Reja: bolalar og’iz bo’shlig’i xastaliklarini davolashda og’riqsizlantirish usullari


Download 478.88 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi478.88 Kb.
#1040618
Bog'liq
PARADONT


MAVZU:PARADONT KASALLIKLAR TASNIFINI BOLALARDA TEKSHIRISH USULLARI.
REJA:
1.BOLALAR OG’IZ BO’SHLIG’I XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARI.
2.PARADONT KASALLIGI TUSHUNCHASI.
3. PARADONT BOLALARDA.
4.OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI.
1.BOLALAR OG’IZ BO’SHLIG’I XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARI.
BOLALARDA TISH VA OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ PARDASINING XASTALIKLARINI DAVOLASHDA OG’RIQSIZLANTIRUVCHI VOSITALARNI TOG’RI , O’Z O’RNIDA QO’LLASH MUHIM AHAMIYATGA EGA.
OG’RIQSIZLANTIRISH USULLARINING BIR NECHA XILI MAVJUD BO’LIB, ULARDAN ASOSIYLARI QUYIDAGILAR;
  • IGNASIZ (NOIN’EKSION ) TERMINAL ANESTEZIYA;
  • IGNA SHPRITS YORDAMIDA (IN’EKSION) AMALGA OSHIRILADIGAN OG’RIQSIZLANTIRISH;

1.1. TERMINAL ANESTEZIYA
Bolalarda ulaming ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun og‘riqsizlantirishning bu usulidan foydalanish juda katta qulaylik tug'diradi. Bu usul asosan og‘riqsizlantirish lozim bo‘lgan sohaga og‘riqsizlantiruvchi vositani chaplash yoki surtish, og‘riqsizlantiruvchi namlangan salfetkalarni biroz tutib turish kabi yo'llar bilan amalga oshiriladi. Shuni nazarda tutmoqlik lozimki, bunday usul yordamida to ‘qimaning faqat yuza qavatlarigina og‘riqsizlantiriladi
Ignasiz amalga oshiriladigan terminal anesteziya uchun quyidagi og'riqsizlantiruvchi vositalardan foydalaniladi. Dikain — kuchli og‘riqsizlantiruvchi vosita hisoblansa-da, novokainga nisbatan 10 marotaba kuchli zaharli ta’sirga ham egadir. Shuni nazarda tutgan holda yosh bolalarda (10 yoshgacha) bu vositani ishlatib bo‘lmaydi. 10 yoshdan katta bolalar uchun dikainning 1—2 ml miqdordagi 0,5 % li eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1.2. IGNA SHPRITS YORDAMIDA (IN’EKSION) AMALGA OSHIRILADIGAN OG’RIQSIZLANTIRISHI.
Bolalarda tish to‘qimalari va periodont hastaliklarini davolash amaliyotida og'riqsizlantirishda ko‘pgina hollarda («Pulpa va periodont hastaliklarini davolash» boblariga qaralsin) mahalliy in’eksiya usulidan foydalaniladi. Mahalliy og‘riqsizlantirishda in’eksion usulning infiltratsion (tish atrofidagi yumshoq to‘qimani og'riqsizlantiruvchi modda bilan to‘yintirish) va o'tkazuvchi (provodnikovaya — asab tolasi atrofiga og‘riqsizlantiruvchi modda yuborish) turlari keng qo‘llanadi. Og‘riqsizlantirishning bu usuli yordamida ijobiy natijalar olish uchun anchagina kuchli ta ’sirga ega bo‘lgan anestetik vositalardan foydalaniladi.
Trimekain (mezokain) — kuchli og‘riqsizlantiruvchi vosita hisoblanib, uning novokainga nisbatan 2 marotaba tezroq ta’sir etishi, og‘riqsizlantiruvchi kuchi esa 2—2,5 marotaba ortiqligi aniqlangan. Og‘riqsizlantirish vaqti novokainga nisbatan 3 marotaba ko‘pdir. Bulardan tashqari trimekain moddasining bolaning ruhiy holatini barqarorlashtirish (sedativ) ta’siri ham e’tiborga loyiqdir.
2.PARADONT KASALLIGI TUSHUNCHASI
Ushbu patologiya bolalarda salmog‘i jihatdan kariyesdan keyin o‘rin olgan stomatologik kasallik hisoblanadi. «Parodont» so‘zining lug‘aviy manosi «раго» — atrof, «dont» — tish m a’nosini, ya’ni tish atrofi m a’nosini anglatadi. Shunga muvofiq tish atrofini o‘rab turuvchi to‘qimalar, ya’ni milk, alveolyar suyak, tish sementi va periodontal tolalami uyg‘unlashtirgan holda «parodont» deb ataladi. Mazkur to‘qimalaming yallig‘lanishi esa parodontit deb atalali.
3.PARADONT BOLALARDA.
Bolalarda ko‘pincha milk to‘qimasining shamollashi — gingivitni kuzatishimiz mumkin. Milklaming, ayniqsa tishlarni o‘rab turuvchi qirg‘oqlari (marginal), tishlar orasida joylashgan so‘rg‘ichsimon qismlari (papilla) ko‘proq yallig‘lanadi. Tishlar yorib chiqayotgan vaqtida ham milk to‘qimasida vaqtinchalik giperemiya holatini kuzatishimiz mumkin. Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, og‘iz bo‘shlig‘i shaxsiy gigiyenasiga befarqbolalaming 80—85 % ida marginal gingivit va papillit holatlari hukm surar ekan
Gingivit kasalligi o ‘z holicha kechuvchi bo‘lishidan tashqari oshqozon-ichak kasalliklari, yurak-qon-tomir kasalliklari, diabet, qon kasalliklari yoki boshqa sistemali kasalliklaming simptomi sifatida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Paradontitning ikkinchi turi, bu birinchisiga nisbatan chuqur klinik ko‘rinish hosil qiladi, bunda jarayon suyak to‘qimasigacha yetib boradi. Bu holatda biz tishlar bo‘yin qismini milklardan tamoman ajragan, ya’ni tish — milk cho‘ntakchalarini ancha chuqurlashib barayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ba’zan ushbu cho'ntakchalardan yiring ajrab chiqadi. Tishlar qimirlay boshlaydi. Milk esa ozgina mexanik ta’sirga ham tez qonaydigan bo‘lib qoladi
Bunday bolalar og‘zidan qo‘lansa hid kelib turishi mumkin. Agarda, ushbu bolalarda tish-jag‘ anomaliyasi yoki deformatsiyasi mavjud bo‘Isa, yuqoridagi klinik manzara yanada chuqurroq tus olislii mumkin. Og‘iz shilliq qavatidagi ayrim anatomik nuqsonlar (milk yuganchalari yoki til osti yuganchasining kaltaligi, og‘iz dahlizi tubining sayozligi) ham parodontit kasalligini yuzaga keltirishi mumkin .
OG‘IZ BO‘SHLIG‘I SHILLIQ PARDASI KASALLIKLARI Bunday kasalliklar o‘ziga xos alohida yoki organizmda sodir bo‘lgan bironta kasallik belgisi bo‘lishi mumkin. Kasallik turli sabablar, ya’ni termik, mexanik, kimyoviy shikastlanishlar oqibatida yoki mikrob va viruslar ta’siridagi zararlanishlar oqibatida yuzaga keladi
Termik ta’sirotlarga yuqori haroratli ta’sirotlar oqibatidagi kuyish, mexanik ta’sirotlarga shilliq pardaning shikastlanishi (Bernar aftasi), kimyoviy ta’sirotlarga esa, kislota yoki kuchli ishqorlar ta ’siridagi kuyish kabilar misol bo‘la oladi. Turli mikrob va viruslar ta’sirida og‘iz shilliq pardasida turlicha klinik ko‘rinishga ega bo‘lgan stomatitlar kelib chiqishi mumkin. Ba’zi allergik holatlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida o‘ziga hos o'zgarishlar ro‘y berishi mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Download 478.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling