Yod / Iodum (I) Atom raqami 53 Koʻrinishi 150px Atom xossasi
Download 384.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Yod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari
- Termodinamik xossalari
- Kristall panjarasi
- Bu sahifa oxirgi marta 6-Dekabr 2019, 01:43 da tahrir qilingan.
25.01.2021 Yod - Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Yod 1/2
Yod / Iodum (I) Atom raqami 53 Koʻrinishi 150px Atom xossasi Atom massasi (molyar massasi) 126,90447 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi n/a pm
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) 1 008,3 (10,45)
kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d 10 5s 2 5p
5 Kimyoviy xossalari Kovalentlik radiusi 133 pm Ion radiusi (+7e) 50 (-1e) 220 pm Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) 2,66
Elektrod potensiali 0 Oksidlanish darajasi 7, 5, 1, ?1 Termodinamik xossalari Zichlik
4,93 g/sm³ Solishtirma issiqlik sigʻimi 0,427 (I-I) J/(K·mol) Issiqlik
oʻtkazuvchanlik (0,45)
Vt/(m·K) Erish harorati 386,7 K Erish issiqligi 15,52 (I-I) kJ/mol
Qaynash harorati 457,5 K
Qaynash issiqligi 41,95 (I-I) kJ/mol Molyar hajm 25,7 sm³/mol
Kristall panjarasi Panjara tuzilishi ortorombik Panjara davri 7,720 Å Panjara/atom nisbati n/a Debye harorati n/a K Yod Vikipediya, ochiq ensiklopediya Yod, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, atom massasi 126,9045. 1811 yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat. Oksidlanish darajasi — — 1, +1, +3, +5 va +7; elektronga moyilligi —3,08 eV. Poling boʻyicha elektromanfiyligi 2,5; at. radiusi 0,136 nm, ion radiusi (qavslarda koordinatsion soni keltirilgan) I-—0,206 nm (6), 15+—0,058 nm (3), 0,109 nm (6), G+-0,056 nm (4), 0,067 nm (6). Yodtarqoq element, minerallaridan — yodargarit Agl, lautarit Sa(YU3)2 lar tarkibida, magma va choʻkma togʻ jinsida uchraydi. Yod togʻ jinslaridan suv taʼsirida yuvilib ajraladi va organizmlarda yigʻiladi. Mac, suv oʻtlarida (ularning kulida) Yod miqdori 0,5% gacha boʻladi. Yod ning asosiy manbai okean suvlaridir (1l suvda oʻrtacha 5-10~5 g). Yod organik moddalarda oson yigʻiladi. Sanoat miqyosida Yod neft va gaz konlaridan ular bilan birga chiqadigan yoʻlakay suvlar va yer osti issiq shoʻr suvlari (0,01—0,1 kg/m3), selitra qat-lamlaridan (1% gacha) olinadi. Suyuqlanish temperaturasi 113,5°, qaynash temperaturasi 184,35°; qattiq Yod ning zichligi 4,94 g/sm3, suyuq Yodniki 3,96 g/sm3. Ammiakning suvdagi eritmasi bilan portlovchi modda — azot yodid Nl3 hosil qiladi. Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari. Oʻzbekistonda Yod tarkibida 15—40"’/l Yod boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi. Havoga ajralgan 12 suvli sharoitda sorbentlar yordamida (Mas, 20—25 g/l gacha natriy ishqori eritmasida) boyitiladi. Yod ga boyitilgan ishqor eritmasini neytrallab, kislotali (H2SO4) sharoitda oksidlovchilar (Mas, Cl2, NaNO2, K2Crj07 va h.k.) ishtirokida elemen-tar Yod (Yod pastasi) ajratib olinadi. Neft bilan birga chiqadigan oqova suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlaridan olingan Yod tarkibida qisman organik birikmalar ham boʻlganligi uchun uni sublimatsiya yoki sanoat sharoitida (125—140° da) konsentrlangan H2SO4 bilan tozalanadi. Selitra sanoatidan chiqqan NaIO3 eritmasidan elementar Yod’ olish uchun eritmaga SO2 bilan ishlov beriladi. Suv oʻtlarida Yod juda oz miqdorda boʻlganligi sababli, ularni avval yoqiladi, boyitilgan kulni suvli eritmaga oʻtkazib, eritmaga oksidlovchilar taʼsir ettiriladi. Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda
25.01.2021 Yod - Vikipediya https://uz.wikipedia.org/wiki/Yod 2/2
[yashir] qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi. Yod anorganik (YodI, KYU3 va h.k.) va organik sintezda, analitik kimyoda (yodometriya), radiatsion kimyoda, fotografiyada, sof holdagi metallar (Ti, Zn), oʻta nur sezgir moddalar, maxsus motor yoqilgʻilari olishda, antidetonator sifatida, qutblanish xossasiga ega boʻlgan maxsus shishalar olishda, kumush yodat esa bulutdagi suvning kristallizatsiya markazini hosil qilishda qoʻllaniladi. Vodorod va kislorod aralashmasiga atigi 0,002% Yod bugʻi qoʻshilsa, portlash xossasi yoʻqoladi. Potayenko Yod Yod, Eshonxoʻjayev Yod, Oʻzbekiston Respublikasi fan va texnika komiteti byulleteni, 1999 y., №1.; Ksenzenko Yod Yod, Stasinevich Yod S, Ximiya i texnologiya broma, yoda i ix soyedineniy, Yod, 1979. Said Eshonxoʻjayev. [1]
Yod - unsurlar davriy jadvalining 53 unsuri, galogen. Dmitriy Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi Guruhlar 1
2
3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 D a v r l a r 1 H
He 2 Li Be
B C N O F Ne 3 Na Mg
Al Si P S Cl Ar 4 K Ca
Sc Ti V Cr Mn Fe Co Ni Cu Zn Ga Ge As Se Br Kr 5 Rb Sr
Y Zr Nb Mo Tc Ru Rh Pd Ag Cd In Sn Sb Te I Xe 6 Cs Ba La Ce Pr Nd Pm Sm Eu Gd Tb Dy Ho Er Tm Yb Lu Hf Ta W Re Os Ir Pt Au Hg Tl Pb Bi Po At Rn 7 Fr Ra Ac Th Pa U Np Pu Am Cm Bk Cf Es Fm Md No Lr Rf Db Sg Bh Hs Mt Ds Rg Cn Nh Fl Mc Lv Ts Og 8 Uue Ubn Ubu Ubb Ubt Ubq Ubp Ubh Ubs
Ishqoriy
metallar Ishqoriy yer metallar Lantanoidlar Aktinoidlar Superaktinoidlar Oʻtish metallar
Yengil metallar
Yarim metallar
Qolgan metallmaslar Galogenlar Inert gazlar Xossalari nomaʼlum
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Kimyoga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yod&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. "https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yod&oldid=2069858" dan olindi Bu sahifa oxirgi marta 6-Dekabr 2019, 01:43 da tahrir qilingan. Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil). Adabiyot Manbalar Download 384.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling