6. YOrdam ko„rsatilayotganda bemorning yuzini kuzatib borish kerak.
7. Bintning bosh qismi o„ng qo„lda, uchi chap qo„lda bo„lishi kerak.
Shaxsiy bog‘lov xaltasi. Ommaviy shakstlanish ro„y bergan sharoitlarda
jarohatga dastlabki bog„lamni qo„yishda shaxsiy bog„lov xaltasidan foydalaniladi.
U
ikkita steril, o„lchami 15x15 sm. bo„lgan paxta-dokali yostiqchadan va unga
biriktirilgan kengligi 7-10 sm. steril bintdan iborat. Bintning bir tomoni 1 ta
yostiqchaga biriktirilgan bo„lib, ikkinchi yostiqcha bint bo„ylab harakatlantiriladi.
Bint yostiqchalar bilan birrga pergament qog„ozga
joylashtirilib, rezinali material
bilan chetlari yopishtirilgan.
Shaxsiy boylov xaltasini qo‘llash qoidasi:
1. Rezinali material qavatini
kesilgan joyidan ochilib, olib tashlanadi.
2. Qog„ozli qavatdagi to„g„nog„ich olinadi.
3. Chap qo„l bilan bintning uchini ushlab, bintning bosh qismi ochiladi.
4. O„ng qo„l bilan bintning bosh qismini ushlab xaltacha ochiladi.
5. Yostiqchalarning rangli ip bilan tikilgan tomonigagina qo„l
bilan tegish mumkin,
yostiqchani kerakli masofaga surtish mumkin.
6. Yostiqchalarni jarohatga qo„yib, bint bilan bog„lanadi, bintning oxiri
to„g„nog„ich bilan mustahkamlanadi.
Sirkulyar bog„lam – silindrik yuzalarga qo„yiladi.
Bundan bintning har bir
turi oldingisini to„liq yopadi.
Do'stlaringiz bilan baham: