10-MA’RUZA
TEMIR YO‘LLARDA AJRATISH PUNKTLARI
Reja:
1. Ajratish punktlari, ularning vazifalari, turlari va qo‘llanishi
2. Temir yo‘l stansiyalari, ularda bajariladigan ishlar va ularning turlari
3. Raz’ezdlar va quvib o‘tish punktlari
4. Oraliq stansiyalar, ularda yo‘lovchi va yuk poezdlari bilan bajariladigan ishlar
Tayanch so‘z va iboralar:
Ajratish punktlari, temir yo‘l stansiyalari, strelkali bo‘g‘izlar, stansiya yo‘llari, foydali uzunligi, signallar va chegara qoziqchalari, texnologik jarayoni va texnikaviy – boshqaruv hujjatlari, raz’ezdlar, quvib o‘tish punktlari, oraliq stansiyasi
1. Ajratish punktlari, ularning vazifalari, turlari va qo‘llanishi
Belgilangan miqdordagi poezdlarni o‘tkazish va harakat xavfsizligini ta’minlash uchun temir yo‘l liniyalari ajratish punktlari yordamida alohida peregonlarga yoki blok – uchastkalarga bo‘linadi.
Ajratish punktlarining vazifasi quyidagilardan iborat:
-temir yo‘l liniyalarining poezd o‘tkazish qobiliyatini oshirish;
-harakat xavfsizligini ta’minlash;
-harakatni boshqarish, ya’ni harakat uchun ruxsat berish, taqiqlash yoki harakat tartibini belgilash;
-temir yo‘llarda yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni bajarish.
Ajratish punktlariga raz’ezdlar, quvib (o‘zib) o‘tish punktlari, stansiyalar, avtoblokirovkada o‘tish svetoforlari va yarim avtoblokirovkada blok-postlar kiradi. Bulardan raz’ezdlar, quvib o‘tish punktlari va stansiyalar tegishli yo‘l tarmoqlariga va boshqa stansiya xo‘jaligi inshootlari va qurilmalariga ega bo‘lib, yuqorida ta’kidlangan barcha vazifalarni bajaradi. O‘tish svetoforlari va yo‘l blok-postlari esa yuk va yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonlardan ishlardan tashqari barcha vazifalarni bajara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |