Mashg‘ulot. Desmugiya va transport immobilizatsiyasi reja


“Bilak-panja bo„g„imiga krestsimon bog„lam”


Download 371.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana26.02.2023
Hajmi371.05 Kb.
#1232645
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 Am-y, Desmurgiya

“Bilak-panja bo„g„imiga krestsimon bog„lam”- bilakning pastki qismida 
mahkamlovchi tur qilinib, kaft tomonga qiyshiq yo„nalishda boriladi, so„ngra bitta 
aylana tur qilinib, kaftdan yana oldingi turga kesishgan holda bilakka boriladi, shu 
tariqa takrorlanadi va bilakda tugatiladi. 
Oyoqqa qo„yiladigan bog„lamlar. “Tovonga qaytalama bog„lam”- 
mahkamlovchi tur to„piqqa qo„yiladi, so„ngra bint tovonning yon tomonidan 
aylantirilib, barmoqlarning uchidan boshlab spiralsimon tur bilan berkitiladi va 
to„piq sohasida tugatiladi. 
“Bosh barmoqqa spiralsimon bog„oam”- mahkamlovchi tur to„piqqa 
aylantiriladi. Tovonning ustki yuzasi orqali bint bosh barmoqni aylantirib 
o„tkaziladi, uning uchidan boshlab spiralsimontur barmoqning asosigacha o„rab 
boriladi va to„piq atrofida mahkamlab qo„yiladi. 
“Boldir-tovon bo„g„imiga krestsimon bog„lam”- To„piqdan yuqoriroqdan 
mahkamlovchi tur bog„lanadi, so„ngra tovon ustidan qiyshiq yo„nalishda 
tushiriladi, tovondan aylantiriladi, tovon ustidan boldirga qarab ko„tariladi, krest 
hosil qilinadi. SHunday turlar bilan tovonni yopiladi, to„piq atrofida aylanma tur 
bilan tugatiladi. 
“Tizza bo„g„imiga toshbaqasimon bog„lam”- tizza bo„g„imi yarim bukilgan 
holatda qo„yiladi. Tizza qopqog„i ustida mahkamlovchi tur bog„lanib, proksimal va 
distal yo„nalishda tarqab boradi. Tizza bo„g„imi ochilgan holatda sakkizsimon 
bog„lam qo„yiladi. Bo„g„im ustida va ostida aylanma tur tizza qopqog„i ustida 
kesishtiriladi. 
Bintsiz bog„lamlar. “Kosinkali(uchburchak ro„mol) bog„lam”- standart 
kosinkalar 136x100x100 sm o„lchamda chiqariladi. Kosinka bilan tananing turli 
sohalariga bog„lam qo„yish mumkin. Ko„pincha qo„lni osib qo„yish uchun 
qo„llaniladi. Bunda kosinkaning o„rtasi bilak ostidan o„tkaziladi, bilak tirsak 
bo„g„imida buklangan bo„ladi. Kosinkaning burchagi tirsakka yo„nalgan bo„ladi, 


uchlari bo„yinda bog„lanadi. Burchagi to„g„nog„ich yordamida old tomondan 
to„g„nab qo„yiladi. 

Download 371.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling