1. Qaysi gipoteza yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarini o’xshashligi bilan isbotlanadi?


Download 26.05 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi26.05 Kb.
#1340579
Bog'liq
1-variant 12.02.23


1-variant



1.Qaysi gipoteza yadro va sitoplazmani plastik jarayonlarini o’xshashligi bilan isbotlanadi?

A) Simbioz gipotezasi


B) Invaginatsiya gipoteza
C) Ko’p genomli gipoteza
D) Anabioz gipotezasi

2.Mitoz bo‘linish natijasida hosil bo‘ladigan hujayralarni aniqlang.


1) akatsiyanig vegetativ hujayrasi; 2) “Fin dorset”ning tuxum hujayrasi; 3) protenorni tuxum hujayrasi; 4) xitoy primulasining tuxum hujayrasi; 5) Zea maysning tuxum hujayrasi; 6) Raphanus sativusning mikrosporasi; 7) “Dengiz tulkisi”ning spermatozoidi.
A) 2, 3, 6
B) 1, 4 , 5
C) 2, 5, 7
D) 1, 4, 6

3.Bakteriya hujayrasiga tegisli qiyosiy xarakteristikani belgilang.


A) zaxira modda–polifosfatlar
B) zaxira modda–glikogen
C) zaxira modda–kraxmal
D) zaxira modda–glikogen va kraxmal
4.Sun’iy partenogenez kuzatilmaydigan organizmlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
A) Baliqlar va zamburug’lar
B) O’simlik shira bitlari va tustovuq
C) Burchoqdoshlar va quyonlar
D) Tut ipak qurti va asalari

5.Gastrulatsiya jarayoni o’sib kirish yo’li bilan amalga oshuvchi sinf vakillari uchun mos keladigan javobni toping.


A) Kovalevskiy kashf qilgan
B) Mezoderma qavati shakllanmagan
C) Ichki urug’lanish sodir bo’ladi
D) Dumlilar va dumsizlar turkumlariga bo’linadi

6.X-Xromosomaga birikkan dominant holda irsiylanadigan belgi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.


A) Fenilketonuriya
B) Namozshomko’rlik
C) Ikkinchi kurak tishi yo’qligi
D) Ko’rish nervi atrofiyasi
7.Bug’doy donining rangi ikki juft kumulyativ polimer genlarga bog’liq.Agar A1a1A2A2 va a1a1a2a2 genotipli bug’doylar chatishtirilsa, olingan avlodlarda qanday rangli bug’doylar hosil bo’ladi?
A) Pushti va och pushti
B) Qizil
C) Oq va och qizil
D) Oq va och qizil
8.Odam qoni plazmasida antigemofil omil, antitana, vitamin, garmonlar, uglevodlar, lipid, mineral tuzlar, agglutinin betta, eritrositlarida rezus omil, gemoglobin, agglutinogen A bor. U qaysi qon guruhi uchun retsipiyent bo’la oladi?
A)I, II
B)II, IV
C)III, IV
D)I, III
9.Odamda sut tishlari soniga teng bo’lgan doimiy tishlar(a) va suyaklarni(b) belgilang.
A) a-katta oziq, qoziq, pastki jag’dagi kichik oziq; b-kurak, ko’krak umurtqasi
B) a-qoziq, kichikoziq, kurak; b-ko’krak umurtqasi, bo’yin umurtqasi, to’sh
C) a-kichik oziq, katta oziq; b-boldir, yelka, bitta qo’ldagi barmoqlar
D) a-miyaqutisi, to’sh; b-ko’krak qafasi

10.Qaysi javobda tikanli akula uchun tegishli to‘g‘ri javob keltirilgan?


A) terisi emal bilan qoplangan
B) o‘pka va teri orqali nafas oladi
C) kislorodga to‘yingan qon qorin aortasi orqali yurak bo‘lmasiga keladi
D) suzgich pufagi, yon chizig‘i, jabralari bo‘lmaydi
11.Quyidagilarda baliqlarning (a), ikki pallali mollyuskalarning (b) qon aylanish va nafas olish sistemalariga tegishli to‘g‘ri fikrlarni aniqlang.
1) yuragi ikki kamerali;
2) bitta qon aylanish doirasiga ega;
3) yuragida kislorodga to‘yingan qon oqadi;
4) jabra orqali nafas oladi;
5) yuragi uch kamerali;
6) o‘pka orqali nafas oladi.
A) a – 1, 5; b – 3, 6
B) a – 2, 4; b – 1, 3
C) a – 3, 6; b – 1, 2
D) a – 4, 5; b – 2, 3

12.Qaysi javobda germafrodit hayvonlar keltirilgan?


A) yomg‘ir chuvalchangi, olabug‘a balig‘i, yashil temirchak
B) kolorado qo‘ng‘izi, daryo qisqichbaqasi, xasva
C) bitiniya, chuchuk suv gidrasi, shilliqqurt
D) baqachanoq, jigar qurti, askarida

13.Hayvonlarning jinsiy sistemalari haqidagi qaysi ma’lumotlar noto‘g‘ri?


1) bo‘shliqichlilarning jinsiy a’zosi rivojlanmagan;
2) to‘garak chuvalchanglar jinsiy dimorfizm kuzatilmaydi;
3)ko‘p tukli halqalilarning erkaklarida bitta urug‘don, urug‘ yo‘li, urug‘ chiqarish nayi bor;
4) bo‘g‘imoyoqlilarda jinsiy dimorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadi;
5) suvda hamda quruqlikda yashovchilarning spermatozoidlari bir juft urug‘donda yetiladi;
6) sudralib yuruvchilarda urug‘lanish kloakada amalga oshadi.
A) 1, 3, 5
B) 1, 4, 6
C) 2, 3, 4
D) 2, 3, 6

14.DNKning birinchi bo‘lagi EcoRI, ikkinchi bo‘lagi BamHI bilan 15 bo‘lakka bo‘lindi. Bunda vodorod bog‘lar soni 116 ta kamaygan bo‘lsa, BamHI [GATC] necha bo‘lakka bo‘lgan.


A) 5
B) 6
C) 7
D) 8

15. Barcha disaxaridlar …


1) tarkibida glikozid bog‘lar bo‘ladi; 2) tarkibida glukoza bo‘ladi; 3) qand lavlagi shakari hisoblanadi; 4) gidrofob moddalardir; 5) tarkibida peptid bog‘i bo‘ladi;
6) C12H22O11 umumiy formulaga ega.
A) 1, 2, 6
B) 1, 4, 5
C) 2, 3, 6
D) 3, 4, 5

16. Quyidagi qaysi duragaylash natijasida birinchi avlodda naslning faqat 50% i ota va onaga genotip jihatdan o‘xshash bo‘ladi?


A) silliq sochli ayol va jingalak sochli erkak
B) sariq yungli sichqonlar
C) geterozigota yashil dukkakli no‘xatlar
D) daltonizm bilan kasallangan yigit va qiz

17. Taloq (a), buyrak (b), jigar (c) funksiyalari to‘g‘ri keltirilgan javobni aniqlang.


A) a – geparin ishlab chiqarilishi; b – ikkilamchi siydik hosil qilish;
c–eritrotsitlarning parchalanishi
B) a – qonning ortiqcha qismini to‘playdi; b – ADG gormoni sintezlanishi;
c – o‘t suyuqligi ishlab chiqarilishi
C) a – limfotsitlar hosil bo‘lishi; b – qonning suyuq qismini filtrlash;
c – qonni zaharli moddalardan tozalash
D) a – eritrositlarni parchalanishi; b – qonni kislorod bilan to‘yintiradi;
c – qon tarkibiga kiradigan gem va boshqa oqsillarni ishlab chiqaradi

18. Golji majmuasi uchun tegishli to‘g‘ri javoblarni aniqlang.


a) o‘simliklar va sodda hayvonlar hujayralari o‘roqsimon yoki tayoqchasimon ayrim tanachalardan iborat;
b) tashqi va ichki membranalari mavjud;
c) oqsillar, uglevodlar va yog‘larni parchalay-digan gidrolitik fermentlar bo‘ladi;
d) uning faoliyati tufayli plazmatik membrana yangilanib turadi va o‘sib boradi;
e) eukariot hujayraning membranasiz organoidi;
f) assimilyatsiya jarayonlari amalga oshadi.
A) a, c, f
B) a, d, f
C) b, c, e
D) b, e, f

19. Xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini chatishtirib, chang donasining shakli va gulining rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligi-ni, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlagan olim(lar)ni belgilang.


A) Galton
B) Betson va Pennet
C) Shpeman
D) Morgan va shogirdlari

20. Bo‘yin umurtqalari soni bitta bo‘lgan organizm uchun tegishli javobni belgilang.


A) bolasini sut bilan boqadi
B) nafas olganda ham nafas chiqarganda ham qoni kislorod bilan to‘yinadi
C) qovurg‘alarga tayanib yuradi
D) yuragida aralash qon oqadi

21. Qaysi gen kasalligida boshlang‘ich profilak-tika choralari bajarilmagan holda mikrosefaliya kasalligi rivojlanadi?


A) albinizm
B) gemofiliya
C) daltonizm
D) fenilketanuriya

22. Qaysi ko’chib yuruvchi genetik elementda transpozaza fermentini siztez qiluvchi gen mavjud?


A) Transmissibl plazmid
B) Avtonom plazmid
C) Retropozon
D) Transpozon

23. Tuban tuzilgan xordali hayvon lansetnik uchun mos kelmaydigan javobni toping.


A) Og’iz teshigi 10-20 juft paypaslagich bilan o’ralgan
B) Og’iz teshigi og’iz oldi voronkasida joylashgan
C) Ayirish organlari halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash
D) Yuragi ikki kamerali bo’lmacha va qorinchadan iborat

24. Bitiniya mansub sinf vakillari uchun mos keladigan javobni toping.


A) Bir juft so’lak bezlari halqumiga ochiladi
B) Og’iz teshigi oyog’ini asosida joylashgan
C) Chig’anog’i yo’qolib ketgan
D) 5000 turni o’z ichiga oladi

25. Hidni yaxshi sezadigan, qon so’ruvchi a) o’rgimchaksimon va b) hasharotlar sinfi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.


A) a-bit, b-burga
B) a-kana, b-to’shak qandalasi
C) a-qoraqurt, b-bit
D) a-kana, b-so’na

26. Qizil va oq donli bug’doylar o’zaro chatishtirilganda F1 da pushti, F2 da esa qizil, och qizil, pushti, och pushi va oq donli bug’doylar olingan bo’lsa, F2 da olingan och pushti rangli bug’doylarning necha foizi tahliliy chatishtirilganda ajralish ro’y beradi?


A) 100
B) 0
C) 25
D) 50

27. Qonning tomirlarda ivishiga to’sqinlik qiladigan modda ajratadigan organ uchun xos xususiyatni toping.


A) Tashqi sekretsiya bezi sanaladi
B) organizmdagi eritrotsitlar zaxira holda saqlanadi
C) o’ng bo’lagi chap qovurg’a yoyi ostida joylashgan
D) alkagol ta’sirida hujayralari yallig’lanadi, surunkali pankreatit kasalligini chaqiradi

28. To’g’ri jumlani toping.


A) odamning ovoz paylari bir sekundda 800 dan 10000 martagacha tebranadi
B) pishirilgan go’shtda B guruh vitaminlari 15-50 %saqlanib qoladi
C) buyrak kapsulasi tashqi va ichki devoir oralig’I bo’shlig’I nefron naychalariga tutashgan
D) derma ustki to’rsimon va ostki so’rg’ichli qavatdan iborat

29. Qon hosil bo’lishida qatnashadigan biologik faol modda uchun xos bo’lgan javobni toping.


A) boshoqli va dukkakli ekinlar donida uchraydi
B) yetishmaganda beri-beri kasalligiga chalinadi
C) bakteriyalar ishtirokida odam ichagida oz miqdorda sintezlanadi
D) suyaklanish jarayonida qatnashadi

30. Miya oyoqchalari,to’rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv yo’lidan iborat bo’lgan xususiyatni toping.


A) ko’z soqqasi va yuz muskullarini harakatlantiruvchi markazlar bo’ladi
B) kulrang modda oq moddani o’rab turadigan po’stloqdan iborat
C) tana harorati doimiyligini boshqarilishida qatnashadi
D) chamalash reflekslarini boshqaradi

Download 26.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling