Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish. Maqsad
Download 103.97 Kb. Pdf ko'rish
|
9-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning ahamiyati.
- 1-laboratoriya ishi Mingdevona moyli ekstrakti Extractum Hyoscyami oleosum.
- Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar.
- Ishni bajarish tartibi.
- Qadoqlash.
Moyli ekstraktlar. Mingdevona moyli ekstraktini ishlab chiqarish. Maqsad. Dorivor o‘simlik xom ashyosidan olinadigan moyli ekstraktlarni tayyorlash usullari, texnologiyasi va sifatini baxolash bo‘yicha umumiy ko‘nikmaga ega bo‘lish. Korxona sharoitida ishlab chiqarilgan ekstrakt- konsentratlardan dorixona sharoitida damlama va qaynatmalar tayyorlash qulay ham oson. Sababi dorivor o‘simlik xom ashyosi hamma vaqt ham dorixonada bo‘lmasligi mumkin. Bu jihatdan korxona sharoitida ekstrakt-konsentratlar tayyorlash va dorixonalarni ular bilan o‘z vaqtida ta’minlash ahamiyatlidir. Mavzuning ahamiyati. Asosiy ta’sir etuvchi moddasi moyda eriydigan dorivor o‘simliklardan TDV larini tayyorlashda, ulardan moyli ekstraktlar tayyorlash ham qulay ham unumlidir. Bu dori vositalarini nafaqat ichish uchun balki tashqi maqsadlar uchun ham ishlatilishi, bu dori turini naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi. 1-laboratoriya ishi Mingdevona moyli ekstrakti Extractum Hyoscyami oleosum. 1.
10,0 g mingdevona bargidan mingdevona moyli ekstraktini tayyorlang. 2.
Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing. 3.
Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring. Tarkibi. Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi - 100,0 g. 95 yoki 70% li etil spirti
- etarli miqdorda. Ammiak eritmasi
- etarli miqdorda. Kungaboqar moyi
- 1000,0 g. Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar. 1.
Quritilgan, yirik maydalangan mingdevona bargi. 2.
95 va 70% li etil spirtlari. 3.
Ammiak eritmasi. 4.
Kungaboqar moyi. 5.
Og’zi keng shisha idish. 6.
Chinni kosacha va shisha tayoqcha. 7.
Suvsizlantirilgan natriy sulfat. 8.
Suv xammomi. Ishni bajarish tartibi. Og’zi keng shisha idishga 10,0 g yirik maydalangan mingdevona bargi solinadi va ustiga 9,66 ml 95% li etil spirti va 3 qism 10% li ammiak eritmalaridan tayyorlangan aralashma quyiladi. Massa shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi va 12 soat uy xaroratida qoldiriladi. So’ng massa chinni kosachaga o’tkazilib, ustiga 100,0 g kungaboqar moyi, 2,5 g suvsizlantirilgan natriy sulfat solinadi va suv xamomida spirt, ammiak va suv to’liq bug’laguncha aralashtirilib turiladi. Spirt, ammiak va suv to’liq uchib ketganda ajratma tiniq bo’lib qoladi va bargni barmoq orasiga olib ezganda qisirlaydi. So’ng moyli ajratma 2 qavatli doka orqali suzilib, xom ashyo siqib olinadi, ajratma issiq holda quruq idishga suziladi.
Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 6 va (121-bet) 8 (137-bet) adabiyotlardan Olindi.
bo’lib, o’ziga xos hidga ega. Chinligi. Preparat xlorid kislota bilan benzin aralashmasida chayqatiladi. Suvli qatlam ajratib olinadi. Unga xloraform va pikrin kislota qo’shib qattiq chayqatiladi, so’ng xloraform qavati tindirib qo’yiladi, bunda pikratlar shu qavatga o’tib sariq rang xosil qiladi (atropin gruppasi alkaloidlari). Qadoqlash. 15-20 kg dan shisha idishlarda chiqariladi. Saqlanishi. Zich berkitilgan idishlarda, salqin qorong’i joyda saqlanadi. Ishlatilishi. Faqat og’riq qoldiruvchi dori vositasi sifatida nevralgiya va bod kasalliklarida liniment dori shaklida beriladi.
Download 103.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling