Mavzu: Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy xolatlar buyicha xisoblash. Reja


Download 49.04 Kb.
bet1/2
Sana22.06.2023
Hajmi49.04 Kb.
#1648947
  1   2
Bog'liq
Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy xolatlar buyicha xisoblash


Mavzu: Qurilish konstruksiyalarini chegaraviy xolatlar buyicha xisoblash.
Reja:

  1. Birinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash.

  2. Ikkinchi guruh chegaraviy holat bo‘yicha hisoblash.

  3. Chegaraviy holatlar usulining mohiyati.

Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etaѐtgan jami yuklarga yetarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha hisoblanadi.


Chegara holatlari deganda konstruksiyalarning ishlatilish jaraѐnida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi Qurilish konstruksiyalarni bu uslub bilan hisoblaganda ikki guruxga bo‘lib hisoblanadi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib va ularga: shakl umumiy ustivorligining yo‘qolishi olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi, birikmalardagi siljishlar, darzlarning haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanishning imkoniyati yo‘qligi.
Ikkinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq va ularga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan siljishlar, tebranmalar, darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, inshootni qurish ѐki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan biror-tasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi.
Birinchi guruh chegara holatlari uchun umumiy shart quyidagicha ѐzilishi mumkin: N ≤ S
N - hisoblanayotgan elementdagi yuklarni noqulay birgalikda ta’sir etishidan hosil bo‘ladigan kuch,
S - hisoblanayotgan elementning yuk ko‘tarish qobiliyati.
Elementdagi hosil bo‘ladigan kuchni quyidagi formula bilan aniqlashimiz mumkin:

bu yerda:


N Fni Ni fi n
(6.1)

N i - kuch Fni1 ga teng bo‘lgandagi elementda hosil bo‘ladigan kuch
fi – yuk bo‘yicha ishonchli koeffitsient
n bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti
 - yuklarning birgalikda ta’sir etishini e’tiborga oladigan koeffitsient
Elementning yuk ko‘tarish qobiliyatini uning yuzasiga va materialning qarshiligiga qarab aniqlash mumkin:
S  An Rуп m c An Ry c (6.2) Bu yerda: An – element ko‘ndalang kesimining( netto) yuzasi;
Ryn – element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi;
c – ishlash sharoitini e’tiborga oluvchi koeffitsient.
Shunday qilib birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasini ѐzamiz:

Fni N fi n An Rу с
(6.3)

Chegaraviy holatni ikkinchi guruh bo‘yicha hisob ifodasini quyidagicha ѐzish mumkin:

bu yerda:


Fni Ni fi n 2 2
(6.4)

2 - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo‘ladigan elastik deformatsiya,
2 - norma bo‘yicha o‘rnatilgan konstruksiyaning chegaraviy deformatsiyasi. Konstruksiyalarni chegara holatlarga hisoblash, binolarni qurish va foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlaridan birontasining ham vujudga kelmasligini ta’minlaydi. Bunda material xususiyatlarining noqulay o‘zgarishlari, yuklarning noqulay birga ta’sir etish extimoli, foydalanish sharoitlari va konstruksiyalar ishlashining o‘ziga xos tomonlari hisobga olingan bo‘ladi. Buning uchun hisoblashda quyidagi koeffitsientlar kiritiladi: yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti
- fi , yuklarning birga ta’sir etish extimoli koeffitsienti - , ishlash

sharoiti koeffitsienti - c, binolarning vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti - n .
Chegaraviy holatlar usulining moxiyati

Temirbeton konstruksiyalarini hisoblashning bunday usuli buzuvchi zo‘riqishlar usulining takomillashgan varianti hisoblanadi: Mazkur usul bo‘yicha hisoblangan konstruksiyalar bir muncha tejamli bo‘ladi. Uning asosini quyidagilar tashkil etadi:

  • konstruksiyaning chegaraviy holati degan tushunchasi kiritildi. Standart SEV384-74 ko‘ra barcha chegaraviy holatning ikki guruhi belgilandi:

birinchisi - yuk ko‘tarish qobilyati, ikkinchisi - normal sharoitda ishga yaroqliligi;

  • kesim yuzalarining mustahkamligi elementning kuchlanish- deformatsiyalanish holatining III bosqichi bo‘yicha amalga oshiriladi

  • konstruksiyaning normal sharoitda foydalanishga yaroqliligi uni kuchlanish - deformatsiyalanish holatining I ѐki II bosqichidan kelib chiqqan holda bajariladi;

  • zahiraviy umumiy koeffitsienti o‘rniga yuk, material va ishlash sharoiti bo‘yicha hisobiy ishonchlilik koeffitsientlari kiritildi.

Chegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yicha hisob ishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mustahkamlikka hisoblash, konstruksiyani buzilishdan saqlashini ta’minlovchi turg‘unlikka hisoblash, konstruksiya shaklini o‘zgarmasligini ta’minlovchi holat ustivorlikka hisoblash (uzunasiga egilish hisobi); chidamlilikka hisoblash va charchash buzulishdan asrashga hisoblash. Ikkinchi gurux bo‘yicha chegaraviy holat hisobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: konstruksiyada yoriq hosil bo‘lishi bo‘yicha yoki ularni ochilishi bo‘yicha hisoblash; konstruksiyani ruxsat etilmagan siljishlardan asrash uchun deformatsiyalar bo‘yicha hisoblash. Bunda chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash muhimroq hisoblanadi, chunki u konstruksiya haѐtini belgilaydi. Shuning uchun chegaraviy holat birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash barcha konstruksiyalar uchun shart. Konstruksiyalarni deformatsiyaga hisoblashda ularda tashqi yukdan hosil bo‘ladigan solqilik - f,uning cheklangan miqdori fu dan ortib ketmasligi ta’minlanishi zarur, ya’nif   fи  (6.5)

Solqilanishning cheklangan miqdori keltirilgan.

Download 49.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling