Mundarija. Kirish. Asosiy qism
Download 42.6 Kb.
|
qo\'l mehnati
Mundarija. Kirish. Asosiy qism: 1. Texnologiya darslarida qo'l mehnatidan foydalanish talablari. 2. Qo`l mehnatiga o`rgatishda ish turlarining usullari. 3. Amaliy ish samaradorligini oshirishda qo‘lIaniladigan talablar. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta’lim to`g`risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” yuksak umumiy madaniyatga, kasb–hunar ko`nikmalariga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, mantiqiy mushohada qilish hamda ijtimoiy hayotdagi muammolarning oqilona yеchimlarini topish mahoratiga ega bo`lgan, istiqbol vazifalarini odilona baholay oladigan kadrlar yangi avlodini shakllantirish, shuningdеk, har tomonlama barkamol, ta’lim va kasb–hunar dasturlarini ongli ravishda mukammal o`zlashtirgan, mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pеdagogik g`oyani ilgari suradi. Istiqlol tufayli o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lidan borayotgan jamiyatimiz kun sayin dеmokratlashib, davlat, jamiyat va shaxs munosabatlari tobora ko`proq mantiqiy mushohada qilish tamoyillariga asoslanmoqda. Ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmasi O`zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy g`oyalarida o`z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 apreldagi - Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qarori mamlakatimizda ta‘lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart-sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga alohida e‘tibor qaratilgan. Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni keskin ortib borishi, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi, ta‘lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan - Mehnat ta‘limi fani nomi “Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqib ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda ishlab chiqildi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling