Bir yerda qancha materiya kamaysa, ikkinchi bir yerda shuncha materiya ortadi


Download 12.5 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi12.5 Kb.
#1134109
Bog'liq
8-$ uchun Modda massasini saqlanish qonuni


Modda massasini saqlanish qonuni: (Lomonosov-Lavuaze qonuni) Modda hech qachon bordan yo’q, yo’qdan bor bo’lmaydi.”bir yerda qancha materiya kamaysa, ikkinchi bir yerda shuncha materiya ortadi” degan fikrni mil. avv. V asrda yunon olimlari aytib o’tgan. Keyinchalik Lomonosov o’zining kimyoviy barcha tajribalarida tarozilardan foydalanadi va reaksiya uchun olingan moddalar massasini reaksiyadan hosil bo’lgan moddalar massasiga solishtiradi, shu bilan u moddalarning umumiy massasi o’zgarmasligini, yo’qolmaslik prinsipini aniq miqdoriy tajribalarda isbotladi va miqdoriy tahlil usulini kimyoga 1-bo’lib kiritdi. U tajribalarini og’zi suyuqlantirib berkitilgan idishlarda (metallarni qizdirish tajribalarini) olib boradi (1748-yil):
Kimyoviy reaksiyalarga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya natijasida hosil bo’layotgan moddalar massasiga tengdir.”
Masalan: Fe + S = FeS
14g + 8g =22g


Tarkibning doimiylik qonuni.M.V.Lomonosovning moddalar massasining saqlanish qonuni kashf etilgandan keyin moddalar muayyan miqdorda birikadimi yoki har qanday miqdorda ham birikaveradimi degan savollarga XIX asr olimlari qiziqib qoladilar. Bu masala ustida bir qancha tajribalar o’tkazgan fransuz olimi J.Prust 1799-1808-yillardagi tekshirishlariga asoslanib, moddalar ma’lum miqdordagina reaksiyaga kirishadi, murakkab moddalar tarkibiga kirgan element atomlari o’zgarmasdir degan fikrni bildiradi.
Masalan, suv qanday yo’l bilan olinishidan qat’iy nazar uning tarkibiga kirgan H va O midori o’zaro 2:1, massa nisbati esa 1:8 bo’ladi. Demak, har qanday birikmaning tarkibi doimiydir. Bu tarkibning doimiylik qonuni deyiladi.
Kimyoning rivojlanishi shuni ko’rsatidiki, o’zgarmas tarkibli birikmalar bilan bir qatorda, o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo’lar ekan. N.S.Kurnakovning taklifiga ko’ra, o’zgarmas tarkibli birikmalar daltonoidlar (ingliz olimi dalton nomiga), o’zgaruvchan tarkiblari – bertoloidlar (shunday birikmalar borligini oldindan 1808-yilda aytgan fransuz kimyogari Bertolle sharafiga) deb ataladi.Daltanoidlar tarkibidagi atomlar butun sonlar nisbatida bo’ladi: H2O, HCl, HJ, CO2. Bertolloidlarning tarkibi o’zgarib turadi va atomlar butun sonlar nisbatida bo’lmaydi.
Masalan: UO3 ning haqiqiy tarkibi UO2,5 dan UO3 gacha bo’ladi. Olinish sharoitiga qarab, vannadiy(II)oksidning tarkibi VO0,9 dan VO1,3 gacha
bo’lishi mumkin. Yoki sirkoniy azot bilan birikib ZrN0,59, ZrN0,69, ZrN0.74 va ZrN0,89 nitridlar hosil qiladi. Bertoloidlar oksid va nitridlardan tashqari gidrid, sulfid, karbid, siluid va kristall sturukturaga ega bo’lgan boshqa anorganik birikmalar orasida ham uchraydi.
Tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflanadi: molekular tarkibli, ya’ni molekulalardan tuzilgan birikmalarning tarkibi olinish usulidan qat’i nazar o’zgarmas bo’ladi. Nomolekular tarkibli (atomli, ionli va metall panjarali) birikmalarning tarkibi esa o’zgarmas bo’lmaydi va olinish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Vannadiy (II) oksidning tarkibi temperaturga va sintezda kislorodning bosimiga qarab o’zgaradi.
Karrali nisbatlar qonuni. 1803-yilda J.Dalton tomonidan kashf qilindi.
Agar ikki element bir-biri bilan nir necha kimyoviy birikma hosil qilsa, bu birikmadagi bir element massasiga to’g’ri keluvchi boshqa element massalari o’zaro kichik butun sonlar nisbatida bo’ladi.
Download 12.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling