10-ma’ruza temir yo‘llarda ajratish punktlari reja


Download 152.25 Kb.
bet4/6
Sana19.04.2023
Hajmi152.25 Kb.
#1366341
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Маъруза 10

Ko‘ndalang turdagi raz’ezdlarda (rasm 8.1v) qabul-jo‘natish yo‘llari o‘zaro parallel joylashgan bo‘lib, uni qurish uchun eng qisqa maydon uzunligi talab etiladi. Bunday raz’ezdlar asosan III va IV darajali liniyalarda, hamda qiyin topografik sharoitlarda I va II darajali liniyalarda ham tavsiya etiladi. Ko‘ndalang turdagi raz’ezdlarda qarama-qarshi tomondan kelayotgan poezdlarni baravariga qabul qilishda harakat xavfsizligini ta’minlash qiyinroq va harakat jarayoni esa poezd mashinistlari uchun diqqatliroq bo‘ladi.
Yuk poezdlari ko‘p bo‘lgan, avtoblokirovka yoki dispetcherlik markazlashtirishi bilan jihozlangan liniyalarda raz’ezdning biror qabul-jo‘natish yo‘lini uzaytirish hisobiga qarama-qarshi yo‘nalish poezdlarini o‘zaro to‘xtatmay o‘tkazish yo‘li bilan yo‘llarning poezd o‘tkazish qobiliyatini oshirishga erishiladi. Yo‘lning bunday uzaytirilishi ikki yo‘lliq qo‘shimcha (dvuxputnaya vstavka) deb ataladi va uning uzunligi maxsus beto‘xtov kesishuv hisoblari bo‘yicha aniqlanadi.
quvib o‘tish punktlari ikki yo‘llik va ko‘p yo‘llik uchastkalarda qurilib, bosh yo‘llardan tashqari odatda har bir yo‘nalish uchun bittadan qabul-jo‘natish yo‘liga ega bo‘ladi. quvib o‘tish punktlarining asosiy vazifasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan poezdlarni o‘zaro quvib o‘tishi uchun, ya’ni ayrim poezdlarni orqadan kelayotgan yo‘lovchi va tezlashtirilgan yuk poezdlari tomonidan o‘zib o‘tishini tashkil qilishdan iborat. quvib o‘tish punktlarida zarur hollarda (peregonda biror bosh yo‘lning ta’mirlanishi va sh.k.) poezd harakati bir bosh yo‘ldan ikkinchisiga bo‘g‘izlarda qo‘yiladigan dispetcherlik s’ezdlari yordamida o‘tkaziladi. Bulardan tashqari, quvib o‘tish punktlarida kam miqdorda yo‘lovchilarni chiqarish-tushirish va yuk ortish-tushirish ishlari bajarilishi mumkin.
quvib o‘tish punktlarining asosiy chizmasi ikki bosh yo‘l, ularga parallel joylashgan ikki qabul-jo‘natish yo‘llari va ikki tomondagi strelkali bo‘g‘izlardan iborat bo‘ladi. Yo‘lovchi binosi punktning bir tomonida joylashib yo‘lovchilar uchun muomaladagi poezd uzunligiga mos asosiy platforma va odatda bosh yo‘llar orasida oraliq platformalar quriladi. Agar quvib o‘tish punkti serharakat va mahalliy yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan liniyalarda qurilsa, u holda yo‘lovchi platformalari stansiyaning ikki tomonidan qurilib o‘zaro yo‘l ustidan ko‘prik yoki yer osti yo‘laklari (tonnel ) orqali bog‘lanishi mumkin.



Rasm 8.3. quvib o‘tish punkti chizmasi

Download 152.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling