Monoduragay chatishtirish
Monoduragay chatishtirishda irsiylanishning sitologik asoslari
Download 112.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Monoduragay chatishtirish
Monoduragay chatishtirishda irsiylanishning sitologik asoslari.
Mendel hali hujayralarning mitoz va meyoz bo’linishi kashf qilinmagan davrda duragaylarning ikkinchi va keyingi bo’g’inlaridagi holatini o’zining gametalar sofligi gipotezasi bilan to’g’ri tushuntirib berdi. Mitoz va meyoz bo’linishi ixtiro qilingandan keyin Mendelning gametalar sofligi gipotezasi ilmiy jihatdan to’g’ri ekanligi isbotlandi. Bu qonuniyat gametalar sofligi gipotezasi bo’yicha dominant va ressesiv irsiy omillar genlarning gametalarga tarqalishi bilan meyoz bo’linishda gomologik xromosomalarning gametalarga tarqalishi jarayonida uyg’unlik borligida namoyon bo’ladi. Bu uyg’unlikni quyidagicha izohlash mumkun. Tana hujayralarining genotipi tarkibidagi genlar juft – juft bo’lib, allel genlardir. Tana hujayralaridagi kariotip tarkibiga kiruvchi xromosomalar ham juft – juft bo’lib, ular gomologik xromosomalar deb ataladi. Tana hujayrasidagi juft allel genlar jinsiy hujayralarga ayrim – ayrim, alohida holatda bo’ladi. Tana hujayralarida juft gomologik xromosomalar ham meyoz bo’linish natijasida hosil bo’luvchi gametalarga alohida o’tadi. Onalik va otalik jinsiy hujayralari qo’shilib, zigota hosil qilganda allel genlarning va gomologik xromosomalarning juftligini tiklanadi. Agar F 1 o’simliklari o’z – o’ziga chatishtirilsa F 2 da xromosomalar bo’yicha ajralish quyidagicha bo’ladi: ¼ qism o’simliklarda bir juftdan qizil xromosoma, ¼ qism o’simliklarda bir juftdan ko’k xromosoma va qolgan 2/4 qism o’simliklarda esa bittadan qizil va bittadan ko’k xromosomalar bo’ladi. Irsiy omillar bo’yicha, ilgari aytilganidek F 2 da ajralish 1AA:2Aa:1aa xolatida bo’ladi. Qayd etilgan dalillarni Mendel kashf etgan 1 va 2 irsiyat qonunlarining stologik asosi deb qabul qilish mumkun. Chunki, bu dalillar, genlar xromosomalarda joylashgan , degan fikrni oldinga surish imkoniyatini beradi. Download 112.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling