2-Mavzu: Megasporogenez va urg’ochi gametofitining rivojlanishi. Changlanish va uning xillari. Chetdan changlanish. Reja


Download 169.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi169.82 Kb.
#1387535
  1   2
Bog'liq
2. 2 maruza



2-Mavzu: Megasporogenez va urg’ochi gametofitining rivojlanishi. 
Changlanish va uning xillari. Chetdan changlanish. 
 
Reja: 
1. Megasporogenez.
2. Urug’ murtakning taraqqiy etishi. 
3. Changlanish va uning xillari. 
4 Chetdan changlanish 
 
Tayanch iboralar: gul, megasporogenez, intugment, mikropile, atrop, 
anantrop, gemitrop, kampilotrop, amfitrop.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1, 2, 6, 11. 
 
Megasporogenez. Gulning tugunchasida bir yoki juda ko'p miqdorda 
urug'murtak (megasporangiy) taraqqiy etadi, uning ichida urug'chi gametofit 
(murtak haltasi) rivojlanadi. 
Yopiq urug'li o'simliklarda urug'kurtakning rivojlanish jarayonini chet el 
olimlaridan Braun, Malpigi, Rozanov, Meyer va boshqalar o'rganishgan. Murtak
xaltasining rivojlanish jarayonini S.G. Navashin (1894, 1899) batafsil o'rgangan. 
Urug'murtak yosh urug'chi barglarining chetlarida kichkina dumboshchalar 
shaklida hosil bo'ladi va hujayraning mitoz bo'linishi natijasida tez o'sadi. 
Keyinchalik uning yuqori tomonidan urug'murtakning markaziy qismi nusellus, 
pastki qismidan urug'band rivojlanadi. Nusellus hujayralari parenxima
to'qimalariga o'xshash bo'lib, uning hujayralarida oziq moddalardan: polisaxarid, 
lipid, oqsil, aminokislota, nuklein kislota, geteroauksin, vitamin, miniral tuzlar 
uchraydi. 
Nusellusning yon devoridan do'mboqchalar o'sib, qoplag'ich to'qima -
integument (lot. intigument-qoplama) ga aylanadi. Yopiq urug'li o'simliklarda bir 
yoki ikkita intigument taraqqiy etadi. Ularning shu xususiyatiga qarab urug'murtak 
bir yoki ikki qoplag'ichli guruhga ajratiladi. 
Integument pastdan yuqoriga qarab o'sib nusellusni o'rab oladi, lekin uchi 
birlashmasdan ochiq qoladi, bunga chang yo'li, yoki mikropile deyiladi. 
Mikropile urug'murtak va embrion haltasi bilan tutashgan. Yopiq urug'li
o'simliklarning ba'zi oilalarida intigument birlashib bitta qoplag'ichga aylanadi. 
Urug'murtakning tagi, urug'band (funikulus) bilan tutashgan, uning ostki xalasa
deb ataladi. Yopig' urug'li o'simliklarda tuguncha ichidadagi urug'murtakning 
shakli besh xil bo'ladi. 


1. Atrop yoki to'g'ri urug'murtak. Bu xildagi urug'murtak torondoshlar, 
qalampirdoshlar, kuchalaguldoshlar oilasiga hos belgi bo'lib, nuselus urug' 
bandining davomidir. 
2. Anatrop yoki teskari urug'murtak. Urug'murtakning notekis o'sishi
vaqtida uning uchi va uchidagi teshikcha (urug' yo'li) teskari (ostki) tomonga 
aylangan bo'ladi. Bu xildagi urug'murtak yopig' urug'li o'simliklarda eng ko'p 
uchraydi. 
3. Gemitorop yoki yarim qayrilgan urug'murtak. Nusellus bilan intigument 
o'sish 
davrida 
plasentaga 
nisbatan 90° qayrilgan (sigirquyruqdoshlar, 
primuladoshlarda uchraydi). 
4. Kampilotrop yoki tomonlama qayrilgan urug'murtak. Bunday 
urug'murtakda nusellus bilan intigumentlarning bir tomoni bukilgan bo'lib, chang 
yo'li xalasa yoniga borib qoladi. Bu xildagi urug'murtak kapalakdoshlar, 
dukkakdoshlar, butguldoshlar va boshqa oilalarda uchraydi. 
5. Amfitrop yoki egma urug'murtak. Bunda nusellus bukilib taqasimon
shaklga kiradi ( kapalakdoshlarni ayrim vakillarida uchraydi). 
Evolutsiya jarayonida yopig' urug'li o'simliklar nusellusining qalin devorlari 
yupqalashib boradi. Tojbarglari birlashmagan o'simlaklarda urug'murtak 
krassimuselyat (lot. kraus-qalin), tojbarglari birlashgan o'simliklarda esa 
tenuinuselyat (lot. teniuis - yupqa) rivojlangan. 
Tinuinuselyat urug'murtakning ichki intigument hujayralaridan tapetum
taraqqiy etgan. Tapetum sitoplazmasi uglevodlar, oqsillar, vitaminlarga boy. Bu 
moddalar amilaza, proteaza fermantlari yordamida parchalangandan so'ng
o'tkazuvchi to'qima orqali murtakka o'tib oziq bo'ladi. 
Talaygina yopig' urug'li o'simliklar urug'murtagining xalasa ustidagi 
hujayralari takomillashib ginostaza (yunon. xipoztazis-tirgak, ayri) deb ataladigan 
to'qimaga aylanadi. Bu to'qimalarning xususiyati haligacha aniq emas. Ba'zilar 
gipoztaza embrion xaltasining urug'murtak tomon o'smasligiga ta'sir etadi 
deyishsa, boshqa birovlar gipoztaza embrion xaltasining fermentlar yoki bo'lmasa 
oziq moddalar bilan ta'minlashda faol ishtirok etadi, deb taxmin qiladilar. 
Ba'zi yopig' urug'li o'simlik vakillarida urug'band yoki intigumentlardan 
obturator deb ataladigan maxsus to'qima hosil bo'ladi va chang naychasining o'sib 
embrion xaltasiga yetishiga sabab bo'ladi. Bu to'qima urug'murtak rivojlanishining 
dastlabki davrida paydo bo'lib urug'lanish sodir bo'lgandan so'ng yemiriladi. 
Urug'murtakning taraqqiy etishi va megasporagez. Urug' murtakni hosil 
qiluvchi 
dumboqcha 
shaklidagi 
meristema 
nutselus 
tashqi 
epiderma 
xujayralarining. antiklinal va subepidermik hujayralarining periklinal bo'linishi. 
natijasida urug'chi arxesporiy tarraqiy etadi. Yopiq uru'li o'simliklar urug'murtak 
uchi ba'zan bitta yoki bir necha bir xujayrali arxesporiy xosil qiladi. Arxesporiy 


hujayralari yirik va sitoplazmaga boy bo'lib, juda tez bo'linish qobilyatiga ega. 
Ko'p 
hujayrali 
arxesporiy 
kazuarindoshlar, 
atirguldoshlar, 
qayindoshlar, 
murrakkabguldoshlar, sho'radoshlarda uchraydi.
Arxespora hujayralarining bittasi bo'linib dastlabki parietal (devor) 
qoplagich ona megaspore hujayrasini hosil qiladi. Qoplovchi hujayra ko'pincha 
krassinutsellyat urug' murtaklarida bo'ladi, tenuinutsellyat urug'murtaklarda 
uchramaydi. Ko'pchilik yopiq urug'li o'simliklarda arxespora hujayrasi ikki marta 
meyoz bo'lingandan to'rta gaploid megaspora hosil bo'ladi. Bu jarayonga 
megasporagenez deyiladi. Xalaza (axyon - axyonda mikropilla) tomondagi 
hujayralar juda kattalashib ketadi, yuqoridagi hujayralarni siqib qo'yadi va 
pirovardida bir yadroli urg'ochi gametofit yoki yoki embrion xaltasiga aylanadi. 
Embrion xaltasi uch marta bo'linish natijasida hosil bo'ladi. Birinchisida ikki 
yadro xosil bo'ladi va hujayra qutiblaridan joy oladi. Keyinchalik bu yadrolar yana 
ikki marta bo'linadi va embrion xaltasining har ikki qutb tomonida to'rttadan yadro 
yuzaga keladi. Har qaysi qutbidagi yadrolar bittadan markazga yo'naladi va bir-biri 
bilan qo’shilib, embrion xaltasining ikkilamchi diploid yoki markaziy yadrosini 
hosil qiladi. Embrion xaltasining chang yo'li yonida turgan uchta yadro atrofi 
protoplazma to'planib hujayra hosil bo'ladi. Bu hujayralar tuxum aparatini tashkil 
etadi: ularning o'rtasidagi eng yirigi tuxum hujayra, uning enidagi kichikroq 
yadroli hujayralar yordamchi yoki sinergidlar deb ataladi. Xalaza tomonida turgan 
uchta yadro atrofi ham protaplazama bilan o’ralgan. Bu hujayralar antipodalar 
(yunon. anti-qarshi, podus-oyoq) dep ataladi. Odatdagicha tarraqiy etgan 
urug'murtak tuzilishi ko'rsatilgan. 
Tuxum hujayra aparati juda ham murrakkab, u ko'pincha embrion 
xaltasining mikropile tomonida taraqqiy etadi chunki bu joyda oqsillar, PHK sintez 
etiladi. Bundan tashqari uning tarkibida, mitoxondirya, leykoplast, kraxmal, 
lipidlar to'planadi. 
Sinergidlar chang naychasi qobig'ini eritishida, uning embrion xaltasi va 
tuxum hujayraga o'tishini tezlashtirishda ishtirok etadi. 
Antipodalar xalazadan oziq moddalarni urug'murtak va embrion xaltasiga o'tkazish 
vazifasini bajaradi. 
Gullash. Gullash o'simliklar hayotida eng ko'zga ko'rinadigan xodisalardan biri. 
O'simlikda gul hosil bo'lishi bo'lishi uchun oziq moddalar (karbon, oqsil, yog' va 
boshqalar) to’planishi kerak. Ko'pchilik bir yillik yovoyi terofit o'simliklar yoki 
effermerlar (yunoncha efermos-bir kunli. Fiton-o'simlik) - qisqa vaqt yashaydigan 
baxorgi o'simliklar urug'dan ko'karib, bir vegetatsiya davrida gullab urug' beradi 
(qizg'aldoq - rameriya). Ammo ko'p yillik o'simliklar orasida hayotida bir marta 
gullaydigan monokarp (yunoncha manos - bitta, karpis - meva) o'simliklar ham 


uchraydi. Masalan, O'zbekiston chollarida o'sadigan sumbul ana shunday 
monokarp o'simlikdir. 
Bazi o'simliklar hayotining ikkinchi yilida gullaydi. Bunday o'simliklar ikki 
yillik o'simliklar dep ataladi (sabzi, lavlagi, turp va boshqalar). 
Ko'pchilik o'simliklar hayotining 5-6 yilida yoki ko'p yillar o'tgandan so'ng 
gullaydi va gullash har vegetatsiya davrida davom etadi, bunday o'simliklar 
polikarp (yunoncha poli-ko'p, karpos-meva) deb ataladi. Masalan olma, gilos, o'rik, 
tropik o'simlik o'simliklardan kakao, kakos palmasi va boshqalar.
O'simliklar gullashdan oldin g'unchalar (gulkurtaklar) hosil qiladi. 
G'unchaning gulkosabarglari bilan tojibarklarining pastki qisimlari yuqoriga tez 
o'sib ochiladi. Ayni vaqtda changchilar, urug'chilar ham ochiladi. Mana shu 
xodisaga gullash deb ataladi. 
Gulning ochilishi malum bir harorat va nisbiy namlikda ertalab, kunduzi va 
kunduzi va kechqurun bo'lishi mumkun. Bir o'simlikning gullash davri bir xaftadan 
bir necha xaftagacha davom etishi mumkun. Gullash oxirida, gul changlangandan 
keyin so'liydi. Gultojibarglar to'kiladi. 
Changlanish. Changning urug'chi tumshug'iga borib tushishiga aytiladi. 
Changlanish bir necha xil: o'z-o'zidan changlanish yoki avtanomiya (yunoncha. 
avto - o'zi, gameto - qoshilish) va chettan changlanish yoki allogamiya (yunoncha 
alos - boshqacha) bo'ladi. Agar bir guldagi changchi o'sha guldagi urug'chini 
changlantirsa o'z o'zidan changlanish sodir bo'ladi. O'z-o'zidan changlanish vaqtida 
hosil bo'ladigan urug'larda nasl belgilari sof holda saqlanib qoladi. Bu xil 
changlanishdan seleksiyada sof individ liniyani ajratib olishda qo'llaniladi. 
Bir gulni shu tur yoki navga oid boshqa o'simlik gulining changi bilan 
changlanishiga chettan changlanish yoki ksenogamiya (yunoncha ksenos -boshqa) 
dep ataladi. Ksenogamiya biologik jixatdan o'simliklar uchun qulaydir. Bunday 
changlanish irsiy xossalarning mustahkamlanishiga olib keladi va turni yashash 
sharoitiga yaxshiroq moslashadi. Shuning uchun ham o'simlik gulining tuzilishi va 
ekalogiyasida chettan changlanishni taminlaydigan ko'pdan ko'p hususiyatlar 
borligini ko'ramiz.
O'simliklar jinsiy organlarining (changchi va urug'chilarni) turli muddatlarda 
yetilishiga dixogamiya (yunoncha dixos - ikki qisim, bo'lak; gameo - qoshilish) 
deyiladi. 
Ikki jinsli gullarda changchilar urug'chilarga nisbatan oldin yetiladi, bu 
hodisa proterandirya (yunon. prote ros - ertaroq; andros - erkak) deb ataladi. 
Proterandirya ko'proq chinniguldoshlar, piyozdoshlar va boshqa ko'pgina 
o'simliklarda uchraydi. 
Bazi ikki jinsli gullarda esa urug'chilar changchilarga nisbatan ertaroq 
ochiladi, bu hodisa proteroginiya (proteros - ertaroq: gineya - ayol) deyiladi. 


Bunday gullash butguldoshlarda, atirguldoshlarda, zupturumdoshlar, g'alladoshlar 
va boshqalar. Proterandiya proterogginiyaga nisbatan ko'proq tarqalgan. Bunga 
asosiy sabab changchilarning urug'chilarga nisbatan oldinroq yemirilishidir. 
Ikki jinsli o'simliklarda o'z-o'zidan changlanish sodir bo'lmasligi uchun
guldagi urug'chining ustunchasi uzun yoki qisqa qisqa bo'lishi mumkun. Bunday
hodisa geterostili (yunoncha getros - har hil; styulos - ustuncha) deyiladi. 
Geterostiliya navruzdoshlar, gazakdosh va boshqa o'simliklarda uchraydi. 
Changlanish omillari. Yer kurrasining hozirgi o'simliklari asosan gulli 
o'simliklardan iborat. Gulli o'simliklarning ko'pchiligi chettan changlanishiga 
moslashgan. Chettan changlanish biologik va abiotik changlanishdan iborat.
Biologik changlanish hayvonlar vositasi bilan abiotik changlanish esa tabiiy 
omillar (shamol, suv yordamida sodir bo'ladi). Biologik changlanishning eng 
muhim vositalaridan biri hashoratlar va qushlar hisoblanadi. Xashorotlar vositasi 
bilan changlanishiga entomofilya (yunoncha entomos - hashorot; filo-o' simlik), 
qushlar yordamida changlanishiga ornitofili (yunoncha ornitos - qush). Suv 
yordamida changlanish gidrofiliya (yunoncha. gidro-suv) va nihoyat shamol 
yordamida changlanish anomofilya ( yunoncha. anemos - shamol) deb ataladi. 
Gidrofiliya (yunoncha gidro-suv) va nihoyat shamol vositasi bilan 
changlanishga animofiliya (yunoncha anemos-shamol) deb ataladi. Entomofiliya. 
Juda kóp ósimliklarning gullari hasharotlar yordamida changlanadi. Shuning uchun 
ham aksariyat gulli ósimliklarning evolutsiyasi, hasharotlarning evolutsiyasi bilan 
parallel taraqqiy etgan. Entomofil ósimliklarning tojsimon gulqórģoni har xil 
rangda bóladi. Shu sababdan ular hashorotlarga uzoqdan yaxshi kórinadi. Ba'zi 
gullar juda ham yirik bólib, 1 metrga yetadi (Rafflesia Arnoldi). Lolaqizģaldoq va 
lolalarda gul diametri 5-15 sm. Kópchilik ósimliklarning gullari mayda, lekin 
yaxshi 
kórinadigan 
tópgullarga 
órnashadi 
(soyabonguldoshlar, 
murakkabguldoshlar va boshqalar). Ba'zan tó’pgullarning chetlarida órnashgan 
gullar markazda órnashgan gullarga nisbatan yirikroq bólib, hashorotlarni óziga 
jalb etadi. 
Hashorotlarni jalb etadigan asosiy manba gullardan ajralib chiqadigan 
xilma-xil efir moylardir. Gulning isi hashorotlarning hid sezish organlariga 
uzoqdan ta'sir etadi. Ma'lumki, kópchilik ósimliklar ózidan yoqimli hid taratadi 
(rayhon, tamaki, atirgul, chinnigul va boshqalar), lekin bir qator ósimliklar borki, 
ular badbo’y bólib, sasigan baliq, aynigan siydik, góng hidiga óxshab ketadi. 
Bunday o’simliklarga tropik órmonlarda ósuvchi rafleziya, arxislar va boshqa 
ósimliklar misol bóla oladi. Bu ósimliklarning rangi kópincha gósht rangiga 
óxshash bólib, pashsha, qónģizchalar yordamida changlanadi. 
Entomofil ósimliklarning óziga hashorotlarni jalb qiladigan omillaridan yana 
biri chang hisoblanadi. Kópchilik ósimliklarning guli yirik bólib, yuztagacha 


changchiga ega. Bunday gullar ózidan juda kóp miqdorda chang ajratadi, chang 
tarkibida 15-30 % oqsil moddasi tóplanadi. Hashorotlar esa shu chang bilan 
oziqlanadilar. Kóp miqdorda chang chiqaradigan ósimliklarga na'matak, kóknor, 
sigirquyruq, mimoza va boshqa ósimliklar misol bóladi. Chang hashorotlarga yem 
bólganligi sababli arilar changlarni inlariga ģumbaklari uchun yiģadi. Hashorotlar 
gulga ovqat izlab keladi va guldagi nektarni olishga harakat qiladi, ayni vaqtda 
changchi va uruģchilarga tegib ótadi. Entomofil ósimliklarning chang yuzasi 
notekis bólib, tikanchalar, sógallar va boshqa ósiqlar borligi bilan anemofil ósimlik 
changidan farq qiladi, changning shu ósiqlari hashorotlarga yopishib tarqalishiga 
imkon beradi. Bundan tashqari entomofil ósimliklarning changlari anemofil 
ósimliklarning changlariga nisbatan yirik bóladi. 
Odatda, guldagi nektarlarning joy olishiga qarab, muayyan tuzilishdagi 
gullar bir xil hashorot guruhlari bilan changlana oladi. Nektarlari yuzada 
joylashgan gullarni ikki qanotli hashorotlar: pashshalar va qónģizchalar 
changlatadi. Masalan, soyabonguldoshlar, toshyorarguldoshlar, atirguldoshlarning 
vakillari, zarangguldoshlar, marjon daraxti va talaygina boshqa ósimliklar. Bu 
entomofil ósimliklarning gullari aktinomorf, oq, sariq, kókimtir-sariq, goho pushti-
qizģish rangda bóladi. Nektarlari chuqurroqda joylashgan gullarni xartumlari 
uzunroq bólgan hashorotlar-asalarilar va boshqa pardaqanotlilar changlantiradi. Bu 
ósimliklarning gullari zigamorf bólib, aksari havorang, kók, gunafsha, qirmizi-qizil 
(labguldoshlar, kapalakguldoshlar va boshqa ósimlik oila vakillari) bóladi. Gulning 
rangi, hidi hashorotni qaysi tomonga uchishi kerakligini kórsatadi. Hashorotlar 
gulga nektar va chang uchun qónadi.
Gulning ochilish ekologiyasi turli-tumandir. Bu masalani órganadigan, 
botanikaning yangi bir tarmoģi-antekologiya fanidir. Gulning ochilishi harorat 
(temperatura), nisbiy namlik va yoruģlik kabi omillarga boģliq. Shunga binoan 
ba'zi gullar faqatgina kechasi ochiladi. Kechasi ochiladigan gullarning rangi oq, 
oq-pushti, och-sariq bólib, ózidan kuchliroq hid chiqaradi va kechasi uchadigan 
kapalaklar yordamida changlanadi (tamaki, chinnigul, kavsar, nargis va boshqalar) 
ertalab va kunduzi ochiladigan gullar kapalaklar, asalarilar va arilar bilan 
changlanadi. Bunday gullarning rangi qip-qizil yoki pushti va hokazo bóladi (órik, 
anor, kókparang-lagohilus, shaftoli va boshqalar). 
Evolutsiya jaroyonida ósimliklar bilan hashorotlar órtasida juda kóp 
moslanishlar paydo bóldi. Bu moslanishlar chetdan changlanishga yordam beradi. 
Masalan, ba'zi ituzumdoshlar oilasining vakillari (tamaki, bangidevona) va boshqa 
turlarida gultojlari voronkasimon, nayi qónģiroqsimon bólib, nektari judayam 
chuqurroqda joylashgan. Bunday gullar faqatgina xartumi uzun hashorotlar bilan 
changlanishga moslanishgan. Ba'zi orhideyaguldoshlarning gulidagi nektar 
yostiqchalar shaklida bólib, poyaning bandi bilan birikkan. Hashorot gulga boshini 


tiqganida yopishqoq yostiqchalar unga yopishib qoladi. Guldan ajralib chiqqan 
hashorot boshqa gulga qónib, yopishqoq yostiqchalar bilan ulardagi uruģchi 
tumshuqchasini changlantiradi. Chetdan changlanishning yana ham murakkabligini 
va maxsus hashorot turi bilan changlanishini yovvoyi anjirda kórish mumkin. 
Yovvoyi anjir faqat Órta Osiyoda, Qrimda va Kavkazda ósadi. Gullari bir jinsli, 
ba'zan ikki jinslidir. Changchi guli ham, uruģchi guli ham kózachasimon yoki 
noksimon, uchi teshikli tópgulning ichida joylanadi. Anjir bir yilda ikki-uch marta 
gullaydi. Changlanish blastofaga degan ari yordamida sodir bóladi. Bir tópgul 
ichida uzun ustunchali uruģchilari va ikkinchi tópgullarining yuqori qismida 
changchi gullari, pastroqda kalta ustunchali uruģchi gullar bor. Bahorda anjir 
gullagan vaqtda hashorot ikkala tópgullarga kirib joylashadi. Ammo, bahorgi 
guldan mevalar juda ham oz hosil bóladi. Ikki jinsli tópgul ichiga kirgan ari 
uruģchilarning ichiga bittadan tuxum qóyadi, shundan keyin ósha uruģchining 
uruğmurtagi juda tez ósib ketadi va blastolaga ģumbagiga oziq bóladi. Ma'lum vaqt 
ótgandan keyin ģumbaklar yetuk hashorotga aylanadi va ósha yerning ózida bir-
biri bilan qóshiladi, shundan sóng erkagi óladi, urģochisi chiqib ketish vaqtida 
tòpguldagi chanchilarni changiga belanadi. 
Changchilarni changiga belanadi. Bu hashorotlar keyinroq ochiladigan 
boshqa to’pgullarga kirib tuhum qo’yadi va uzun ustunchali urug’chilarni 
changlatadi. Sentiyabr oylariga borib anjir pishadi. Kuzda anjir uchinchi marta 
gullaydi.
Ornitafiliya. Afrikava Janubiy Amerika tropik o’rmonlarida o’sadigan (yuka, 
banan, kana va boshqa o’simliklarning gullari mayda qushlar (kolibra, asal so’rar) 
yordamida changlanadi. Ko’pchilik ornitofilgullar och qizil rangda bo’ladi. 
Qushlar shu rangni yaxshi ajratib, guldagi nektarni so’rish vaqtida changlarni 
o’ziga yuqtiradi va boshqa gulga borib nektarni olish vaqtida gulni changlantiradi.
Gidrofiliya. Ko’l va daryo vohasida talaygina o’simliklar suv sharoitiga 
o’sishga moslashgan (masalan dengiz o’ti Zostera) dengiz nayadasi, elodeya 
vallisneriya va boshqalar. Bu o’simliklarning guli va suv vositasi bilan 
changlanadi. Bunday changlanish gidrofiliya deb ataladi. Masalan volisneriyaning 
urug’chi guli spiral singari buralgan bandda suv ostida joylashadi. Urug’chi 
yetilganda uzilib suv oqimi yordamida spiral bandga joylashgan uzulib suv oqimi 
yordamida sipiral bandga borib uni changlantiradi. Shundan keyin urug’langan 
gulning bandi tortilib urug’chigul suv tagiga tushadi u yerda rivojlanadi. 
Animofiliya. O’rmonlarda o’suvchi daraxtlarning taxminan 20% animofilli 
o’simliklar hisoblanadi cho’l va saxrolarda o’suvchi g’alladoshlar oilasiga mansub 
o’simliklarning ko’pchiligi ham animofillardan iborat. O’tchil o’simliklardan 
(g’alla o’simliklar qiyoq o’tlar, shuvoq, nasha, qichitqio’t otquloq zupturum va 
boshqalar) daraxtlardan (oqqayin, terak, tol, qayrog’och, yong’oq, dub (eman), 


xurmo daraxtlarning ko’pchiligi) animofiliya deyiladi. Bu o’simliklarning gullari 
mayda, ko’rimsiz bo’lib o’zidan hid chiqarmaydi. Ularning gullari oddiy 
kosachasimon gulqo’rg’ondan iborat. Changlari mayda bo’lib, juda ham ko’p. Bir 
yoki ikki uyli dihogamiya geterostiliya hodisasi uchraydi changlari quruq bo’lib 
uzoq masofalarga tarqaladi. Animofil o’simliklarda changlarning tarqalishini 
osonlashtirgan, tebranib turadigan kuchalalar (tog’, terak dub, eman, va boshqalar) 
changni ilib oladigan uzun-uzun tukdor va patsimon tumshuqchalar (g’alla 
o’simliklar ko’pgina daraxtlar) bo’ladi. Animofil daraxtlarning ko’pchiligi 
baxorda, barg chiqarmasdan oldin yoki barg chiqishi bilan gullaydi va 
tumshiqchalar changni osonlik bilan ushlaydi. O’tchil o’simliklar qichitqio’t degan 
o’simlikning changchilari uzun-uzun bo’lib, g’uncha ochilishi bilan changdon kuch 
bilan ochilib, changlarni sochib yuboradi. Bularning hammasi animofiliyaning eng 
muhim belgilari hisoblanadi. Animofil o’simliklar ko’pincha katta katta 
chakalakzorlar, o’tloqlarni hosil qiladi va changni osonlik bilan tutib oladi. 
Animofil o’simliklarning antikologiyasi ancha yaxshi o’rganilgan. Masalan, g’alla 
o’simliklaring changdonlari bir vaqtda ochilmasa ham, lekin bazilari faqat ertalab, 
boshqalari kunning ikkinchi yarimida va ayrimlari kechqurun ochiladi. 
Qamishning gullashi ertalab soat 4 dan yarim tungacha (soat 20 gacha) davom 
etadi. Avtogamiya. Bir guldagi changchining shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga 
tushishiga yoki ikki yadroning bir hujayra ichida qo’shilishiga avtogamiya (yunon. 
autos-o’zi; gameo–qo’shilish) deb ataladi. Avtogamiya ko’pincha ikki jinsli 
o’simliklarda sodir bo’ladi. Lekin urug’ hosil qilmaydi. Bu hodisaga steril –
pushtsiz deb ataladi (makkajo’hori, arpa, tariq, karam). Ko’pdan ko’p o’simliklarda 

Download 169.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling