Monoduragay chatishtirish


Download 112.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi112.63 Kb.
#1055473
  1   2   3   4
Bog'liq
Monoduragay chatishtirish



Monoduragay chatishtirish
 
Mendel o’z tajribalarini irsiy jihatdan toza, ko’zga yaqqol 
tashlanadigan belgilari bilan o’zaro keskin farq qiluvchi no’xot 
o’simligining turli navlari ustida olib bordi. Monoduragay 
chatishtirish yo’li bilan irsiyat qonunlarini o’rganish sohasidagi 
uning ishlarining mohiyatini quyidagi misolda namoyish qilish 
mumkun. 
Mendelning birinchi qonuni. Mendel no’xotning guli qizil va oq 
navlarini chatishtirib birinchi avlod (F
1
) duragay o’simliklarini 
oldi. Ularning hammasida gulning qizil rang belgisi ustunlik 
qildi. Bunday belgi dominanat belgi deb ataladi. Gulning oq rang 
belgisi esa butunlay rivojlanmadi. Uni ressesiv belgi deyiladi. 
Bayon etilgan irsiy jarayon Mendelning birinchi qonunining 
mazmunini tashkil etadi. Bu qonunni birinchi avlod duragay 
organizmlarining bir hilligi yoki dominantlki qonuni deb ataladi. 
Mendelning 
ikkinchi 
qonuni. F
1
o’simliklari 
o’z-o’zidan 
chatishtirilib olingan ikkinchi avlod (F
2
) duragay o’simliklarini 
tahlil qilish natijasida, ularda gul rangi bo’yicha xilma-xillik 


xodisasi borligi aniqlandi. Ularning orasida qizil gulli 
o’simliklardan tashqari oq gulli o’simliklar ham paydo bo’ldi. 
Ularning miqdoriy nisbati 3:1 holatda bo’ladi. Bu irsiy jarayon 
Mendelning ikkinchi qonuni yoki belgilarning F
2
ajralish 
qonuni deb ataladi. 
Ikkinchi avlod duragay o’simliklaridan namoyon bo’lgan 
belgilarning kelgusi avlodlarda irsiylanishini 
aniqlash uchun 
Mendel F

dagi har qaysi qizil va oq gulli o’simliklarni o’z-o’ziga 
chatishtirib, ularning F

dagi avlodini alohida tekshirdi. Buning 
natijasida F

dagi oq gulli o’simliklar F
3
da o’zgarmay saqlanib 
qolganligi aniqlandi. Demak, F
2
dagi oq gulli o’simliklar ushbu 
ressesiv belgi bo’yicha irsiy jihatdan tozaligi bilindi. F
2
dagi qizil 
gulli o’simliklarning uchdan bir qismi F

da ham faqat qizil rangli 
gulga ega bo’lgan o’simliklar berdi. Boshqacha qilib aytganda, bu 
guruhdagi F
2
ning qizil gulli o’simliklari ushbu belgi bo’yicha 
irsiy tozaligi ma’lum bo’ldi. 
F

ning qizil gulli o’simliklarining uchdan ikki qismida kelgusi 
avlodda (xuddi F
2
dagiga o’xshash) 
xilma-xillik
, yani ajralish 
kuzatilib, 3 qism qizil gulli va 1 qism oq gulli o’simliklar paydo 
bo’ldi. Xo’sh F
1
dagi dominant belgiga ega bo’lgan o’simlik nima 
sababdan F
2
da xilma-xillik beradi? Bu muammoni echish uchun 
Mendel gametalar sofligi gipotezasini ilgari surdi. Bu gipotezaga 
binoan har qanday organizmda belgi va hususiyatlarni avloddan-


avlodga tashib yuruvchi irsiyatning moddiy asosi bor. Mendel 
uni irsiyatning omillari (faktorlari) deb nomladi va ularni lotin 
alifbosining ayrim hariflari bilan ifodalashni taklif etdi. Dominant 
belgilarning omillarini bosh harif bilan ifodalashni taklif etdi. 
Dominant belgilarning omillarini bosh harf bilan, ressesiv 
belgilarning omillarini esa kichik harf bilan izohlash zarurligini 
takidladi. Mendel kashif etgan irsiyat omillari keyinchalik “gen” 
deb 
atala 
boshlandi. 

Download 112.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling