Mavzusidan glossariy
Download 42.5 Kb.
|
1-GLOSSARIY.POYANING TUZILISHI. .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anizotrop
- Baziton
- Ikkilamchi yogochlik
- Kolumela
- Mezoton
- Plagiotrop
- Trixoblast
1-MAVZU: POYANING TUZILISHI. POYANING BIRLAMCHI VA IKKILAMCHI ANATOMIK TUZILISHI. STELYAR NAZARIYASI. MAVZUSIDAN GLOSSARIY Adventiv - (lotincha adventikus – kelgindi, tasodifiy) qo‘shimcha kurtak. Akropetal – boshlang‘iya barglarni pastdan yuqoriga qarab vujudga kelishi. Akroton – (yunoncha akros – uch, genos – hosil bo‘lish) poya tanasini shoxlanishda asosiy novdani uchki tomoniga yaqin turgan yon shoxlar rivojlanishi. Anizotrop (yunoncha anizos – teng bo‘lmagan) novdalar o‘sish mobaynida o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib o‘sishi. Atakostel- Stel evolyusiyasining oxirgi turi bir pallali o‘simliklardagi, atakostel hisoblanadi. U eusteldan boylamlarda kambiyning bo‘lmasligi va barg izidan chikqan ayrim boylamlarning poyaning markaziga tomon yo‘nalishi, keyinchalik chekka tomonlarga siljishi bilan farq qiladi. Baziton – (yunoncha bazis - asos) eng kuchli markaziy novdadan hosil bo‘ladigan shoxlar. Diffuz joylanishi - Agar yogochlik parenximasi boshqa elementlar massasida bir tekis tarqalgan bo‘lsa, yogoch parenximasining diffuz joylanishi deyiladi. Diktiostel -tur kambiyga ega bo‘lmagan paporotniklar uchun xarakterli. Eustel - esa urug‘li o‘simliklar uchun xosdir. Endarx yog‘ochlik ochiq kollaterial boylamlardan tashkil topgan. Gaplostel - Stelning eng qadimgi va sodda turi gaplostel yoki protosteldir, u yaxlit yog‘ochlik boylamlarni o‘rab olgan lubdan tashkil topgan. Bunday tur psilofitlar telomi va sodda tuzilishdagi yo‘qolib ketgan ba’zi bir o‘simliklarning poyalarida uchratiladi. Gomoriza - Plaunlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlarda asosiy ildiz bo‘lmaydi. Rivojlanishning boshlanishida ularda qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi. Bu xildagi ildizlar sistemasi sodda bo‘lib, birlamchi gomoriza (yunoncha gomolyos – bir xil, riza - ildiz) deb ataladi. Ikkilamchi yogochlik - Ikkilamchi yogochlik asosiy tukima parenxima, maxkamlik va o‘tkazuvchi tukimalar singari uch kismdan iborat. Kallateral – (lotincha kal – birgalikda lateragis yon tomon) kurtaklar birgalikda yonma-yon joylashadi. Kambiform - kambiy faoliyati natijasida vujudga kelgan xo‘jayralar bo‘lib, kambiyning usuvchi xo‘jayralarini uzunasiga (buyiga) tusiklar hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi. Bular uzi hosil bo‘lgan kambiy xo‘jayralari shaklini uzgartirmagan holda saklagani sababli kambiform deb yuritiladi. Kolumela Ildiz qinining markaziy qismini kolumela deb ataladigan hujayralar tashkil etadi. Korpus – lotincha korpus – tana gavda o‘sish nuqtasini ichki qavati. Metamer – (yunoncha meta – orasida, ketma-ket) poyada bir necha bo‘g‘im, bo‘g‘im oraliqlarini ketma-ket joylashishi. Mezoton – (yunoncha mezon – o‘rta, tonos – qavat kuch) tanani shoxlanishda yon novdalar asosiy novdaning o‘rta qismidan shakllanadi. Ortotrop – (yunoncha ortos – to‘g‘ri tropos yo‘nalish) novdalarni tik o‘sishi. Partikulyasiya (lotincha partikularis – alohida, parcha ayrim) ildizpoyali o‘simliklarni qarigan qismi bir qancha bo‘laklarga ajraladi va yangi mustaqil o‘simlikni hosil qiladi. Periblema - O‘rta qavatdagi tashqi meristemadan – periblema (yunoncha periblema - qoplam) ustki initsial qavatdan paydo bo‘ladigan ichki meristema hujayralaridan pleroma (yunoncha preroma - to‘ldirmoq) to‘qimalari vujudga keladi. Peritsikl (yunoncha peri – yonida, siklos - halqa) yosh ildizlar vaqtincha meristema vazifasini bajaruvchi endoderma ostida joylashgan tirik hujayralar bo‘lib, markaziy silindrni o‘rab oladi. Plagiotrop (yunoncha plagios – egilgan, ko‘ndalang) yon novdalar asosiy novda bilan burgak hosil qilib birikib o‘sishi. Primordial - (lotincha primodium – dastlabki, boshlang‘ich). Uchki kurtakning ostki tomonida ekzogen bo‘rtmalar shaklidagi barglar. Serial – (lotincha series - qator) yon kurtaklarni ustma-ust joylashishi. Stel - Markaziy silindr asosan o‘tkazuvchi naylardan tashkil topgan, shuning uchun ham stela deb ataladi. Trixoblast Ildiz tukchalari hosil qiluvchi rizoderma hujayralariga trixoblast (yunoncha trixos – soch, blastos – murtak) deb ataladi. Tunika - (lotincha tunika ustki qavati) o‘sish konusini tashqi tomoni. Vazitsentrik joylashish - YOgochlik parenximasi xo‘jayralari o‘tkazuvchi nay va traxeidlar atrofida terilgan holda joylashgan bo‘lsa, bunday joylashishni vazitsentrik joylashish deyiladi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling