24-Mavzu: Valeriana va ermon nastoykalarini tayyorlash texnologiyasi


Download 255 Kb.
bet1/2
Sana26.05.2020
Hajmi255 Kb.
#110379
  1   2
Bog'liq
6-Мавзу


24-Mavzu: Valeriana va ermon nastoykalarini tayyorlash texnologiyasi.
1-laboratoriya ishi

Valeriana nastoykasi

TincturaValerianae

Vazifa.

1. 25 ml valeriana nastoykasini VNIIF usulida tayyorlang.

2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

Tarkibi.

Valeriananing maydalangan ildizi

va ildizpoyasi - 200,0 g

70% lietilspirti - 1 lnastoykaxoilbo‘lguncha.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

1. 5,0 g maydalangan va changdan tozalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.

2. Perkolyator - 1 ta.

3. Hajmi 200 ml bo‘lgan yig‘gich kolba.

4. Shisha tayoqcha, filtr qog‘ozi, doka va shinni bo‘lakchalari.

5. 70% li etil spirti - etarli miqdorda.

6. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi:

Perkolyator tubiga 3-4 qavatli doka joylashtirilib, ajratuvchi bilan namlanadi (70% li etil spirti).



5,0 g maydalangan va changdan tozalangan (1-8 mm) valeriana ildizi va ildizpoyasi, perkolyatordagi doka ustiga bir me’yorda joylashtiriladi va shisha tayoqcha bilan zichlanadi. Ish jarayonida xom ashyo yuzaga qalqib chiqib ketmasligi uchun, uning ustiga filtr qog‘ozi qo‘yilib, 3-4 dona shinni bo‘lakchalari bilan botirib qo‘yiladi. Xom ashyo ichidagi xavoni chiqarib yuborish uchun perkolyatorning jo‘mragi ochilib, suyuqlik tusha bohlagunga qadar toza ajratuvchi quyiladi va suyuqlik tusha bohlagach, jo‘mrak berkitilib, “oynasimon yuza” xoil bo‘lguncha (xom ashyo ustidan 1-2 sm qalinlikda)toza ajratuvchi quyiladi. Jo‘mrakdan oqib chiqqan suyuqlik qaytadan perkolyatorga solinadi va perkoloyatorning usti 2 qavatli polietilen bilan berkitilib, 24 soatga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng, umumiy olinishi lozim bo‘lgan tayyor maxsulotning 1/4 qismiga teng miqdorda (6,25 ml) ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga yana “oynasimon yuza” xoil bo‘lguncha toza ajratuvchi quyilib, 1-1,5 soatga qoldiriladi. So‘ng yana 1/4 qism ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana ikki marta takrorlanib, olingan ajratmalar birlashtiriladi. Agar umumiy hajm 25 ml ga etmasa, toza ajratuvchi ya’ni 70% li spirt bilan etkaziladi. Tayyor ajratma begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-100S) bir kunga tindirib qo‘yiladi. Keyin ajratma quruq shisha idishga qat-qat filtr qog‘ozi orqali filtrlanadi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.

Полотно 775

2-laboratoriya ishi

Valeriana nastoykasi

TincturaValerianae

Vazifa

  1. 100 ml valeriana nastoykasini girdob usulida tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

Tarkibi.

Valeriananing maydalangan ildizi

va ildizpoyasi - 200,0 g

70% lietilspirti - 1 lnastoykaxoilbo‘lguncha.



Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. 20,0 g maydalangan valeriana ildizi va ildizpoyasi.

  2. RT-2 to‘qima mikromaydalagich.

  3. Sekundomer.

  4. Doka va varonka.

  5. Hajmi 200 ml bo‘lgan shisha idish.

  6. 70% li etil spirti - etarli miqdorda.

  7. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi:

Ajratma aralashtirish tezligi daqiqasiga 3000-5000 bo‘lgan RT-2 to‘qima mikromaydalagich asbobida olinadi.

100 ml nastoyka tayyorlash uchun 20,0 g maydalangan (1-8 mm) xom ashyo asbobga joylanib, shimish ko‘rsatkichini hisobga olgan xolda 130 ml 70% li etil spirti quyiladi. Asbob 5 daqiqa ishlatilib, 10 daqiqa to‘xtatiladi. Bu xolat 4 marta qaytariladi. Ajratma tagiga paxta va 2 qavatli doka solingan varonka orqali suzilib, xom ashyo siqiladi. Agar xoil bo‘lgan nastoyka 100 ml dan kam bo‘lsa, xom ashyo 70% li spirt bilan yuvilib, siqib, kerakli hajmga etkaziladi. Nastoyka zich berkitiladigan shisha idishga solinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10o da) 3-4 kunga qoldiriladi. So‘ngra qat-qat filtr orqali shisha idishga suziladi va baholanadi. Ishlatilgan xom ashyodan spirt suv yordamida yuvib olinadi.

Masala. 150 ml belladonna nastoykasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan xom ashyo va ekstragent miqdorini toping (K sarflanish 2).

Echish.

Belladonna kuchli ta’sir etuvchi modda saqlaganligi sababli 1:10 nisbatda tayyorlanadi.

1 : 10 1 . 150

X: 150 X` ---------` 15 g xom ashyo.



10

V ` 150 + 15 . 2 ` 180 ml 40% li etil spirti.



Tayyorlash jarayoni tasviri.

Полотно 711

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling