9-Mavzu: Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish 1-laboratoriya ishi
Download 29.81 Kb.
|
II tarqatma 9
9-Mavzu: Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish 1-laboratoriya ishi. Mingdevona moyli ekstrakti-Extractum Hyoscyami oleosum. Vazifa. 10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi - 100,0 g. 95 yoki 70% li etil spirti -yetarli miqdorda. Ammiak eritmasi - yetarli miqdorda. Kungaboqar moyi - 1000,0 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi. 95 va 70% li etil spirtlari. Ammiak eritmasi. Kungaboqar moyi. Og’zi keng shisha idish. Chinni kosacha va shisha tayoqcha. Suvsizlantirilgan natriy sulfat. Suv xammomi. Ishni bajarish tartibi. Og’zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 9,66 ml 95% li etil spirti va 3 qism 10% li ammiak eritmalaridan tayyorlangan aralashma quyiladi. Massa shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So’ng massa chinni kosachaga o’tkazilib, ustiga 100,0 g kungaboqar moyi, 2,5 g suvsizlantirilgan natriy sulfat solinadi va suv xamomida spirt, ammiak va suv to’liq bug’laguncha aralashtirilib turiladi. Spirt, ammiak va suv to’liq uchib ketganda ajratma tiniq bo’lib qoladi va bargni barmoq orasiga olib ezganda qisirlaydi. So’ng moyli ajratma 2 qavatli doka orqali suzilib, xom ashyo siqib olinadi, ajratma issiq xolda quruq idishga suziladi. Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (121-bet) 8 (137-bet) adabiyotlardan Olindi. Tayyor mahsulotning tavsifi. Yashil yoki qo’ng’ir yashil rangli tiniq moysimon suyuqlik bo’lib, o’ziga xos hidga ega. Chinligi. Preparat xlorid kislota bilan benzin aralashmasida chayqatiladi. Suvli qatlam ajratib olinadi. Unga xloraform va pikrin kislota qo’shib qattiq chayqatiladi, so’ng xloraform qavati tindirib qo’yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o’tib sariq rang xosil qiladi (atropin gruppasi alkaloidlari). Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong’i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Faqat og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida liniment dori shaklida beriladi. Tayyorlash jarayoni tasviri. Download 29.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling