Mundarija. Kirish. Asosiy qism
Amaliy ish samaradorligini oshirishda qo‘lIaniladigan talablar
Download 42.6 Kb.
|
qo\'l mehnati
3. Amaliy ish samaradorligini oshirishda qo‘lIaniladigan talablar
Yangi pedagogik texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta`lim tarbiya jarayonida foydalanish ma`lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiyaning o`ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko`rsatib beradi. Ta`lim prinsiplari o‘quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o`qituvchi va o`quvchi faoliyatiga, barcha o`quv predmetlarini o`qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qoidalardir. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo`lib, ular ta`limning barcha turlari: (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang`ich, o`rta, o`rta maxsus, oliy), sub`ektlari (o`qituvchi, o`quvchilar jamoasi), o`quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlari(ta`limning maksadi, vazifasi, natijalariga dahldor umumiy qoidalardir. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari: - kafolatlangan yakuniy natija, ta`limning mahsuldorligi, to‘g‘ri va teskari aloqaning mavjudligi; - ta’lim maqsadining aniq shakllanganligidan iborat. Texnologiya kishilar tomonidan qandaydir vazifalarni bajarishda turli xil usullar ko`rinishini ifodalaydi. Pedagogik texnologiya tamoyillarining o‘ziga xos xususiyatlarini quyida ko'rib o'tamiz. Ilmiylik tamoyili bu tamoyil har qanday o‘quv predmeti, o‘quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o‘quv dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Loyihalanish tamoyili bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu o‘quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini - o‘quv jarayoni grafigi; ishchi o‘quv reja; fanning ishchi o‘quv dasturi; fanning, bo‘limlarning, tayanch iboralarining o‘quv maqsadlari toifalari; o‘qitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni baholash - oldindan yaratishni anglatadi. Tizimlilik tamoyili pedagogik texnologiya, o‘quv jarayonining barcha elementlarini qamrab olishi bilan alohida ajralib turadi. Tizimlilik tamoyilining mohiyati shu bilan ifodalanadi. O‘quv jarayonining barcha elementlari, ularning o‘zaro bog‘liklik sharti asosida yagona tizim kabi loyihalanadi. Bunda o‘quv jarayonning barcha elementlari tuzilmasi, tashkil etilishi va faoliyati - talabalarni o‘qitishga rag`batlantiradi. Maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili o‘quv jarayoni maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Maqsad ham qonun kabi odamning xarakteri va harakat usulini aniqlashi zarur. Buning uchun o‘rnatiladigan maqsad, aniq va o‘lchaniladigan bo‘lishi shart. Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim texnologiyalari uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o‘quvchilarda zaruriy sifatlarni shakllanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion faoliyatiga yo‘naltirishga e’tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” va “Innovatsion ta’lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab chiqishni talab etadi: innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari – bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi. Innovatsion ta’lim – bu shunday innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovsion faoliyati natijasi bo‘lib, o‘qitilayotganlar innovatsion g‘oyalarini yaratuvchisi (generatsiya) xisoblanadi; ishlab chiqarishning monoinnovatsionligi (mutaxassislar innovatsiyasi) ta’limning monoinnovatsion -(pedagog innovatsiyasi) emasligiga to‘g‘ri keladi, uning innovatsiyaligi, pedagog innovatsiyaligi, ularning oqibati, o‘qitilayotganlarning innovatsiyasidir. Bu o‘rinda masalaning dolzarbligi mavjud “mono”innovatsion ta’lim texnologiyalarini “bi”-innovatsion xolatigacha rivojlantirishdan iborat. Bular bir qator chet el o‘quvchilari misolida ular tomonidan yaratilgan tajribalar, ixtirolar misolida o‘z amaliy isboti bilan tasdiqlangan. Boshlang’ich sinflarda mehnat tahlimiga tayyorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bo’lib o’z oldiga qo’yidagi maqsadlarni qo’yadi. a) Bolarning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to’g’risidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash; b) Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o’z ishi va o’rtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish. Dasturda turtta asosiy ish turlari bor. 1.Qog’oz va karton bilan ishlash. 2.Turli materiallar bilan ishlash. 3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash. 4.Texnikaga modellash. 5. Qishloq xo’jaligi mehnati. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish bo’limi o’zlarining kiyim-kechaklariga va turar joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni o’z ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida utkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad o’qituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday qo’llayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir. Texnikaga oid mehnat bulimi mehnatning quyidagi turlarini: qog’oz va karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli xil materiallardan plastilin, tabiiy va neorganik materiallar somon, quritilgan barglar, patlar, chig’onoq, loy, qum, tsement,yog’och, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni o’z ichiga oladi. Bolalarga buyumlarni yasash tartibi haqida, yahni yig’ish, ishlov berish to’g’risida, ishlatib ko’rish xato va kamchiliklarni yo’qotish haqida ish urnini tashkil qilish va boshqalar to’g’risida tasavvur hosil bo’ladi. Bu elementlarning barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy uyinchoqlar tayyorlashda qo’llaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini o’stiradi, To’plangaen mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bog’lashlariga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi mehnati bu darslarda o’quvchilar sinfdagi jonli tabiat burchagi va maktab tajriba hovlisida o’simliklarni o’stirishga, ko’paytirishga va parvarishlashga oid ishlar bilan shug’ullanadilar. Mehnat tahlimi dasturi talablari quyidagilarni o’z ichiga oladi. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin bo’lgan dasturda ko’rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi. Barcha o’quvchilarni darsda band qilish imkoniyati. Mehnat tahlimining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko’nikmalari aks ettirilgan bo’lib, unga qarab maktab o’quvchisi, o’qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O’qituvchi o’quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi. Mehnat tahlim yo’nalishlaridan birinchisi bolada va o’smirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to’g’risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi. Mehnat tahlimining yo’nalishining ikkinchisi, o’quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to’g’risidagi tasvvurlarni shakllantirish. Mehnat tahlimining yo’nalishining uchunchisi esa hozirgi zamon o’quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo’lishni shakllantirish, uni qishloq xo’jaligi sohasidagi malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish kerak. Mehnat tahlimi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko’nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo’lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat madaniyatiga qaratilgan barqaror yo’l yo’riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o’quvchilarni halq xo’jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir. Mehnat tahlimi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning yoshi, funktsional imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiega muvofiq ravishda ko’p tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U qo’ydagilarni taqozo etadi. Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda bo’lishni, o’z maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish; Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan psixo-fizologik funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo’lgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish; Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda shakllantirish; Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to’plash; SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash; Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish; Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish. Xulosa. Yangicha dunyoqarash xalq ta’limida ilgari surilgan uzluksiz ta’lim va shaxs xislatlarini ijodkorlik ta’limi orqali rivojlantirishda ta’lim nazariy asosi oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi. Xalq ta’limi tizimini tubdan o‘zgartirish, uning rivoji uchun pedagogik, uslubiy, psixologik sharoitlarni yaratish talab etiladi. Kurs ishidan shu narsa aniq ravshanki, har qanday ilmiy xulosa tajriba va ilmiy tadqiqotlarga asoslanadi. Pedagogikada, xususan ta’lim va tarbiyada ilmiy tadqiqotlar hech qachon to‘xtamaydi va uzluksiz davom etaveradi. Texnologiya o'qitish metodikasi fan sifatida maktab va boshqa o‘quv yurtlarining faoliyati, uning maqsadi, dasturiy ma’nosi, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati, tashkiliy shakl hamda ijtimoiy sharoitlar xizmat qiladi. Didaktik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchilarning hatti-harakatlaridan iborat. Bunday faoliyat natijasida o‘quvchilar bilim, iqtidor va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, o‘z dunyo qarashini, shaxsiy qadriyatlar tizimini shakllantiradilar. Taxsil natijasida o‘quvchi shaxsining turli xislatlari shakllantiriladi. Bunday o‘zgarishlarni kuzatish, hisobga olish pedagogik tadqiqotlarnnig asoslaridan hisoblanadi. Yuqoridagi o‘zgarishlar, o‘qituvchining didaktik faoliyati ta’siridagi va o‘z shaxsiy hattiharakatlari ta’siridagi o‘zgarishlar orasidagi qonuniyatlarni ochishga, ularni taxlil qilishga imkon beradi. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning o‘quvishlari sharoitlari, harakatlari, ta’limmazmuni, metod va vositalari orasidagi bog‘liqliklar, tabiat qonuniyatlari qanday ob’ektiv xarakterga ega bo‘lsa, shunday ob’ektiv xarakterga egadir. Ta’lim va tarbiyaga taalluqli hatti-harakatlarni tafakkurga asoslanib taxlil qilish pedagogika va didaktika da yagona usul hisoblanishini Yan Amos Komenskiyning «Buyuk didaktika», K.D.Ushinskiyning «Inson tarbiya fanisifatida» asarlarida ko‘rish mumkin. O‘quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosalar chiqarish uchun muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajribaga asoslanish zarur. Ayniqsa bu jarayonlarda o'qituvchilardan ko'p mehnat va kreativlik talab etiladi. Dars jarayonda o'qituvchilar turli xil innovatsion metodlardan foydalanib bilim berish, o'quvchilarga samarali, oddiy usulda mavzuni tushuntirish asosiy talablardan biri hisoblanadi. Bu kurs ishida men bir qancha metodlarni keltirib o'tdim va o'qituvchi asosan ko'rgazmali, multimediyalardan foydalansa, o'quvchilar ham ko'rib, ham eshtib ko'proq bilimga ega bo'ladilar. Inter faol usullar orqali ta’lim samaradorligi oshadi, o’qituvchi va talaba o’rtasida o’zaro hamkorlik; talabalarda erkin ijodiy fikrlash ko’nikmalari rivojlanafi va shaklladi. Bu innavation yondashuvda talaba shaxsi ta’limda markaziy figuraga aylanadi. O’qilishda noan’anaviy shakllar interfaol usullarni 3 guruhga ajratish mumklin: o’qitishda hamkorlik, modellashtirish, o’rganishning tatqiqot modeli. Bugungi kun talabi ham o'qituvchilardan interfaol metodlardan, axborot texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tishlari, hamda o'zaro tajriba almashishlari zarurligini ko'rsatib bermoqda. Ana shundagina kelajak avlod bilimli va talabchan bo'lib voyaga yetadi, Vatanning koriga yaraydigan inson bo'lib voyaga yetadi. Download 42.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling