1. Hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar berilgan qatorni aniqlang


Download 35.33 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi35.33 Kb.
#1623430


GUL

1.Hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar berilgan qatorni aniqlang.


a) nok, beda
b) suli, tol
c) oqquray, kartoshka
d) terak, tol
2.Gulli oʻsimliklarda tuxum hujayra qayerda yetiladi?
a) urugʻchi tumshuqchasida
b) changchi changdonida
c) urugʻchi tugunchasida
d) urugʻchi ustunchasida
3.Isfarak gulining tuzilishiga mos belgini aniqlang.
a) toʻgʻri gul
b) qiyshiq gul
c) ikki uyli
d) bir uyli
4. Toʻpgulli oʻsimliklarni koʻrsating.
1. olma 2. makkajoʻxori 3. yongʻoq 4.gʻoʻza 6. binafsha 7. qoqioʻt 8. zubturum.
a) 4.6.8 b) 4.5.6 c) 1.5.7 d) 1.2.3.7.8
5. Gul gulpoyaning uchidagi savatchada joylashgan oʻsimlikni belgilang.
a) lolaqizgʻaldoq
b) sabzi
c) makkajoʻxori
d) karrak
6. Oʻsimlikning jinsiy oʻrganlariga nimalar kiradi?
a) gul,ildiz,barg
b) barg,urugʻ
c) urugʻ,gul
d) urugʻ,poya,gul
7. Murtak xaltasida qanday hujayralar yetiladi va urugʻlanishdan soʻng nimalar hosil boʻladi?
a) tuxum, sperma, urugʻpalla, murtak
b) tuxum, markaziy hujayra, murtak, ednosperma
c) sperma, murtak, endosperma, vegetativ
d) sperma, generativ murtak, endosperm,
8. Savatcha toʻpgulli oʻsimlikni belgilang?
a) yeryongʻoq, yongʻoq
b) beda, karam
c) boʻtakoʻz, boʻztikan
d) kamxastak, sachratqi
9. Oʻzidan changlanish ……. sodir boʻladi.
a) gullarning rang-barangligi, nektarli boʻlsa
b) chang va urugʻchilar bir vaqtda yetilsa
c) gullar koʻrimsiz, hidsiz boʻlsa
d) chang va urugʻchilar har-xil vaqtda yetiladi
10. Oqquray oʻsimligi qanday changlanadi?
a) oʻz-oʻzidan
b) shamol yordamida
c) qushlar yordamida
d) hasharotlar yordamida
11. Gul tugunchasida bir nechta urugʻkurtagi boʻlgan oʻsimliklar guruhini koʻrsating.
a) gʻoʻza, olcha, shaftoli
b) oʻrik, koʻknori, behi
c) gʻoʻza, koʻknori, anor
d) koʻknori, gilos,olma
12. Toʻpguli murakkab shingil boʻlgan oʻsimliklarga misol keltiring.
a) karam, rediska, achambiti
b) otquloq,kelin supurgi, uzum
c) uzum, karam, siren
d) yongʻoq, terak, tol
13.Qoʻsh urugʻlanish qaysi oʻsimlik turiga mansub?
a) faqat ochiq urugʻli oʻsimliklarga
b) ochiq va yopiq urugʻli oʻsimliklarga
c) sporali, ochiq urugʻlilarga
d) faqat gulli oʻsimliklarga
14. Bitta oʻsimlikda ham changchi, ham urugʻchi guli boʻlgan osimliklarni aniqlang.
a) qovoq, bodring, pomidor, tarvuz, yeryongʻoq
b) gilos, olcha, qovun, bodring, terak
c) qovun, tarvuz, bodring, qovoq,yongʻoq
d) makkajoʻxori, bugʻdoy, tol, gilos, qovoq
15. Qurttana oʻsimligining toʻpguli qanday ataladi?
a) oddiy shingil
b) murakkab shingil
c) roʻvak
d) qalqon
16 Gullar changlangandan va urugʻlangandan keyin urugʻ kurtakdan nima hosil boʻladi?
a) meva
b) urugʻ
c) endosperm
d) urugʻ poʻsti
17. Urugʻlangan markaziy hujayradan nima hosil boʻladi?
a) urugʻ poʻsti
b) urugʻ murtagi
c) endosperm
d) meva
18. Gullari ikki jinsli oʻsimliklar guruhini toping.
a) lola, gʻoʻza, oʻrik
b) terak, tol, gʻoʻza
c) lola, bodring, yongʻoq
d) tol, oʻrik, terak
19.Gulning qaysi qismi eng muhim hisoblanadi?
a) kosachabarg , changchi
b) tojbarg, kosachabarg
c) gulqoʻrgʻon , changchi
d) changchi , urugʻchi
20 Achambiti oʻsimligining toʻpguli qanday ataladi?
a) roʻvak
b) oddiy soyabon
c) qalqonsimon
d) oddiy shingil
21. Qaysi oʻsimliklarning guli toʻpgul oʻqida bandsiz joylashgan?
a) zubturum, makkajoʻxori
b) rediska, qurttana
c) shashir ,bodiyon
d) ituzum, zubturum
22. Oʻsimliklarning urugʻi gulning qaysi qismidan hosil boʻladi?
a) guloʻrni
b) urugʻkurtak
c) murtak
d) urugʻchi tugunchasidan
23. Qiyshiq gulli oʻsimliklar guruhi berilgan qatorni aniqlang.
a) na’matak, doʻlana, marmarak
b) burchoq, binafsha, olcha
c) qulupnay , burchoq, loviya
d) yasmiq, achchiqmiya, oqquray
24.Qiyshiq gulli oʻsimliklar berilgan qatorni aniqlang.
a) burchoq, kiyikoʻt, oqquray,
b) gladiolus,nastarin qurttana
c) isfarak, beda, na’matak
d) marmarak, isfarak, maymunjon
25. Shamol yordamida changlanadigan oʻsimliklarning guli uchun xos belgilar berilgan qatorni aniqlang.
a) gultojibarglari yirik, rangi xilma – xil, xushboʻy
b) guli mayda, koʻrimsiz, rangsiz, hidsiz, changlari yengil
c) guli mayda, chiroyli, xushboʻy, koʻp nektar ajratadi
d) gulqorgʻoni murakkab, xushboʻy, chiroyli
26. Chang hujayralari nechta va qanday hujayralardan tashkil topgan?
a) ikkita, yirik genarativ, mayda vegetativ
b) uchta, ikkita yirik generativ, bitta yumaloq vegetativ
c) ikkita, yirik vegetativ, mayda generativ
d) bitta, yupqa pardali
27. Oddiy toʻpgulda …
a) toʻpgul har–xil rangda boʻladi
b) toʻpgul oʻqi shoxlangan
c) toʻpgul oʻqi shoxlanmagan
d) toʻpgul bir xil tekislikda joylashgan
28. Gul nima? U qanday qismlardan tuzilgan?
a) jinsiy koʻpayish a’zosi, gulband, guloʻrni, gulqoʻrgʻon changchi, urugʻchi
b) jinsiy koʻpayish a’zosi, gulband, gulqoʻrgʻon, changchi, urugʻchi
c) jinsiy a’zo, guloʻrni, gulqoʻrgʻon, changchi, urugʻchi, urugʻ
d) jinsiy a’zo, gulband, changchi, urugʻchi, ustuncha, tuguncha
29. Quyidagi donli ekinlardan qaysi birlarining gullari roʻvak toʻpgulda joylashgan?
1 sholi 2 arpa 3 oqjoʻxori 4 makkajoʻxori 5 tariq 6 javdar 7 gʻumay
a) 4.6.7
b) 2.1.7
c) 4.6.3
d) 1.5.7
30.Oʻsimliklarda chetdan changlanish necha xil boʻladi va ularning nomini ayting.
a) 2 xil, shamol va hasharotlar yordamida
b) 3 xil, sun’iy,chetdan va hayvonlar yordamida
c) 2 xil, sun;iy va chetdan
d) 3 xil,oʻz-oʻzidan,sun’iy va hasharotlar yordamida
31. Oddiy gulqoʻrgʻon deb nimaga aytiladi?
a) gulqoʻrgʻon kosacha, va tojbargdan tashkil topgan
b) gulqoʻrgʻon boʻlaklarining asosan rangi bir xil boʻlsa
c) gulqorgʻon boʻlaklari asosan rangi har xil boʻlsa
d) gulqoʻrgʻon boʻlaklari halqa va spiral holatda joylashsa
32. Gulli oʻsimliklarda tuxum hujayra qayerda yetiladi?
a) urugʻkurtakdagi murtak xaltasida
b) urugʻkurtakdagi arxegoniyda
c) urugʻkurtakning tugunchasida
d) tugunchadagi arxegoniyda
33. Quyidagi berilgan oʻsimliklarga mos toʻpgullar berilgan javobni aniqlang.
1 yongʻoq 2 ituzum 3 ermon 4 zubturum
a) oddiy boshoq b) murakab shingil v) kuchala g) oddiy shingil d) savatcha
a) 1 – d 2 – a 3 – v 4 – g
b) 1 – v 2 – g 3 – b 4 – d
c) 1 – g 2 – d 3 – a 4 – v
d) 1 – v 2 – b 3 – d 4 – a
34. Eng kichik gulli oʻsimlik berilgan javobni aniqlang?
a) Volfiya
b) Raffleziya Arnoldi
c) Kaliforniyadagi sekvoyadendron
d) Avstraliyadagi evkalipt
35. Gulli oʻsimliklarning spermalari qaysi hujayradan hosil boʻladi?
a) markaziy
b) vegetativ
c) plazmatik
d) generativ
36. Qaysi oʻsimliklarning gullari toʻpgul oʻqida uzun bandi orqali birikkan?
a) olma, nok, gilos
b) zubturum, makkajoʻxori
c) karam, rediska, jagʻ-jag
d) tok, sholi, sachratqi
37. Changlanish va urugʻlanishdan soʻng urugʻkurtak va tugunchadan nima hosil boʻladi?
a) meva va urugʻ
b) urugʻ va meva
c) faqat urugʻ
d) har ikkalasidan urugʻ
38. Terakning changchili, urugʻchili gullari qayerda joylashadi?
a) bitta oʻsimlikda
b) boshqa-boshqa oʻsimlikda
c) gullari jinssiz
d) faqat yangi novdada
39.Oʻsimliklarda sun’iy changlash oʻtkazishdan maqsad nima?
a) yangi nav yaratish, hosildorlikni oshirish
b) kasalikka chidamli oʻsimliklar navini yaratish
c) hosildorlikni oshirish
d) oʻsimliklarni yangi navini yaratish
40. Gulni urugʻchisi necha qismdan iborat?
a) 2
b) 5
c) 4
d) 3
41. Murakkab gulqoʻrgʻonda qanday qismlar mavjud boʻladi?
a) ostkosa, kosacha, tojbarg
b) kosacha, changchi
c) tojbarg, changchi, urugʻchi
d) ostkosa, kosachabarg, tojbarg , changchi, urugʻchi
42. Gulning qaysi qismi gʻovak boʻladi?
a) changchi ipi
b) urugʻchi tumshuqchasi
c) urugʻchi ustunchasi
d) guloʻrni
43.Qaysi oʻsimliklarda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar toʻpgul oʻqiga navbat bilan joylashadi?
a) olma, nok,
b) zubturum, makkajoʻxori
c) qurttana, rediska
d) sabzi, ukroʻp
44. Qaysi oʻsimliklarning bir tupida ikki xil toʻpgul boʻladi?
a) sholi
b) kelinsupurgi
c) makkajoʻxori
d) nastarin
45. Savatcha toʻpgulli oʻsimliklarni aniqlang.
1 gʻoʻza 2 olma 3 sabzi 4 boʻtakoʻz 5 dastargul 6 qoʻqongul 7 bodring
a) 1.2.3
b) 2.3.4
c) 4.5.6
d) 5.6.7
46.Guli oddiy gulqorgʻonli boʻlgan oʻsimlik guruhini belgilang.
1 qoʻypechak 2 lola 3 olma 4 gʻoʻza 5 chuchmoma 6 nok 7 gulsafsar
a) 1.2.7
b) 2.3.5
c) 4.1.6
d) 7.2.5
47. Urugʻ tugunchasiga bir nechta chang naychasi oʻsib kiradigan oʻsimliklarni aniqlang ?
a) bugʻdoy, arpa, sholi
b) olma, oʻrik, koknori
c) gʻoʻza, koʻknori, olma
d) sholi, makkajoʻxori, kamxastak
48. Jagʻ-jagʻ oʻsimligi gulining formulasini koʻrsating.
a) Gk4 Gt4 Gh4+2 U1
b) Gk5 Gt5 Gh--- U1
c) Gk0 Gt(5) Gh(5) U(2)
d) Og3+3 Gh3+3 U(3)
49. Zubturumni toʻpguli qanday boʻladi?
a) oddiy boshoq
b) murakkab boshoq
c) qalqonsimon
d) murakkab soyabon
50. Qanday toʻpgullar oddiy va murakkab boʻladi?
a) soyabon, shingil, boshoq
b) kuchala, savatcha, boshoq
c) soyabon, qalqon, kuchala
d) qalqon, shingil, boshoq
51. Ikki uyli, ayrim jinsli gulga ega boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.
a) tol, terak, ismaloq
b) tut, qovoq, anjir
c) chinor, ismaloq, terak
d) jiyda, qovoq, tol
52. Gulqoʻrgon boʻlaklari qoʻshilgan gullarga qaysilar kirishini aniqlang?
1 qoʻypechak 2 lola 3 marmarak 4gʻoʻza 5 nok 6 oʻsma 7 karnaygul
a) 1.3.7
b) 1.2.3
c) 2.4.6
d) 3.6.7
53. Guloʻrinda gul boʻlaklarining halqa shaklida joylashish tartibini belgilang .
1 kosacha 2 tojbarg 3 changchi 4 urugʻchi
a) 2.3.4.1
b) 1.3.2.4
c) 1.2.3.4
d) 4.3.2.1
54. Qaysi oʻsimlikning soyabon toʻpguli shoxlangan toʻpgulda boʻladi?
a) bodiyon
b) qurttana
c) bosh piyoz
d) bug,doy
55. Endosperm qaysi hujayralarning qoʻshilishidan hosil boʻladi?
a) tuxum – sperma
b) markaziy – sperma
c) tuxum – markaziy
d) zigota – urugʻkurtak
56. Ukrop, sabzi kabi oʻsimliklarning toʻpgulini aniqlang?
a) savatcha
b) oddiy shingil
c) murakkab boshoq
d) murakkab soyabon
57.Changlanishni qanday xillari mavjud ?
a) oʻz – oʻzidan,qoʻsh changlanish
b) chetdan, oʻz-oʻzidan, sun’iy
c) qoʻsh, oʻz – oʻzidan,sun’iy changlanish
d) qoʻsh, chetdan changlanish
58. Kuchala toʻpgulli oʻsimliklar guruhini toping ?
a) oqqayin, sholi, akatsiya
b) yongʻoq, terak, tol
c) zubturum, terak, ituzum
d) qamish, otquloq, rovoch
59. Qanday gullar toʻgʻri gullar deyiladi?
a) gul asosidan boshlanib ikkitadan ortiq teng boʻlakka ajralsa
b) gul asosidan boshlanib umuman teng boʻlakka ajiralmasa
c) faqat teng boʻlakka ajralsa
d) gul qismlari gul oʻrnida qiyshiq holatda joylashsa
60. Qanday gullar qiyshiq gullar deyiladi?
a) gul asosidan boshlanib ikkitadan ortiq teng boʻlakka boʻlinsa
b) gul asosidan boshlanib teng boʻlakka ajiralmasa
c) gul asosidan bir nechta simmertik chiziq oʻtkazib boʻlsa
d) oddiy gulqoʻrgʻonli oʻsimliklarga
61. Guli toʻgʻri boʻlgan oʻsimliklar qatorini koʻrsating.
a) gladiolus, rayhon, isfarak
b) burchoq, rayhon, marmarak
c) oʻrik, olma, nok
d) kiyikoʻt, nastarin, olma
62. Boʻtakoʻz oʻsimligining toʻpguli qanday boʻladi?
a) oddiy shingil
b) kuchala
c) savatcha
d) qalqonsimon
63. Murakkab toʻpgulli oʻsimliklarni belgilang.
1 kelinsupurgi 2 gilos 3 nastarin 4 jagʻ - jagʻ 5 bodiyon 6 karrak 7 zubturum 8 rediska
a) 8.7.1.4
b) 1.3.5.6
c) 3.5.6.7
d) 2.3.4.6
64. Qaysi oʻsimliklar guruhida gulqoʻrgʻoni tangachalarga aylangan?
a) tol, terak, tut
b) lola, atirgul, nok
c) olma, shaftoli, oʻrik
d) yantoq, qulupnay, tut
65. Qanday toʻpgul oddiy shingil deyiladi?
a) gullari toʻpgul oʻqiga bandsiz biriksa
b) gullari toʻpgulga uzun bandi bilan biriksa
c) gullari toʻpgulga kalta bandi orqali biriksa
d) gullari har xil uzunlikda biriksa
66. Gullning gulqoʻrgʻoni qanday vazifani bajaradi?
a) chang donachalarini shakllantiradi
b) changlanishni ta’minlaydi
c) urugʻlanish jarayonini ta’minlaydi
d) yetilmagan changchi va urugʻchini himoya qiladi
67. Qanday oʻsimliklar ikki uyli oʻsimliklar deb ataladi?
a) bitta oʻsimlikda ham changchi, ham urugʻchi gullar joylashgan boʻlsa
b) bitta oʻsimlikda ikki jinsli gullar boʻlsa
c) changchi guli boshqa oʻsimlikda, urugʻchi guli boshqa oʻsimlikda boʻlsa
d) shamol yordamida changlanadigan oʻsimliklar
68. Qiyshiq gulli oʻsimliklar qatorini belgilang.
a) olma, oʻrik, ajriq
b) bugʻdoy, kungaboqar,gilos
c) beda, rayhon, loviya
d) behi, shaftoli, na’matak
69. Guli oddiy gulqoʻrgʻonli oʻsimliklarda gulqoʻrgʻon boʻlaklarining …
a) rangi bir xil
b) shakli har xil
c) rangi har xil
d) shakli bir xil
70. Gulqorgʻoni oddiy boʻlgan oʻsimliklar guruhini aniqlang.
a) lola, doʻlana, shirinmiya
b) akatsiya, na’matak, atirgul
c) lola, chuchmoma, gulsafsar
d) olvoli, burchoq, mosh
71. Qiyshiq gullar asosidan boshlanib…
a) ikkitadan ortiq boʻlakka ajraladi
b) faqat teng ikkita boʻlakka ajraladi
c) qoʻshilib oʻsadi
d) qoʻshilmasdan oʻsadi
72. Kuchala toʻpgulli oʻsimliklar guruhini aniqlang.
a) pista, bodom
b) yongʻoq, doʻlana
c) oqqayin, terak
d) tol, qoqioʻt
73.Qaysi oʻsimliklar guruhi shamol yordamida changlanadi?
a) arpa, yongʻoq, terak
b) terak, akatsiya, gʻoʻza
c) olma, beda, suli
d) tol, oqquray, beda
74. Gullari qiyshiq tuzilishga ega oʻsimlikni toping.
a) parpi, paq-paq, angishvonagul, olma
b) parpi, gunafsha, angishvonagul, isfarak
c) gunafsha, isfarak, karnaygul, jagʻ- jagʻ
d) tobulgʻi,bangidevona,kamxastak
75. Toʻpgulida gulpoyasi shoxlanmaydigan oʻsimliklar qatorini belgilang.
a) karam, olma, uzum, ukroʻp
b) piyoz, karam ,jagʻ - jagʻ
c) shashir, karam, jagʻ - jagʻ, ukroʻp
d) piyoz, olma, nastarin, makkajoʻxori
76. Guli murakkab shingil boʻlgan oʻsimlikni aniqlang.
a) selin
b) rovoch
c) sebarga
d) tobulgʻi
77. Gullari ayrim jinsli oʻsimliklar guruhini aniqlang.
a) shuvoq, ismaloq
b) aloe, agava
c) oshqovoq, Turkiston ismalogʻi
d) ebalak, jagʻ - jagʻ
78. Yongʻoqning changchi va urugʻchi gullari qayerda joylashgan?
a) boshqa – boshqa oʻsimlikda joylashgan
b) bitta oʻsimlikda joylashgan
c) faqat eski novdalarda
d) asosiy poyaning tanasida
79. Guli bir jinsli oʻsimlikni belgilang.
a) gazanda
b) oʻrik
c) gladiolus
d) behi
80. Qaysi oʻsimlikalrning guli oddiy gulqoʻrgʻonli?
a) lola, yongʻoq
b) chuchmoma, gulsafsar
c) gulsafsar, na’matak
d) gʻoʻza, olma
81. Toʻgʻri gulli oʻsimlik - …
a) angishvonagul
b) arpa
c) suvyigʻar
d) burchoq
82. Gulning barcha a’zolari joylashgan qismi qanday nomlanadi?
a) guloʻrni
b) gujkosacha
c) tuguncha
d) ustuncha
83.Gulning qaysi qismi uch qismdan iborat?
a) gulqoʻrgʻon
b) changchi
c) guloʻrni
d) urugʻchi
84. Qaysi oʻsimlikni guli boshqa oʻsimlik poʻstlogʻi orasiga kirib, uning shirasi hisobiga yashaydi?
a) volfiya
b) baobab
c) seyshel
d) Raffleziya Arnoldi
85. Urugʻkurtakdagi qaysi hujayralarning qoʻshilishidan murtak hosil boʻladi?
1 vegetativ 2 generativ 3 markaziy 4 sperma 5 tuxum
a) 1.2
b) 3.4
c) 3.2
d) 4.5
86. Bir yillik ayrim jinsli oʻsimliklarni aniqlang.
1 qovoq 2 tol 3 ismaloq 4 terak 5 makkajoʻxori 6 behi 7 archa 8 qovun
a) 1.2.3.4
b) 1.3.4.5
c) 1.3.5.8
d) 1.2.4.7
87. Sachratqi oʻsimligi gulining formulasini koʻrsating.
a) Gk4 Gt4 Gh4+2 U1
b) Gk5 Gt5 Gh--- U1
c) Gk0 Gt(5) Gh(5) U(2)
d) Og3+3 Gh3+3 U(3)
88. Murakkab boshoq (1) murakkab shingil (2) toʻpgullari qaysi oʻsimlikka xos ?
a) otquloq b) rovoch c) sholi d) arpa e) javdar f) bugʻdoyiq
j) zubturum
a) 1 – a, b, g 2 – d, e, f
b) 1 – a, e, f 2 – d b, c
c) 1 – d, e, c 2 – a, b, f
d) 1 – d, e, f 2 – a, b, c
89. Toʻpguli - roʻvak oʻsimliklar guruhini aniqlang.
a) karam, oq akatsiya, zubturum
b) sholi, suli, oqjoʻxori
c) bugʻdoyiq, ajriq, kungaboqar
d) gʻumay, bugʻdoy, oqsoʻta
90. Bir jinsli bir uyli, (I) va bir jinsli ikki uyli (II) o'simliklarni aniqlang.
a. shaftoli b. makkajo'xori c. tol d. terak f. archa g. olma e. gazanda j. oshqovoq
a. I- a,b, g,j II-c,d,f,e
b. I-b,j II-c,d,f,e
c. I a,b,g,j II-c,d,e
d. I-b,j, II-a,b,c,d,e
91.Oddiy shingil to'pgulli o'simlikni ko'rsating.
a) qashqarbeda
b) nastarin
c) qamish
d) ituzum
92. Qaysi o'simlik o'zidan qo'lansa hid tarqatadi?
a) raffleziya
b) yantoq
c) suv qaroqchisi
d) archa va terak
93. Toʻpgul hosil qilmaydigan oʻsimlikni toping
a) behi
b) olma
c) karrak
d) sebarga
94. Makkajoʻxorining soʻtasida … toʻplangan.
a) changchi gullari
b) urugʻchi gullari
c) urugʻchi va changchi gullari
d) jinssiz gullar
95. Qaysi oʻsimliklarning gulqoʻrgʻon boʻlaklari qoʻshilagan (1) yoki qoʻshilmagan (2) ?
a) marmarak b) angishvonagan c) boychechak d) oʻsma
a) 1a, b / 2 c, d
b) 1c, d / 2 a, b
c) 1a, d / 2 b, c
d) 1a, c / 2 a, d
96. Qaysi oʻsimliklar uchun bir jinsli gul xos ?
a) tut, qayin
b) gazanda, gilos
c) terak, lola
d) tol, oʻrik
97. Olma, nokning gullari qanday toʻpgulga yigʻiladi?
a) murakkab boshoq
b) murakkab qalqon
c) oddiy soyobon
d) oddiy qalqon
98. Yongʻoq, oq qayin kuchalasi boshoqdan nima bilan farqlanadi?
a) asosiy gul poyasining osilib turishi bilan
b) ikki jinsli gullardan iboratligi bilan
c) urugʻchi gullaridan iboratligi bilan
d) barcha javoblar toʻgʻri
99. Urugʻchining qaysi qismi changlarni ushlab qoladi?
a) tuguncha
b) ustuncha
c) tumshuqcha
d) gulqoʻrgʻon
100. Yongʻoq kuchalasida ........ toʻplangan
a) urugʻchi va changchi gullari
b) urugʻchi gullari
c) jinsoz gullar
d) changchi gullar
101. Qaysi oʻsimlikning toʻpguli boshoqqa oʻxshaydi, lekin asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi?
1.sholi 2.yongʻoq 3.qamish 4.otquloq 5.oq qayin 6.ukrop
7. tol
a) 2,5,7
b) 1,2,7
c) 3,5,7
d) 2,4,7
102. Shamol yordamida changlanmaydigan oʻsimlikni toping.
a) yongʻoq
b) sholi
c) oqquray
d) arpa
103. Qiyshiq gulli oʻsimlikni aniqlang.
a) burchoq, suvyigʻar
b) suvyigʻar, angishvonagul
c) rayhon, kiyikoʻt
d) parpi, lola
104. Raffleziya Arnoldi oʻsimligi qaysi orolda uchraydi?
a) Galapagos
b) Seyshel
c) Kanar
d) Sumatra
105. Yongʻoq, terak oʻsimliklarining gullariga xos belgilarni aniqlang.
a) gulqoʻrgʻoni oddiy, tojsimon
b) gulqoʻrgʻonsiz
c) gulqoʻrgʻoni murakkab
d) gulqoʻrgʻoni oddiy, kosachasimon
106. Bodiyon oʻsimligining gullari qanday toʻpgulga yigʻilgan?
a) murakkab shingil
b) savatcha
c) oddiy shingil
d) murakkab soyabon
107. Olxoʻri gulining formulasini koʻrsating.
a) Gk4 Gt4 Gh4+2 U1
b) Gk5 Gt5 Gh--- U1
c) Gk0 Gt(5) Gh(5) U(2)
d) Og3+3 Gh3+3 U(3)
108.Oʻrik gulining urugʻkurtak poʻstidan mevaning qaysi qismi hosil boʻladi?
a) meva devori
b) meva eti
c) urugʻ
d) urugʻ poʻsti
109. Gʻoʻza gulining tuzilishini ketma – ketlik asosida belgilang?
1 urugʻchisi 2 changchilari 3 ostkosachasi 4 tojibarg 5 kosachasi 6 urugʻkurtagi
a) 3.5.4.2.1.6
b) 1.2.3.4.5.6.
c)2.3.4.5.6.1
d) 3.4.1.2.6.5
110. Gʻoʻza gulining boshqa oʻsimliklar gulidan farqini toping.
a) urugʻchisi oʻziga xos tuzilgan
b) changchilari bandsiz joylashgan
c) tojbarglari rangli joylashgan
d) ostgulkosachabarglari mavjud
111. Oddiy gulqoʻrgʻonni tuzilishiga koʻra nomlarini ayting.
a) tojsimon va kosachasimon
b) gulqoʻrgʻonsimon va urugʻchisimon
c) tojsimon va guloʻrnisimon
d) gulbandsimon va changchisimon
112. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishi…..
a) gul formulasi deyiladi
b) gul diagrammasi deyiladi
c) gul tuzilishi deyiladi
d) gul teoremasi deyiladi
113. Gul tuzilishi ayrim jinsli,ikki uyli,urugʻchi va changchili gullari toʻpgul hosil qilgan.Ushbu ta’rif qaysi oʻsimlikka tegishli?
a) tol
b) yongʻoq
c) terak
d) qayin
114. Bir uyli va ikki uyli atamalari qaysi oʻsimliklarga tegishli?
a) ayrim jinsli oʻsimliklarga
b) ikki jinsli oʻsimliklarga
c) jinssiz oʻsimliklarga
d) gulqorgʻonsiz oʻsimliklarga
115. Lola gulining formulasini koʻrsating.
a) Gk4 Gt4 Gh4+2 U1
b) Gk5 Gt5 Gh--- U1
c) Gk0 Gt(5) Gh(5) U(2)
d) Og3+3 Gh3+3 U(3)
116.Zuptururum oʻsimligiga xos xususiyatlarni aniqlang.
a) iliq kuz oylarida ham gullaydi
b) toʻpguli shoxlangan
c) gullari toʻpgul oqida bandsiz joylashgan
e) toʻpguli shoxlanmagan
d) bahor oylarida gullaydi
a) a,c,e
b) b,d
c) a,c
d) a,c,e,d
117. Quydagi berilgan belgilar qaysi oʻsimliklarga xosligini koʻrsating?
1. gulqoʻrgʻoni oddiy: 2. gulqoʻrgʻoni murakkab: 3. gulqoʻrgʻoni yoʻqolib ketgan yoki tangalarga aylangan a) yongʻoq; b) terak;
v) chuchmoma; g) gulsafsar; d) shirinmiya;
e) boʻritaroq;
a) 1-v,g; 2-d,e; 3-a,b
b) 1-a,b,v; 2-e; 3-g,d
c) 1-d,e; 2-v,g; 3-a,b
d) 1-b,v; 2-g,d; 3-a,e
118. Tugunchasida koʻp urugʻkurtaklari boʻlgan oʻsimliklarini aniqlang.
1. boychechak 2. mingdevona 3. olxoʻri
4. shaftoli 5. na’matak 6. gilos
a) 1,2,5
b) 3,4,5
c) 1,2,3
d) 1,2,4
119. Oʻzgaruvchanlik chegaralari genotip bilan aniqlanadi
a) a-2,3,5; b-1,4,6
b) a-1,2; b- 3,4,5,6
c) a-2,3; b-1,4,5,6
d) a-2,3,6; b-1,4,5




Download 35.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling