24-Mavzu: Valeriana va ermon nastoykalarini tayyorlash texnologiyasi


Download 255 Kb.
bet2/2
Sana26.05.2020
Hajmi255 Kb.
#110379
1   2
Bog'liq
6-Мавзу


3-laboratoriya ishi

Ermon nastoykasi.

Tinctura Absintii.

Vazifa.

  1. 50 ml ermon nastoykasini markazdan qochma kuchga asoslangan usul yordamida tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

Tarkibi.

Ermon o‘simligining er ustki qismi -200,0 g.

70% li etil spirti - 1 l nastoyka xosil bo‘lguncha.

Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.


  1. 10,0 g ermon o‘simligining er ustki qismi.

  2. Kofe maydalagich.

  3. Stakan.

  4. SHarbat oluvchi SV-1 asbobi.

  5. 70% li etil spirti - kerakli miqdorda.

  6. SHisha tayoqcha, qat-qat filtr qog‘ozi.

  7. Tosh va tarozi.

Ishni bajarish tartibi.

Bu usul mumkin qadar maydalangan xom ashyodan (maydalik darajasi 0,25 mm va undan kichik) foydalanishga va ajratmani sharbat oluvchi SV-1 asbobi yordamida ajratib olishga asoslangan.



10,0 g erman o‘simligining er ustki qismi kofe maydalagichda 45 soniya davomida maydalanadi. Xosil bo‘lgan talqonning 70% 0,25 mm dan mayda va 30% 0,25 mm dan yirik bo‘ladi. Maydalangan talqon 100 ml li stakanga solinadi, ustiga 65 ml 70% li spirt solib, shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va bo‘kish uchun 5 daqiqaga usti yopiq xolda qoldiriladi. So‘ngra stakandagi massa sharbat ajratuvchi asbobga o‘tkaziladi. Asbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirrillamasligi) uchun massa idishga bir tekisda joylashtiriladi va qopqog‘i yopiladi. So‘ngra asbob 30 soniya elektr tarmog‘iga ulanadi. Ajratma asbob tarnovchasidan yig‘ib olinib, begona moddalardan tozalash uchun salqin joyda (8-10oS) 1 kun muddatga qoldiriladi. Keyin qat-qat filtr qog‘ozi orqali idishga suziladi, baholanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.

Полотно 665
Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling