Amilazaning kraxmalga ta’siri


Download 20.02 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi20.02 Kb.
#1006838
Bog'liq
Ochiq dars Ferment lab


Amilazaning kraxmalga ta’siri

Amilaza fermenti kraxmalni qandgacha parchalaydi. Amilaza fer­menti so‘lakda, oshqozon osti bezining shirasida, qonda, jigarda uchraydi. Don o‘simliklar amilaza fermentining eng muhim manbalaridan biri xisoblanadi.


Amilaza fermentining muhim manbalaridan biri don o‘simliklari hisoblanadi. Ular quruq donda va ayniqsa unayotgan donlarning tarkibida ko‘p miqdorda to‘planadi. Unayotgan donlar tarkibidagi fermentlar eng yuqori aktivlikka ega bo‘ladi.
Kraxmal yod bilan ko‘k rang beradi, uning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan dekstrin zarrachalar katta-kichikligiga qarab yod bilan binafsha, qo‘ng‘ir - qizil, sarg‘ish va sariq ranggacha (yodning suvdagi rangi) o‘zgaradi. Shuning uchun agar kraxmal eritmasiga amilaza fermentidan qo‘shilsa, ma’lum vaqt ichida yod ta’sirida aralashma avval ko‘k, keyin esa binafsha, qizil-sarg‘ish va sariq rangacha o‘zgaradi.
Ishning borishi. 9 ta probirka olib har biriga 2-3 ml distillan­gan suv va bir tomchidan 1 % li yod eritmasidan quyiladi. Aloxida 10-probirkaga 2-3 ml kraxmalning 0,5 % li eritmasidan olib uning ustiga 1 ml ferment quyiladi. Vaqtni belgilab, probirkadagi aralashmani yaxshilab chayqatiladi. So‘ngra pipetka yordamida 1 tomchi aralashma birinchi probirkaga solinadi. Probirkadagi suyuqlik ko‘k rangni beradi. Shunday qilib, har 30 sekunddan keyin 2-,3-,4- ...va hokazo 9-probirkalarga bir tomchidan 10-probirkadagi aralashmadan solib chiqiladi. Probirkalardagi suyuqliklar yaxshilab aralashtiriladi va tegishli ranglar hosil bo‘ladi. Agar ikkinchi probirkadagi suyuqlik ko‘k rang bersa, undan keyingi probirkalarga birmuncha uzoqroq vaqtdan keyin, masalan, har bir minutdan so‘ng solish kerak. Bordiyu ikkinchi probirkada binafsha yoki qizgish rang hosil bo‘lsa, unda vaqtini tezlatish kerak, ya’ni har 15 sekundda solish kerak bo‘ladi. Probirkalardan biridagi sariq rang o‘zgarmay qolsa, bu kraxmal gidrolizining tugaganligini bildiradi. Tajriba natijasi quyidagi jadvalga yoziladi.
Reaktivlar: So‘lak (so‘lakning distillangan suv bilan 10 marta suyultirilgani); ferment shirasi (5-10 gramm ungan yoki 5 kunlik don maysalari yaxshilab maydalanadi va kolbaga solinib ustiga 100 ml distillangan suv quyiladi. Yaxshilab aralashtirilib 30 minut davomida qoldiriladi, so‘ngra filtrlanadi Filtrdan o‘tgan suyuqlik ferment shirasi hisoblanadi. Yodning 1 % li eritmasi, kraxmalning 0,5 % li eritmasi.
Amilaza fermentining kraxmalga ta’siri



Probirkalar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Suyuqlik rangi hosil bo‘lgan mahsulot nomi






























α-Amilaza faolligini aniqlash


Metodning mohiyati α-amilaza (α–1,4D-glyukon–glyukanogidraza, K F 3,2,1,1) kraxmaldagi 2-1,4– glikozid bog’larni gidrolizlanish reaksiyasini katalizlaydi. Kraxmalning gidrolizlanish reaksiyasining oxirgi mahsuloti maltoza va maltotriozadan iborat.
Tavsiya qilinuvchi uslub asosida α-amilaza ta’sirida erimaydigan holatdagi, rangli kraxmalli substratning gidrolitik parchalanishi reaksiyasidan foydalaniladi, bu reaksiya suvda eruvchan xususiyatga ega bо‘lgan, erkin holatdagi, kо‘k tusli bо‘yoq ajralishi bilan birgalikda kechadi. Vaqt birligi davomida ajralib chiquvchi bо‘yoqning miqdori ferment faolligiga proporsional hisoblanadi.
Ishning borishi: α-amilazaning aktivligiga quyidagicha aniqlanadi.Tajriba avval nazorat probirkalariga 1 mldan substrat suspenziyasidan solinadi.Probirkalar 370 da 5 min davomida qizdiriladi,so’ngra tajriba probirkalariga to’qima supernatatidan qo’shilgach, nazorat probirkalariga 1mldan distillangan suv qo’shiladi.So’ngra probirkalardagi moddalarni aralashtiriladi va va 15 minut 370 suv hammomiga inkubatsiyaga quyiladi, shundan keyin hamma probirkalarga 2 ml cho’ktiruvchi eritmadan qo’shib, 15 minut xona temperaturasiga qoldiriladi.
Supernatatni ajratish uchun 3000 ayl/min 5-10 min davomida sentrifuga qilinadi. Sentrifuga qilingan supernatant spektrofotometr kyuvetasiga optik zichligini o’lchash uchun solinadi.Optik zichlik 590 nm nazoratga nisbatan o’lchanadi.
Amilaza aktivligi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
A =D • 1083( E/l).
A –aktivlik
D –tajriba probirkasidagi eritmaning yutish qiymati.
Download 20.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling