1. O‘lchash bu
1. O‘lchash bu –
a) maxsus texnikaviy vositalar yordamida tajriba yo‘li bilan fizikaviy kattalikning qiymatini topish
b) o‘lchash natijasining o‘lchanayotgan kattalik mutloq qiymatiga yaqinligi
c) bir xillikni ta’minlash va talab etilayotgan aniqlikka erishish yo‘li
d) berilgan kattalikni boshqa kattalik bilan solishtirish
2. Metrologiya ….. fan
a) o‘lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi
b) aniq o‘lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari to‘g‘risidagi
c) sifatni o‘lchash hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari to‘g‘risidagi
d) vositaviy o‘lchashlar to‘g‘risidagi
3. Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqib,bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining kengligi nima deb ataladi?
a) ladon
b) fut
c) pyad
d) qarich
4. Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqib, yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar orasidagi masofa nima deb ataladi?
a) pyad
b) ladon
c) fut
d) qarich
5. Eng qadimgi o‘lchash birliklari - antropometrik, ya’ni insonning muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqib, oyoq tagining uzunligi nima deb ataladi?
a) fut
b) ladon
c) pyad
d) qarich
6. Fizik kattalik –
a) Sifat tomonidan fizikaviy obyektlarga nisbatan umumiy, miqdor tomonidan har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossa
b) Obyektga tegishli xossalarning sifat va miqdoriy tomonlarini to‘la ifoda qiladigan fizikaviy kattalikning qiymatidir
c) Fizikaviy kattalikning haqiqiy qiymati tajriba orqali topilib, chinakam qiymatga juda yaqin bo‘lgan fizikaviy kattalikning qiymatidir
d) Kattalik tizimiga kiradigan va kattaliklari orqali ta’riflanadigan fizikaviy kattalikdir
Do'stlaringiz bilan baham: |