10-ma’ruza temir yo‘llarda ajratish punktlari reja


Temir yo‘l stansiyalari, ularda bajariladigan ishlar va ularning turlari


Download 152.25 Kb.
bet2/6
Sana19.04.2023
Hajmi152.25 Kb.
#1366341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза 10

2. Temir yo‘l stansiyalari, ularda bajariladigan ishlar va ularning turlari


Stansiyalar poezdlarni qabul qilish, jo‘natish, bir yo‘lli temir yo‘llarda qarama-qarshi yo‘nalish poezdlarini o‘zaro o‘tkazib yuborish, poezdlarning o‘zaro o‘zib o‘tishidan tashqari yuklarni qabul qilish, topshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni ham bajarishga mo‘ljallanib bo‘lib, rivojlangan yo‘l tarmoqlariga ega bo‘ladi. Yo‘l tarmoqlanishi ko‘p bo‘lgan yirik stansiyalarda poezdlarni qaytadan tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan manyovr ishlari va tarkiblar bilan texnik jarayonlar ham bajariladi.
Bajariladigan ishlar xususiyatiga qarab stansiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi: oraliq, uchastka, saralash, yo‘lovchi va yuk stansiyalari. Agar stansiyaga uch va ko‘proq magistral yo‘nalishlar tutashadigan bo‘lsa ularni uzel stansiyalari deb ataladi. Bajaradigan ishining murakkabligi va hajmiga qarab stansiyalar klasslarga ajraytiladi. Juda katta miqdorda ishlarni bajarishga mo‘ljallangan va yuqori darajadagi texnik jihozlarga ega bo‘lgan stansiyalar klassiz, keyingilari esa I, II, III, IV va V klass turlariga ajratiladi.
Stansiyalar temir yo‘l tarmoqlarining ishlashida katta ahamiyatga ega. Ular temir yo‘l transportining asosiy ishlab chiqaruvchi xo‘jalik birligi (korxonasi) bo‘lib, temir yo‘l xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlarning barcha aloqalari stansiyalar orqali olib boriladi.
Vagonlar aylanish davrining 3/4 qismi stansiyalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham vagon aylanishini tezlashtirishning asosiy imkoniyatlarini stansiyalardan izlash lozimligini unutmaslik kerak. Yangi temir yo‘l qurilishi sarf-xarajatlarning 40 foizdan ortiqrog‘i ham stansiyalar qurilishiga to‘g‘ri keladi.
Stansiyalarni loyihalashda quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilish kerak: harakat xavfsizligini qat’iy ta’minlash; zaruriy o‘tkazish qobiliyatini amalga oshirish; loyihaning rasoligini, ya’ni faqat temir yo‘lning emas, balki halk xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, aholi punktlari va boshqa transport turlarining manfaatlarini ham ta’minlash; atrof-muhit muhofazasi talablarini qondirish: eng tejamkor va kelajak rivojlanish imkoniyatlari bo‘lgan loyihalarni tanlash va h.k.



Download 152.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling