“Uzangisimon bog„lam”- bu bog„lam pastki jag„ni ushlab turadi. Aylanma
mahkamlovchi turdan keyin bo„yinning orqa va yon tomonlaridan iyak sohasiga
o„tiladi va chap lunj orqali yuqoriga ko„tariladi. CHap lunjdan chakka va boshning
tepa qismiga o„tiladi, pastki iyak sog„asiga tushiriladi. Zarur vaqtlarda iyak to„liq
yopiladi va bir necha marta iyak orqali aylanma tur qilinadi.
“Ensa va bo„yinga krestsimon yoki sakkizsimon bog„lam”- Aylanma tur
bilan bint mahkamlanadi. Keyin chap quloq orqasidan qiyshiq yo„nalishda pastga
tushiriladi, bo„yinning pastki qismiga bo„yin oldiga o„tiladi va bo„yinning orqa
tomonidan bosh ustiga qarab o„ng quloq ostidan o„raladi. Bintni boshni olidan
aylantirib, chap quloq ostidan o„tkaziladi va yuqori yo„nalishda navbatlashib
davom qiladi. Bintning oxirgi uchi bosh aylanasida mahkamlanadi.
“Quloqqa bog„lam qo„yish”- peshona – ensa orqali aylantirib, sekin-asta
pastdan yuqoriga ko„tarilib boradi. Aylana tur bilan tugatiladi.
“Iyakka va burunga sopqonsimon bog„lam”- bint bo„lagining oxiridan
qirqib kelinadi. O„rta qismi qirqilmaydi. Qirqilmagan sohasi iyak yoki burunga
ko„ndalang qilib qo„yiladi. Oxirlari quloq osti va ustidan o„tkazilib bog„lab
qo„yiladi.
Ko„krak qafasiga bog„lam qo„yish. “Spiralsimon bog„lam”- 1 metr
uzunlikdagi yordamchi bint sog„ tomon ning elka kamari orqali o„tkaziladi. Bintni
ko„krakning pastki qismidan boshlab spiral shaklida aylantirib, yuqori tomonga
o„raladi, ko„krak qafasini qo„ltiqqacha o„rab, shu erda mahkam bog„lab qo„yiladi.
YOrdamchi bintning uchlari elkada birlashtiriladi.
“Ko„krakka krestsimon bog„lam”- ko„rak qafasining pastki qismidan
mahkamlovchi tur qo„yiladi. Keyin ko„krakning oldingi yuzasidan yuqoriga
qiyshiq yo„nalishda o„ngdan chap elka usti sohasiga, orqa orqali ko„ndalangiga
o„ng elka usti sohasiga va qiyshiq yo„nalishda chap qo„ltiqqa, keyin chap elka usti
orqali 2- va 3- turlarni takrorlanadi. Bog„lamning oxiri aylanma bog„lam bilan
tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |