Mashg‘ulot. Desmugiya va transport immobilizatsiyasi reja


Download 371.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana26.02.2023
Hajmi371.05 Kb.
#1232645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Am-y, Desmurgiya

“Okklyuzion bog„lam”- ko„krak qafasi jarohatlanib, ochiq pnevmotoraks 
yuz berganda qo„yiladi. Plevra bo„shlig„iga havo kirishini to„xtatish maqsadida 
jarohatga va uning atrofidagi teriga radiusi 5-10sm bo„lgan steril salfetka uning 
ustidan kleyonka yoki sellofan qo„yib, germetik holatda bog„lanadi yoki 
yopishtirib qo„yiladi. 
 Qo„lga qo„yiladigan bog„lamlar. “Barmoqqa spiralsimon bog„lam”
mahkamlovchi tur bilakdan boshlanadi, kaftning ustki sohasi orqali qiyshiq 
yo„nalishda jarohatli barmoqning uchiga boriladi va shu erdan spiral turlar bilan 
barmoqni asosigacha yopib boriladi. Keyin kaftning ustki sohasi orqali bilakka 
boriladi va sirkulyar tur bilan tugatiladi. Hamma barmoqlarga qo„yilgan 
spiralsimon bog„lam “perchatka” ko„rinishda bo„ladi. 


“Qaytalanuvchi bog„lam”- kaft barmoqlar bilan birgalikda bog„lanadi. 
Avval bilak-panja bo„g„imi sohasida mahkamlovchi aylanma tur qilinadi. Keyin 
bint kaftning ichki qismi bo„ylab kaft va barmoqlarga tushiriladi, barmoqlarning 
uchini o„rab, kaftning ustiga o„tadi. SHu tartibda 2-3 tur qilinib, bo„g„im sohasi 
aylanma tur qilib bog„lanadi, so„ngra o„rmalovchi bog„lam ko„rinishda 
barmoqlarning uchiga borilib, u erdan spiralsimo tur ko„rinishida bilakka olib 
kelib, bog„lam tugatiladi. 
“Toshbaqasimon bog„lam”- tirsak bo„g„imiga qo„yiladi. 2 xil variantda 
bo„ladi: yig„iluvchi va yoyiluvchi. 
Yig„iluvchida mahkamlovchi tur bilakning yuqori qimiga qo„yiladi, so„ngra 
bilak va elkaga navbatma- navbat tur qo„yiladi va bog„lam markazga yig„ilib borib, 
jarog„atni berkitadi. YOyiluvchi variantida mahkamlovchi tur tirsak bo„g„imi 
orqali o„tadi. Bog„lam tirsak bo„g„imidan bukilgan holda qo„yiladi. 
“Elka bo„g„imiga boshoqsimon bog„lam”- mahkamlovchi aylanma tur elka 
suyagiga qo„yiladi. Keyin bint ko„krak qafasining oldingi yuzasi orqali qo„ltiq osti 
sohasiga, so„ngra orqadan yana elka sohasiga o„tkazilib, deltasimon muskul 
sohasida turlar kesishtiriladi, so„ngra elkadan aylantirib, shu tariqa takrorlanadi. 

Download 371.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling