20–laboratoriya ishi. Amilazani kraxmalga ta'siri, kartoshka tarkibidagi tirozinazani aniqlash


Download 233.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.03.2023
Hajmi233.93 Kb.
#1297917
  1   2   3   4
Bog'liq
laboratoriya ishi-20



20–LABORATORIYA ISHI.
Amilazani kraxmalga ta'siri, kartoshka tarkibidagi tirozinazani aniqlash.
 
1- Laboratoriya ishi. Amilazaning kraxmalga ta’siri. 
 
Amilaza fermenti kraxmalni qandgacha parchalaydi. Amilaza fermentining 
muhim manbaalaridan biri don o’simliklari hisoblanadi. Ular quruq donda va 
ayniqsa unayotgan donlarning tarkibida ko’p miqdorda to’planadi. Unayotgan 
donlar tarkibidagi fermentlar eng yuqori aktivlikka ega bo’ladi. Kraxmal yod bilan 
ko’k rang beradi, uning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan dekstrin zarrachalar 
katta-kichikligiga qarab yod bilan binafsha, qo’ng’ir-qizil, sarg’ish va sariq 
ranggacha (yodning suvdagi rangi) o’zgaradi. SHuning uchun agar kraxmal 
eritmasiga amilaza fermentidan qo’shilsa maъlum vaqt ichida yod taъsirida 
aralashma avval ko’k, keyin esa binafsha, qizil, sarg’ish va sariq ranggacha 
o’zgaradi 
Kerakli asboblar; 
9 ta probirka, pipetka,sekundomer.
 
Reaktivlar: 
ferment shirasi (5-10) gramm ungan don yoki 5 kunlik don 
maysalari yaxshilab maydalanadi va kolbaga solinib ustiga 100 ml distillangan suv 
quyiladi. Yaxshilab aralashtirilib 30 minut davomida qoldiriladi, so’ngra fil’trdan 
o’tgan suyuqlik ferment shirasi hisoblanadi. Yodning 1% li eritmasi, kraxmalning 
0,5% li eritmasi 
Ish tartibi. 
9 ta probirka olib har biriga 2-3 ml distirllangan suv va bir 
tomchidan 1% li yod eritmasidan quyiladi. Alohida 10- probirkaga 2-3 ml 
kraxmalning 0,5% li eritmasidan olib uning ustiga 1 ml ferment shirasidan quyiladi. 
Vaqtni belgilab, probirkadagi aralashmani yaxshilab chayqatiladi. So’ngra pipetka 
yordamida 1 tomchi aralashma birinchi probirkaga solinadi. Probirkadagi suyuqlik 
ko’k rang beradi. Shunday qilib, har 30 sekunddan keyin 2-,3-,4-... va xakazo 9- 
probirkalarga bir tomchidan 10- probirkadagi aralashmadan solib chiqiladi. 
Probirkalardagi suyuqliklar yaxshilab aralashtiriladi va tegishli ranglar hosil bo’ladi. 
Agar ikkinchi probirkadagi suyuqlik ko’k rang bersa, undan keyingi probirkalarga 
birmuncha uzoqroq vaqtdan keyin, masalan, har bir minutdan so’ng solish kerak. 
Bordi-yu ikkinchi probirkada binafsha yoki qizg’ish rang hosil bo’lsa unda vaqtni 


tezlatish kerak, yaъni har 15 sekundda solish kerak bo’ladi. Probirkalardan biridagi 
sariq rang o’zgarmay qolsa, bu kraxmal gidrolizining tugaganligini bildiradi. Tajriba 
natijasi quyidagi jadvalga yoziladi. 
1-jadval Amilaza fermentining kraxmalga taъsiri. 
Probirkalar 









Suyuqlik rangi hosil bo’lgan 
mahsulot nomi 

Download 233.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling