Madaniyat hodimining pedagogik qobilyati Madaniy-ma’rifiy hodimining tashkilotchilik qobilyati


Download 68 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi68 Kb.
#1578402
  1   2   3
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogik faoliyat turlarining axamiyat


Ijtimoiy pedagogik faoliyat turlarining axamiyat

Reja:



  1. Madaniyat hodimining pedagogik qobilyati

  2. Madaniy-ma’rifiy hodimining tashkilotchilik qobilyati

  3. Madaniy-ma’rifiy hodimining tadbirlardagi mahorati

  4. Ijtimoiy-madaniy faoliyatga uslubiy yordam berish

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muxim tayanch hisoblanadi. U respublikamizda ma'naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog‘liq bo’lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash soxasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi.


Respublikamiz madaniy xayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, xuquqiy o’zgarishlaryuz berayotganligi ijtimoiy-madaniy faoliyatga bo’lgan talab va extiyojli yanada oshirdi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha soxalari singari o’z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati ijtimoiy-madaniy faoliyatning xayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog‘langanligidadir.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining xayotdan, uning muammolaridan, kishilarning extiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muxim ma'rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qo’yadi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining yana bir muxim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga xamma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qo’lga kiritgan Respublikamiz jaxon xamjamiyatida o’z o’rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda.
Respublikamizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar natijasida kishilarimizning ma'naviy-madaniy extiyojlari kundan kunga o’sib, o’zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe'l-atvorida xam o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ixlarning sho’rolar davrida maqbul bo’lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning o’sib borayotgan extiyojlarini qondirish, unga g‘oyaviy ta'sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qo’llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan o’zining mazmunan murakkabligi, ko’p qirraliligi, shaklan xilma-xilligi, ish shakllarining o’ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat xam xisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va o’quv yurtlari pedagogik jamoalarida bo’lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va extiyojlari turlicha bo’lgan kishilar orasida olib boradi. o’quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg‘ulotlar orqali amalga oshirilsa, ijtimoiy-madaniy soxa xodimlari kishilarning bo’sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma'naviy extiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste'dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar o’tkazish yo’li bilan xal qiladilar.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining yana bir xususiyati ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning xissiyotiga xam ta'sir ko’rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda o’tkaziladigan xar bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g‘oyaviy bo’libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan xam bo’lishi kerak jonsiz, quruq o’qilgan ma'ruza, puxta tayyorlanmay ko’rsatilgan konsert, baxs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor o’tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg‘otadi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining kasbiy (professional) faoliyati o’z moxiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ta'kidlagan edik. Uning asosiy vazifasi xar tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. U kishilarning madaniy dam olish, o’z ma'naviy extiyojlarini qondirish, iste'dod va qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan ijtimoiy-foydali faoliyatni uyushtiruvchidir. Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi ommaning pedagog-tarbiyachisi, ular orasida o’tkaziladigan ijtimoiy-foydali ishlarning tashabbuskori, xavaskorlik jamoalarining raxbaridir.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatining bunday ko’p qirraliligi ijtimoiy-madaniy soxa xodimi shaxsiyatiga, uning axloqiy qiyofasiga yuksak talablar qo’yadi.
Mustaqil davlatimiz ijtimoiy-madaniy soxa xodimi chuqur g‘oyaviy-nazariy va kasbiy tayyorgarlikkaega bo’lishi, o’z kasbiga mexr-muxabbatli, sadoqatli bo’lishi kerak. o’z kasbiga sodiqlik, xushyorlik, ishda qat'iylik, o’ziga talabchanlik, ishdaqat'iylik, o’ziga talabchanlik ijtimoiy-madaniy soxa xodimining asosiy xislatlaridandir. Shuningdek, ishga ijodiy yondoshish, tashabbuskorlik, yangilikka intilish xislatlar xam xos bo’lishi kerak. Bularsiz u ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmuni, shakl va usullarini to’xtovsiz takomillashtirib borishdek muxim vazifani muvoffaqiyatli bajara olmaydi.
Kishilar bilan va kishilar uchun ishlashga da'vat etilgan ijtimoiy-madaniy xodimining qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki madaniyat uyidagi xar bir ommaviy tadbir, to’garak mashg‘ulotlari kishilarni o’z ona yurtiga, xalqiga chuqur mexr-muxabbat tuyg‘ularini shakllantirishga, vatanparvarlik xissini mustaxkamlashga yordam berish kerak. Bu esa ijtimoiy-madaniy soxa xodimining o’zida vatanparvarlik tuyg‘ulari qanchalik chuqur va mustaxkam o’rin olganligiga, o’tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona maqsadga yo’naltira bilishiga bog‘liq.
Hayotda sinovdan o’tgan bir naql bor: «Boshqalarni tarbiyalaydigan kishining o’zi yaxshi tarbiyalangan bo’lishi kerak». ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatiga bo’lgan talabalar mana shu pedagogik xaqiqatdan kelib chiqadi.
Bilimlar targ‘ibotchisi, ommaning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga mutasaddi bo’lgan ijtimoiy-madaniy soxa xodimi yuksak darajadagi dunyoqarash madaniyatini, ya'ni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va falsafiy bilimlar majmunini egallagan bo’lishi kerak. chunki ijtimoiy-madaniy soxa xodimining ong-bilim darajasi u ish olib borayotgan kishilar bilimidan, saviyasidan yuqori bo’lishi kerak.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi uchun eng zarur bilim tarmoqlaridan biri-bu pedagogik bilimlar xisoblanadi. Pedagogika ijtimoiy-madaniy soxa xodimiga olib boriladigan ishlarning mazmuni va moxiyatini chuqur tushunib olishda, kishilarga tarbiyaviy ta'sir o’tkazishning yangi-yangi usullarini o’zlashtirib olib, ulardan oqilona foydalanish yo’llarini o’rganishda yordam beradi. Pedagogik odobi-o’zini jamoatchilik orsida qanday tutishi, qanday gapirish va xokazolarni egallab olish, ta'lim-tarbiya ishlarini uddalay bilish xam talab qilinadi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi kasbiy madaniyatining yana bir muxim ko’rsatkichi -bu psixologik (ruxiyatshunoslik) bilimlaridir. Ruxiyatshunoslik jarayonlari qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olish, ishni uyushtirishda ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tarbiyaviy jarayonni to’g‘ri uyushtirish va uning samarali bo’lishini ta'minlash mumkin.
Ijtimoiy-madaniy xodimining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Kommunikativ xususiyatlarni, ya'ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa bog‘lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning xar bir a'zosining imkoniyatlarini, uning ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini to’g‘ri aniqlay olishini;
Vujudga kelgan vaziyatni tez va to’g‘ri baxolashni, muayyan xolatda to’g‘ri yo’l topib, uni zudlik bilan ishga sola bilishni;
Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini tezda topib, ijtimoiy-madaniy ish amaliyotiga joriy qila bilishni;
Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez xarakat qilishni, topshirilgan ishning ijrosini nazorat qila va tekshira bilishni.
Ko’rsatib o’tilgan fazilatlarning ko’pchiligi kishida bolalik chog‘idan boshlab o’qish, ayniqsa jamoat ishlarida qatnashish jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi. Maxsus o’quv yurtlari-kollej va institutlaridagi ta'lim bu sifatlarning yanada rivoj topishiga yordam beradi. Lekin ijtimoiy-madaniy soxa xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirish va shakllantirishda uning ommaviy faoliyati xal qiluvchi rol o’ynaydi. Ijtimoiy-madaniy soxa xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda o’z-o’zini tarbiyalash usullari orqali ijtimoiy-madaniy soxa xodimi o’zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab olishi mumkin. o’z-o’zini tarbiyalash boshqa ko’p ijobiy sifatlarni o’stirishga, salbiy sifatlardan qutulishga yordam beradi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi doimo kishilar bilan aloqada bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy muassaga keluvchilarning, o’zi bilan birga ishlaydigan xamkasblarining «diqqat markazida» turadi. Shuning uchun xam u xar bir ishda ibrat bo’lishga intilishi, odamlarni o’z shaxsiy namunasi, yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.
Ibratli sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy-madaniy xodimgina jamoa orasida obro’ qozonadi. Obro’ning o’zi nima? Obro’ - kuch, xokimiyat, ta'sir ma'nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan bo’ladi. Obro’ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining o’tkirligi, vijdonnan ishlashi, ijtimoiy-siyosiy aktivligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.
Ijtimoiy-madaniy soxa xodimi faoliyatini ta'sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu madaniyat xodimining pedagogik odobidir.
Ijtimoiy-madaniy xodimining pedagogik odobi-bu uning mayyan vaziyatda shaxsga yoki jamoaga tarbiyaviy ta'sir etishning maqsadga muvofiq usullari va yo’llarini tanlay va qo’llay bildirish. Pedagogik odobi amaliy faoliyatda, kishilar bilan muloqotda bo’lish jarayonida namoyon bo’ladi va mustaxkamlanadi. Odoblilikning rivojlanishi ijtimoiy-madaniy xodimning umumiy madaniyati, shaxsiy sifatlarga bog‘liq bo’ladi.
Pedagogik odobi avvalo kishilar bilan muomalada, u bilan samimiy, rostgo’y bo’lishda namoyon bo’ladi.
Ishdan bo’sh vaqtda o’z bilimlarini boyitish, qobiliyatlarini o’stirish, ma'naviy extiyojlarini qondirish uchun madniy-ma'rifiy muassasaga keluvchilarga mexribonlik, g‘amxo’rlik ko’rsatish ijtimoiy-madaniy xodim pedagogik odobining muxim xususiyatlaridir.
Pedagogik odobi kishiga xurmat bilan karashni nazarda tutadi, lekin bu unga talabchan bo’lishni istisno etmaydi,adolatli talabchanlik xamma vaqt tarbiyachining obro’yini ko’taradi.
E'tibor bilan karab, o’z diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itmasdan, urinsiz savollar bilan suxbatdoshining so’zini bo’lmasdan, eshita bilishlilik xam ijtimoiy-madaniy soxa xodimining muxim xususiyatidir.
Yumor, xazil, askiya-bular suxbatdoshga, tinglovchilarga emotsional ta'sir etishning kuchli vositasidir.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning g‘oyaviy emotsional vositalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarisiz ma'daniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.
Vosita deganda, kishilarning xissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta'sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g‘oyaviy-xissiy qurollarni tushunamiz.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatda qo’llaniladigan vositalarning diapozoni juda keng o’va ularning soni ko’pdir. Ma'daniy-ma'rifiy tadbirlarda jonli so’z, matbuot, ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san'at, xar xil texnik apparatlar kabi vositalarda keng foydalanamiz.
JONLI SO‘Z. Asosiy ta'sirchan vositalardan biri- bu jonli so’zdir. (Ba'zi xollarda «og‘zaki so’z» deb xam yuritiladi). Jonli so’z ma'daniy-ma'rifiy shakllarning xammasida eng asosiy vosita sifatida qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda jonli so’z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan balki tadbir syujeti bilan ommaviy xolatlarni xam bir-biriga uyg‘unlashtirib boradi. Ayni jonli so’z voqyea ma'nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni 2-ga bog‘laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Jonli so’zining yana bir afzallik tomoni shundaki, ba'zan fikrini xech qanday ta'sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda jonli so’z yordamiga keladi.
Ommaviy tadbirlarda boshqaruvchi so’zi asosiy o’rinnni egallaydi, ba'zi xollarda esa u keganning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida qo’llaniladi. U kirish so’zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, sharxlovchi, xikoyachi yoki intervyu beruvchi aylanib, jonli so’zdan foydalanish. Tadbirlarda jonli so’zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko’p.
Jonli so’z boshqaruvchining gapidan tashqari, tadbir qaxromonining nutqi yoki undagi qatnashchining so’zi, kecha qaxramoniga atalgan tabrik, mexnat veteranlari, urush ishtirokchilarining so’zi bo’lishi mumkin.
BADIIY SO‘Z - aytilmoqchi bo’lgan fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarida badiiy so’zning she'r o’qish, prozaik va she'riy monologlar, juft yoki ko’pchilik tomonidan o’qiladigan she'rlar kabi turlardan keng foydalaniladi.
Badiiy so’z boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etilishi mumkin. Masalan, she'r o’qilalayotgan bir vaqtda she'rning ma'nosiga mos keladigan kino parchalari ko’rsatilishi mumkin.
Badiiy so’zni vujudga keltirish uchun badiiy asarlarda keltirishning o’zi kamlik qiladi. Yozma she'r-yozma badiiy so’zdir. Uni jonli badiiy so’zga aylantirib, ijro etish uchun ijrochining she'rdagi fikrini munosabati, ruxiy kechinmalari, xis-xayajonli talab qiladi. Aks xolda she'rning oddiy, jonli so’zdan farqi qolmaydi. Yana shuni unutmaslik kerakki, chuqur anglash, fikrning tub mazmuniga yetib xisqxayajon bilan aytilgan xar bir jonli so’z badiiy so’zga aylanib ketishi mumkin. Agar «1941» yoki «1991» degan iborani shunday aytib o’tsak, u quruq raqamning o’zi bo’lib qoladi. Lekin ko’z oldimizga urushning boshlanishini keltirib, daxshatli voqyealarni xis qilib, mantiq talab qiladigan damli kayfiyatda, ma'noli «ming... to’qqiz yuz.... qirq bir...» desak bu so’z badiiy- emotsional ta'sir etadi. Shunday qilib, oddiy so’z badiiy so’zga aylanib ketishi uchun undagi fikriy mantiq xis qilinib, ijro etilishi kerak.
MATBUOT VOSITALARI. Ma'lumki, ma'daniy-ma'rifiy tadbirlarga axoli yangi, ularga xali ma'lum bo’lmagan va qiziqarli voqyealardan xabardor bo’lgani uchun keladi. Bu ishda matbuot vositalari, ya'ni yangi gazeta, jurnallar, ayniqsa, kitoblar bitmas tuganmas manba bo’lishi mumkin.
Matbuot eng asosiy axborot tarqatuvchi va saqlovchi vositadir. Shunday ekan tadbir tayyorlovchilar tadbirning mazmunini boyitish uchun ularga xar doim murojaat qilmog‘i lozim. Tadbirlarda ko’proq tomoshabinlarning nazariga tushmagan materiallardan foydalanishga xarakat qilish kerak.
MUSIQA. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda musiqa yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Tadbirlarda musiqadan 2 xil variantlarda foydalanish mumkin.
Tadbirning aloxida nomeri sifatida.
Tadbirlarda aks etilayotgan voqyealarning ta'sirini oshirish uchun qo’shimcha vosita (musiqaviy fon) sifatida, 1-variantda badiiy xavaskorlik jamoalarining tayyor yoki maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Bunday paytda nomer tadbir mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog‘i kerak. Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tadbirlarda onalarga bag‘ishlangan. «Onajonlar, assalom» qo’shig‘i ijro etiladi. Bu qo’shiq aloxida nomer sifatida beriladi. Musiqadan foydalanishning bu varianti tadbirlarda juda keng qo’llanilib, she'r o’qilayotganda xam, kino lavxalar ko’rsatilayotgan xam drammatik parchalar ko’rsatilayotganda xam bu vositalarning ta'sirchanligini oshirish mag‘sadida xizmat qiladi.
Musiqa, asosan tadbir ta'sirini kuchaytiruvchi vosita sifatida xam ishlatilib, aytilayotgan fikrning nozik kechinmalarini ommaga yetkazib berishga xizmat qiladi.
DRAMMATIK PARCHALAR. San'atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g‘oyalar kurashi, qarama-qarshi kuchlar to’qlashuvi, konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. Shuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, drammatik parchalardan keng foydalaniladi.
Tadbirlarda drammatik parchalardan foydalanishning 2 xil usuli bor:
Tayyor asarlardan olingan parchalar
Stsenaristning o’zi tadbir uchun maxsus yozgan drammatik epizodlar.
Teatrlashtirishda faqatgina p'yesalardan parchalar olinishi bilan kifolanib qolmasdan, kecha yo’nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan xam parchalar olinishi mumkin.
Drammatik parchalardan foydalanishning 2-usuli xam keyingi paytda keng qo’llanilmoqda. Tadbirning asosiy vazifalaridan biri maxalliy voqyealarni aks ettirish bo’lgani uchun, ssenariy mualliflari joylarda bo’lgan voqyealarni kichik drammatik lavxa shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda.
Tajribada shuni ko’rsatmoqdaki, qishloq axolisida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga bo’lgan qiziqishning sabablaridan biri bu maxalliy faktlarni, voqyealarni inssenirovka shaklida ko’rsatishdir. Ayniqsa maxalliy voqyealar asosida yozilgan intermediyalar axoliga manzur bo’lmoqda.
Shuni unutmaslik kerakki, barcha saxna asarlaridan, psalardan olingan drammatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik inssenirovkalar yoki maxsus ssenariy uchun yozilgan lavxalardan foydalanish-tadbir mazmunining rivojiga yordam bermog‘i kerak.
KINOLAVXA- badiiy yoki xujjatli filmlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi.
Kinoning «sexrli kuchi» shundan iboratki, u bo’lib o’tgan voqyealarni xaqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettiradi. U tarixiy voqyealarning guvoxi sifatida xizmat qiladi. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqyealikning xaqqoniy obrazini ko’rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinolavxalardan foydalanish tadbir ssenariysi yozilyotganda rivojlantiriladi va tanlanadi. Ko’pgina tadbirlarda filmlardan olingan lavxalarning o’zi yaxlit bir epizodni tashkil qilishi mumkin. Ba'zida kinolavxalar boshqa vositalar, ya'ni jonli va badiiy so’z, qo’shiqlar bilan parallel aks ettiriladi.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling