3-Amaliy ish Ish joylarida portlovchi materiallarni saqlash


Download 15.56 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi15.56 Kb.
#1744969

3-Amaliy ish
Ish joylarida portlovchi materiallarni saqlash
§ 60. Ish joylariga yetkazib beriladigan portlovchi materiallar sumkalar, kassetlar yoki zavod bog‘lamlari, shuningdek maxsus mashina va konteynerlarda bо‘lishi kerak. Bunda portlovchi modda va tezlatish vositalarini har qanday vaziyatda bir-biridan alohida qilib, detonatsiyani uzatishga imkon bermaydigan masofada joylashtirish kerak. Portlatish ishlariga aloqador bо‘lmagan shaxslarning portlovchi materiallar saqlanadigan joyda bо‘lishlariga ruxsat etilmaydi.
§ 61. PA ni ish joylarida, zaryadlangan shpur, quduqlar va shu kabilarni nazoratsiz (qо‘riqlanmasdan) qoldirish taqiqlanadi. Nazorat (qо‘riqlash) tartibi korxona (shaxta, kon, karyer va boshqalari) rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Aholi punktlarida yoki binolar (inshootlar) ichida portlatish ishlarini bajarishda PA qо‘riqlanish bilan izolyatsiyalangan xonalarda turishi kerak.
§ 62. Doimiy nazoratsiz (qо‘riqlashsiz) yerosti inshootlarida PA ni saqlashga, ularni maxsus saqlash joylari – uchastka punktlari, ichki qulfga ega bо‘lgan metall qutilar yoki konteynerlarga (seyflarga) joylashtirish sharti bajarilganda ruxsat etiladi.
Portlovchi materiallarni birgalikda saqlashda shkaf (quti) kamida uchta bо‘linmaga ajratilgan bо‘lishi kerak, ular portlovchi moddalarni va detonatsiyalovchi shnurni joylashtirish uchun, portlatuvchi va nazorat-о‘lchash asboblari, simlar va shu kabilarni joylashtirish uchun, hamda elektrodetonatorli yoki yondiruvchi naylar joylangan kassetlarni joylashtirish uchun mо‘ljallanishi lozim. Detonatorlarni saqlashga mо‘ljallangan bо‘linmaning barcha devorlari ichki tomonidan yumshoq materiallar bilan qoplangan bо‘lishi kerak.
Uchastka punktlariga о‘rnatilgan portlovchi materiallarni saqlashga mо‘ljallangan metall shkaflar zaminlanishi kerak. Bunda oraliq qarshiligi 2 Om dan ortmasligi kerak. Yuqori solishtirma qarshilikka ega bо‘lgan jinslarda oraliq qarshiligi mahalliy yо‘riqnomalar bilan belgilanadi.
§ 63. Portlovchi materiallarni zaryadlashga qadar ish joylarida bir sutkalik ehtiyoj miqdorini xavfli zonadan tashqarida va smenalik ehtiyoj miqdorini xavfli zonada saqlashga ruxsat etiladi, yalpi portlatishlar bundan mustasno, qaysiki xavfli zonada qо‘riqlash bilan mazukr qoidalarning § 60 talablariga rioya etgan holda PA ning zaryadlanadigan miqdori bо‘lishi mumkin.
§ 64. PM ni zaryadlash mashinalarida (kо‘chma zaryadlash ustaxonasi va perforator stansiya- lari laboratoriyalari bundan mustasno) bir sutkadan ortiq saqlash taqiqlanadi.
§ 65. Shaxtalar stvollari, shtolnya ( tonnel) og‘zi yoniida, ularni kavlab о‘tishda, PA ni shaxtalar stvollari yoki shtolnya (tonnel) og‘zidan, shuningdek yer yuzidagi binolar va inshootlardan 50 m dan ortiq masofada budkalarda yoki ayvonlar ostida smenalik ehtiyoj miqdorida saqlashga ruxsat etiladi.
Download 15.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling