Mashg‘ulot. Desmugiya va transport immobilizatsiyasi reja


Download 371.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana26.02.2023
Hajmi371.05 Kb.
#1232645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Am-y, Desmurgiya

Spiralsimon bog„lam – silindrik va konussimon yuzalarga qo„yiladi. 
Mahkamlovchi turdan keyin har bir keyingi tur oldingisini ½ yoki 2/3 qismini 
yopishi kerak. Konussimon yuzalarga bog„lam qo„yilganda bintni bir marta 
aylantirib olinadi. 
O„rmalovchi bog„lamjarohat maydoni katta bo„lgan hollarda boylov 
materialini mahkamlash uchun qo„yiladi. Mahkamlovchi sirkulyar turdan keyin 
turlar orasida bint kengligida bo„shliq qoldirib bog„lanadi.
Boshoqsimon bog„lamelka bo„g„imiga, qo„ltiq sohasiga, o„mrovga, 
chanoq-son bo„g„imiga qo„yiladi. 
Qaytalama bog„lamqo„l yoki oyoqning amputatsiyasidan keyin kultyaga 
qo„yiladi. Dastlab sirkulyar tur bilan mahkamlanadi, keyin oldidan orqaga qarab 
bukib, sirkulyar tur bilan mustahkamlanadi. 
Toshbaqasimon bog„lamtirsak va tizza bo„g„imlariga yarim buklangan 
holatda qo„yiladi. 
Boshga qo„yiladigan bog„lamlar. Ko„zga bog„lam qo„yish – o„ng ko„zni 
bog„laganda bintni o„ng qo„lda ushlab, chapdan o„ngga qarab bog„lanadi. 
Mahkamlovchi tur peshona orqali aylanma gorizontal yo„l bilan bog„lanadi. Keyin 
orqadan ensaga tushiriladi, quloq ostidan chakka orqali qiyshaytirib, kasal ko„zni 
berkitiladi. Bintning qiyshaygan turi aylanma tur bilan mahkamlanadi va yana 
qayiltirib, oldingi turdan yuqoriroq qilib qo„yiladi. Aylanma va qayilgan turlarini 
ketma-ket qo„yib, ko„zni berkitiladi. Chap ko„zni bog„lash uchun bintni chap 
qo„lda ushlab, o„ngdan chapga yo„naltiriladi. 
“Chepets”- boshning tepa qismi jarohatlanganda qo„yiladi. Bunda dastlab 
boshning tepa-chakka qismlaridan tushirilgan, asosiy bog„lamni mahkamlash 
uchun ishlatiladigan yordamchi bint qo„yiladi. Mahkamlovchi bog„lamdan keyin 


asosiy tur o„ng chakka sohasida yordamchi bint tagidan aylantirib, peshona orqali 
qarama-qarshi tomonga o„tkaziladi va yordamchi bint tagidan aylantirib, ensa 
orqali dastlabki holatga qaytiladi. Va yana yordamchi bint atrofida aylantirib
oldingi turdan yuqoriroqdan yangi tur boshlanadi. SHu tarzda davom ettirilib, 
boshning hamma qismi yopiladi. Keyin asosiy bint aylanma tur bilan yordamchi 
bintga mahkamlanadi. YOrdamchi bintning uchlari iyak ostida bog„lab qo„yiladi. 

Download 371.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling