhga kiruvchi mikroorganizm-larning farqlari aniqlanadi. Ikki turga kiruvchi mikroorganizm nuklein kislolalarini bir-biriga gibridlab, ular orasidagi nukleotidlar tarkibining o'xshashligi o'rganiladi. IVIikroorganizmlarning xususiyatlari o'rganilib, KLinney ish-lab chiqqan binor nomenklaturasi bo'yicha lotin alifbosida ilmiy nom beriladi. Masalan, pichan tayoqchasi Bacillus subtilis deb nomlanadi. Mikroorganizmlarga 1980-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom berila-digan bo'ldi. Mikroorganizmlarning yaqin belgilariga qarab tavsiflovchi tur (species), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo'Um (divisio), olam (rcgnum) kabi toksonomik kategoriyalar ishlatiladi. Tur deb, fenotip jihatdan o'xshash, bitta genotipga ega bo'lgan individlar yig'indisiga aytiladi. Ular kichik tur va variantlarga boiinadilar. Mikrobiologiyada mikroorganizmlar evolutsiyasi va filogeniyasi haqida yetarli ma'lumot bo'Imaganligi sababli mikroorganizmlar sistematikasi sun'iy hisoblanadi va mikroorganizmlarni idensifi-katsiya qilish uchun aniqlagich vazifasini bajaradi. D.X.Bergi (1984-y.) ma'lumoti bo'yicha Procariotae dunyosi 4 ta bo'limga ajratiladi: 1-bo'lim. Gracilacutes (lot. gracilus — yupqa, cutes — po'st) — bu bo'lim vakillariga hujayra devori grammanfiy tuzilishga ega bo'lgan kokkiar, tayoqchasimon prokariotlar kiradi. Ular endospora hosil qjlmaydi, boiinib ko'payadi, vakillari fototrof, nofototroflar, aeroblar, anaeroblar, obligat parazitlardir. Bo'lim Scotobacteria, Anoxyphotobacteria, Oxyphotobacteria sinflariga ajratiladi. 1-sinf — Scotobacteria. Sinf 10 ta: 1 — spiroxetalar; 2 — aerob spiral va vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar; 3 — aerob grammanfiy kokkiar va tayoqchalar; 4 — fakultativ anaerob, grammanfiy tayoqchalar; 5 — anaerob, grammanfiy, bukilgan va spiral tayoqchalar; 6 — grammanfiy, xemolitotrof bakteriyalar; 7 — sirpanuvchi bakteriyalar; 8 — xlamidabakteriyalar; 9 — poyali bakteriyalar; 10 — rikketsiyalar va xlamidalar kabi guruhlarga bo'linadi. Spiroxetalarga 2 ta Spirochaetaceae va Leptospiraceae oilalari kirib, ularga oson egiluvchan, uzunligi 5—600 mkm va eni 0,4— 0,7 mkm bo'lgan bir hujayrali bakteriyalar kiradi. Spiroxeta hujayrasida protoplazmatik silindr bo'lib, bir necha o'qsimon fibrillar bilan o'ralgan. Bu fibrillarning o'zi silindr oxiri-dagi biriktiruvchi diskdan boshlanadi. Protoplazmatik silindr va o'q fibrillar tashqaridan po'st bilan o'ralgan. Hujayrasi nukleoid, mezosoma va boshqalardan tashkil topgan. Spiroxetalar ko'ndalan-giga bo'linib ko'payadi, harakatchan, spora hosii qilmaydi. Spiro-xetalarning ba'zilari saprofit holida hayot kechiradi. Odam va hayvonlarda yuqumli kasalliklarni kcltirib chiqaradi. Aerob spiral va vibrionsimon, grammanfiy bakteriyalar Spiril-laceae oilasini tashkil etadi. Hujayralari tayoqcha shaklida bo'lib, spiralsimon buralgan. Hujayrasining ikJcita uchida to'p xivchinlar joylashgan, ular chuchuk suvlarda va tuproqda ko'proq yashaydilar. Download 29.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling