Ikki tekislikning o'zaro vaziyatlari


Download 0.87 Mb.
bet1/5
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#255699
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ikki tekislikning o'zaro vaziyatlari

IKKI TEKISLIKNING O'ZARO VAZIYATLARI.


Reja:

1. Parallel tekisliklar

2. Kesishuvchi tekisliklar

Tayanch iboralar va tushunchalar.

Parallel tekisliklar, kesishuvchi tekisliklar, tekisliklarning kesishuv chizig‛i tekislikka parallel to’g'ri chiziq, to'g'ri chiziqni tekislik bilan kesishuv nuqtasi.

Parallel tekisliklar

Tarif. Agar bir tekislikka tegishli o'zaro kesishuvchi ikki to'g'ri chiziqlar ikkinchi tekislikka tegishli o'zaro kesishuvchi ikki to'g'ri chiziqlarga mos ravishda parallel bo'lsa, bunday tekisliklar ham o'zaro parallel deyiladi.

Agar Q tekislikka tegishli a∩b kesishuvchi to'g'ri chiziqlar ikkinchi P tekislikka tegishli a1∩b1 kesishuvchi to'g'ri chiziqlarga mos ravishda o'zaro parallel bo'lsa, bu tekisliklar ham o'zaro parallel bo'ladi (1-rasm).

Agar fazodagi ikki tekislik bir-biriga parallel bo'lsa, chizmada bu tekisliklarning bir nomli izlari ham o'zaro parallel bo'ladi, ya'ni: Q || R bo'lsa; QH || RH,, QV || RV va QW || RW bo'ladi (2-rasm).

Chizmada profil proyeksiyalovchi tekisliklar uchun ularning gorizontal va frontal izlari parallel bo'lishi yetarli bo'lmaydi. Masalan, 3-rasmda berilgan G va G1 tekisliklarda GH || G1H va GV || G1V bo'lib, GW ≠G1W bo'lgani uchun G≠ G1 bo'ladi. Bu tekisliklarning o'zaro vaziyatini tekisliklarga tegishli a va b to'g'ri chiziqlar yordami bilan ham aniqlash mumkin, bunda a⊂G1 va b⊂G bo'lgan holda a" b" bo'lsa, a' ≠b‛ bo'lgani uchun ab va GG1 bo'ladi.






Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling