Titrash va shovqindan himoyalanish
Download 1.22 Mb.
|
Titrash va shovqindan himoyalanish Тошпулатова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Titrash va uning inson organizmiga ta`siri.
Sanoat korxonalarida mashina va mexanizmlarning harakati natijasida har xil titrashlar vujudga keladi. Bu titrashlar ba`zi uchastkalarda bitta va ba`zi uchastkalarda bir nechta mashina va mexanizmlarning harakati ta`sirida bo`lib, ba`zan zo`rayishi va ba`zan susayishi kuzatiladi va bu organizmga salbiy ta`sir ko`rsatishi bilan tavsiflanadi.
Texnika taraqqiyoti natijasida zamonaviy mexanika-mashinasozlik korxonalarida turli-tuman jihozlarning kirib kelishi, shuningdek bu mashinalarning unimdorligini oshirishga talabning kuchayganligi, mashinalarning iloji boricha kam material sarflab, qo`l bilan bajariladigan vazifalarni mexanizmlar zimmasiga yuklash natijasida insonga ta`sir etuvchi qo`shimcha hodisa, titrash hodisasini kelib chiqishiga olib keldi. Titrash sanoatda ishchining ish unumdorligini kamaytiribgina qolmasdan, balki uning sog`lig`iga ham ta`sir ko`rsatishi va bu ta`sirning oldi vaqtliroq olinmasa, xavfli titrash kasalligiga olib kelishi aniqlandi. Shuning uchun ham titrashga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling