Mashg‘ulot. Desmugiya va transport immobilizatsiyasi reja
Download 371.05 Kb. Pdf ko'rish
|
7 Am-y, Desmurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog‘lam qo‘yish ikki qismdan tashkil topgan
Mashg‘ulot. DESMUGIYA VA TRANSPORT IMMOBILIZATSIYASI Reja: 1 Desmurgiya haqida ma‟lumot va bog„lov turlari. 2 Bog„lam qo„yish qoidalari va tananing turli joylariga qo„yiladigan bog„lamlar. 3. Transport immobilizatsiyasi vositalari . 4. Transport taxtakachlaridan foydalanish tartibi. Desmurgiya (grekcha “desmos”- bog„, bog„lash va “ergan”-ish) – bog„lam qo„yish to„g„risidagi ta‟limot. Bog„lash (bog„lam qo„yish) jarog„at va terining kasallangan joylarini tashqi muhit ta‟siridan himoya qilish va qon to„xtatish va shikastlangan joyni immobilizatsiya qilish maqsadida qo„llaniladigan mustahkamlash usuli hisoblanadi. Bog‘lam qo‘yish ikki qismdan tashkil topgan: jarohatga davolash maqsadida qo„yiladigan materialdan va mustahkamlovchi bog„lov materialidan. Mustahkamlovchi bog„lov sifatida dokali, lentasimon bint ishlatiladi. Bintlardan tashqari bog„lamlarni mustahkamlash uchun kley (kleol, kollodiy, rezina kleyi va boshqalar), leykoplastir, ip gazlamadan tayyorlangan uchburchak ro„mollar(kosinka) ishlatiladi. Asosiy bog„lov matariallari dokali bintlar bo„lib, o„lchamlari turlicha bo„ladi: 5smX5sm, 10smX5sm, 14smX7sm, 16smX10sm. Bint bosh qismi (o„ralgan)dan va bo„sh tarafidan(uchidan) tashkil topgan. Bintli bog„lamlar. Bintli bog‘lamlarning turlari: sirkulyar – bintning yo„llari (turlari) bir-birini to„liq berkitadi; spiral – bintning har bir turi oldingisini ½ yoki 2/3 qismini berkitadi; krestsimon, sakkizsimon, boshoqsimon – bintning turlari bir-birini ko„ndalangiga yoki qiyshiqroq kesadi. Boldir va bilakka bog„lam qo„yishda spiral bog„lamning turlari notekis joylashadi. Shuning uchun har bir turdan keyin bintni aylantirib olinadi. Aylantirilib olingan joy to„g„ri chiziqda joylashishi kerak. Kaft va barmoqlarni bog„lash uchun 5 sm., bosh, elka va bilakni bog„lash uchun 7-9 sm., tana va sonni bog„lash uchun esa 8-20 sm. kenglikdagi bintlar qo„llaniladi. Download 371.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling